Asosiy / Kasbiy ko‘nikmalar
60111300 - Musiqa ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari
JORIY ETILGAN
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi.
Mazkur Malaka talablari “Oliy ta’lim davlat ta’lim standard. Asosiy qoidalar”, “Oliy ta’lim davlat ta’lim standard. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori”, O‘zbekiston Respublikasi Milliy va tarmoq malaka doiralari (ramkasi), kasbiy standartlar va kadrlar buyurtmachilari takliflariga muvofiq ishlab chiqilgan va rasmiy me’yoriy-uslubiy hujjat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida Malaka talablarini rasmiy chop etish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar ta’lim vazirligiga tegishlidir.
60111300-Musiqa ta'limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining umumiy tavsifi
60111300-Musiqa ta’limi ta’Iim yo'nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kclib chiqib amalga oshiriladi.
Barcha ta’Iim shakllari bo’yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 3 yil.
60111300-Musiqa ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Malaka talabining qo 'llanilishi.
Malaka talabi 60111300-Musiqa ta’limi ta’Iim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma'lumotli bakalavrlar tayyorlash o‘quv reja va fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha pedagogika sohasida kadr tayyorlaydigan oliy ta’Iim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.
Malaka talablarining asosiy foydalanuvchilari:
- 60111300 - Musiqa ta’limi ta’Iim yo‘nalish bo‘yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o‘quv reja va fan dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas’ul oliy ta’Iim muassasalarining professor - o‘qituvchilari;
- ta’Iim yo‘nalishining o‘quv reja va fan dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv - tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi talabalari;
- o‘z vakolat doirasida bitiruvchilaming tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’Iim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o‘quv bo‘limi boshlig‘i, dekanlar va kafedra mudirlari);
- bitiruvchilaming tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya va imtihon komissiyalari;
- oliy ta’Iim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;
- oliy ta’Iim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari;
- kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilotlar.
60111300-Musiqa ta’limi ta’Iimyo‘nalishi bo'yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining soltalari:
- umumiy o‘rta ta’Iim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- o‘rta maxsus va professional ta’limda musiqa madaniyati fan o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
- O‘zbckiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish; umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalami majmuasini qamrab oladi.
60111300- Musiqa ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:
- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
- davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida;
60111300-Musiqa ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida musiqa fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, ta’lim sohasidagi muammolar va ulaming yechimlarini topishni tashkil etish jarayoni; ta’limni boshqarish va pedagogik jarayonni tashkil etish huquqiga ega bo‘ladi.
60111300 - Musiqa ta’limi ta’limyo‘nalishi bo*yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:
• pedagogik;
• ilmiy-tadqiqot;
• ma ’naviy-ma ’rifiy;
• tashkiliy-boshqaruv.
60111300 - Musiqa ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo'yicha bakalavrlarning kasbiy vazifalari.
