Asosiy / Mediaresurs / Taqdimotlar
Akkord va uchtovushliklar
Bir vaqtda qo’shilib eshitilgan hamda tertsiya bo’yicha joylashgan uch va undan ortiq tovushlarga akkord deyiladi. Akkord berilgan pastki tovushdan yuqoriga qarab tuziladi. Uchta tovushdan iborat, tertsiya bo’yicha joylashgan akkord uchtovushlik deyiladi.Uchtovushlikning qaysi holatda bo’lishi shu uchtovushlik tarkibiga kiradigan tertsiyalarning joylashuv tartibi va holatiga bog’liq bo’ladi.
Yuklab olish
Akkordlar
Musiqa amaliyotida akkordlar engarmonizmi ko’p uchraydi. Bunda akkordni hosil qilayotgan tovushlar majmuasining turlicha atalishi imkoniyati borligi muhim ahamiyat kasb etadi. Akkordlar engarmonizmi deb eshitilishi bir xil, lekin yozilishi va nomlanishi har xil bo’lgan akkordlarga aytiladi. Akkordlar engarmonizmi uning tarkibiga kiradigan alohida tovushlar va intervallarga asoslanadi.
Yuklab olish
Diapazon. Registr. Tovushlar engarmonizmi
Musiqiy tovushqatorning eng past tovushdan eng yuqori tovushgacha bo’lgan umumiy hajmi musiqiy diapazon deyiladi. Inson tovushi yoki cholg’u sozining diapazoni deganda ular ifodalay oladigan umumiy musiqiy diapazon nazarda tutiladi. Registr deb, ovoz yoki cholg’u sozining alohida xarakterga ega bo’lgan tovush tusi bilan ajralib turadigan qismi (bo’lak, parcha)ga aytiladi.
Yuklab olish
Garmonik minor
VII pog’onaning ko’tarilishi yuqoriga boshlovchi tovush tortilishini yanada kuchaytiradi. Garmonik minor tabiiy minordanVII pog’onaning ko’tarilishi bilan farq qiladi. Garmonik minor gammasi sekundalarining birin-ketin joylashuv tartibi quyidagicha bo’ladi: ▪ kat.2, kich.2, kat.2, kat.2, kich.2, ort.2, kich.2. Garmonik minor gammasining xarakterli xususiyatlaridan biri oltinchi pog’ona bilan yettinchi pog’ona o’rtasida orttirilgan sekundaning hosil bo’lishidir.
Yuklab olish
Garmonik va melodik major
Ayrim musiqa asarlarida VI pog’onasi pasaytirilgan major ladi qo’llanilganligini uchratish mumkin. VI pog’onani pasaytirish lozim bo’lganda, pasaytirish belgisi matnda nota oldidan qo’yiladi va tasodifiy belgi deb ataladi. Ayrim musiqa asarlarida VI pog’onasi pasaytirilgan major ladi qo’llanilganligini uchratish mumkin. VI pog’onani pasaytirish lozim bo’lganda, pasaytirish belgisi matnda nota oldidan qo’yiladi va tasodifiy belgi deb ataladi.
Yuklab olish
Lad va tonalliklar
Laddagi tayanch tovushlar turg’un tovushlar deb aytiladi. Tayanch tovushlarning bunday atalishi ularning xarakteriga mosdir, chunki, tayanch tovushda tugallangan kuy tinglovchida sokinlik va turg’unlik taassurotini qoldiradi. Ladning birinchi bosqich tovushi tonika deb aytiladi. Turg’un tovushlardan tashqari, kuyning umumiy yo’nalishini shakllantirishda ishtirok etadigan boshqa tovushlar ancha kuchsiz eshitiladi, shuning uchun ularga noturg’un tovushlar deyiladi.
Yuklab olish
Major va minorning asosiy uchtovushliklari
Garmonik ko’rinishdagi minorda asosiy uchtovushliklarning tuzilishi tabiiy major va minordagidan farq qiladi. Majorning 6– pog’onasi pasaytirilganda minor subdominanta uchtovushligi hosil bo’ladi va garmonik majorning yanada mayin eshitilishiga yordam beradi. Minorning 7– pog’onasi ko’tarilganda major dominanta uchtovushligi hosil bo’ladi. Tovushqatorning asosiy uchtovushliklar pog’onalaridan tashqari, barcha (2, 3, 6, 7) pog’onalari yondosh pog’onalar deyiladi.
Yuklab olish
Metr va o‘lchovlar
Musiqa amaliyotida kuchli hissalari har bir hissadan keyin bir tekisda takrorlanib turadigan metrlar ikki hissali metrlar deyiladi. Кuchli hissalari har ikki hissadan keyin takrorlanib turadigan metrlar esa uch hissali metrlar deyiladi. Agar bir takt ichida ritmlar turkumlansa, unga cho’zimlar turkumlanishi deyiladi. Oddiy o’lchovlardagi cho’zimlar turlcumlanganda, taktning asosiy hissalari bir-biridan ajratiladi.
Yuklab olish
Modulyatsiya
Musiqa asari yoki qismining biror yangi tonallikka o’tishi va shu tonallikda tugallanishiga modulyatsiya deyiladi. Agar musiqa asari biror yangi tonallikka vaqtincha o’tsa va yana dastlabki tonallikka qaytib tugallansa og’ishma deyiladi. Og’ishmalar odatda o’tkinchi xarakterga ega bo’ladi, ular musiqa asari tarkibida uchraydigan ayrim akkordlar funktsiyasini qisqa muddat ichida ajratib ko’rsatish vositasi hisoblanadi. Musiqaviy mazmun jo’rsiz, yakka kuy orqali ham ifodalanishi mumkin.
Yuklab olish
Musiqa bezaklari va ijrochilikning o‘ziga xos uslublari
Кuydagi milliylik xususiyatlarini yaqqol ifodalovchi, tovushning ohangdorligini ta’minlovchi tovushlarga musiqa bezaklari deyiladi. Musiqa bezaklarini ko’pincha asosiy tovushdan sekunda oralig’ida joylashadigan yordamchi tovushlar hosil qiladi. Ular nota yozuvida maxsus belgilar yoki kichik shriftli notalar bilan ko’rsatiladi. Musiqada asosan quyidagi musiqa bezaklari qo’llaniladi: Forshlag, mordent, gruppetto, trel’, nola, molish va h.k.
Yuklab olish