60111300 - Musiqa ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, ob’ektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalami bajarishga qodir bo‘lishi lozim:
Pedagogik faoliyatida:
- o‘quv jarayonini rejalashtirish: DTS va O‘Dlarining maqsadlariga muvofiq o‘quv reja ishlab chiqish, o‘quvchilarning extiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqib o‘quv dasturlarini moslashtirish, darsning aniq maqsad va natijalariga ko‘ra dars rejasini ishlab chiqish, differensial yondashuv asosida dars shakllari va usullarini rejalashtirish, o‘quv, namoyish va tarqatma materiallardan foydalanishni rejalashtirish;
- ta’lim samaradorligini ta’minlash: dars maqsadlariga ko‘ra o‘quvchilar imkoniyatidan kelib chiqib vazifalami bclgilash, dars mavzusiga inos namoyish va tarqatma matcriallardan foydalanish, darsda vaqt taqsimotini to‘g‘ri rejalashtirish, ta'lim jarayonida AKTdan unumli foydalanish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalariga ko‘ra darsni tashkil etish va ta’lim berishdagi yondashuvlaming samaradorligini tahlil qilish, o‘quvchilarning ta’limiy maqsadlari va yosh xususiyatlariga mos kcladigan o‘qitish usullari va yondashuvlarni taniash, o’qitishning faol usullaridan foydalanish, o'quvchilarning asosiy kompetensiyalari va hayotiy ko’nikmalarini rivojl antiri shga yo‘naltirilgan usullardan foydalanish, o‘quvchilaming jamoaviy va loyixaviy ishlarini tashkil etisho‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalaridan foydalanish, o‘quvchilarga differensial yordam berish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, o‘quvchilami mustaqil fikrlash imkoniyatini yaratish, darsda motivatsiyaga erishish, sinfda samarali muloqotga erishish;
- o‘zlashtirishni baholash va qayta aloqani taqdim etish: ta’lim natijalarini baholash uchun turli usul va vositalardan foydalanish, ta’lim natijalarini diagnostika qilish uchun turli usul va vositalardan foydalanish, ta’lim natijalarini taxlil qilish, dars rejasi va usullarini moslashtirishda tahlil natijalaridan foydalanish, baholash mezonlarini bilishi va amalda qo‘llay olishi, mavjud muammolami aniqlay olishi va taxlil qilish
- tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish: tarbiyaviy ishlaming zamonaviy, interaktiv shakl va usullarini mashg‘ulot hamda sinfdan tashqari ishlarda qo‘llash, tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilaming jinsi, yoshi, madaniy va individual xususiyatlarini inobatga olishi, ta’lim muassasasining ustavi va ichki tartib qoiadalariga muvofiq o‘quvchilar uchun aniq odob-axloq qoidalarini o‘matish, ijtimoiy sog‘lom muxitni yarata olish, o‘quvchilarda kognitiv faollik, mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodkorlik fuqarolik pozitsiyasi, mchnatga layoqati, sog‘lom va xavfsiz turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish
- xavfsiz rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish va ta’minlash: O‘quvchilar orasida o‘zaro hurmat muhitini yaratish, o‘quvchilarga sinf hayotida teng imkoniyatlar yaratsa, nizoli vaziyatlarda optimal yechimli qaror chiqara olishi, o‘quvchilar bilan individual ishlar olib borishi, zamonaviy ommaviy axborot vositalari dunyosida xavfsiz ishlashga yordam bera olish;
- o‘z-o‘zini rivojlantirish va kasbiy o‘sish: muntazam malaka oshirish kursaridan o‘tish, fanga oid adabiyotlar bilan tanishib, yangi bilimlami amaliyotda qo‘llash, kasbiy faoliyat yuzasidan seminar va treninglarda ishtirok etish hamda tashkil etish, o‘zaro darslarda qatnashish, darslami tahlil qilish, ochiq darslar o‘tkazish, kasbiy faoliyatda kerakli o‘zgarishlarni amalga oshirish;
- hamkasblar va ta’lim oluvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan hamkorlik o‘rnatish: o‘quvchilarning ota-onalarini (ulaming o‘mini bosuvchi shaxslami) ta’lim jarayoniga maktab hayotiga jalb qilish, o‘quvchilarning ota-onalarini (ulaming o‘rnini bosuvchi shaxslarni) o‘quvchilarni rivojlanishi va ta’lim muhiti to‘g‘risida qaror qabul qilishda ishtirok etishga jalb etish, tarbiyaviy muammolami hal qilishda va o‘quvchilami hayotga tayyorlashda boshqa pedagogik xodimlar va mutaxassislar, jamoat tashkilotlari va bo‘limlari (Yoshlar ittifoqi) bilan hamkorlik qilish;
Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:
- musiqa sohasida ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda ta’lim yo‘nalishidagi fan 1 ar va ularni o‘qitish metodikasiga oid mavzularda tadqiqot olib borish;
- musiqa fanlariga doir internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma’lumotlami maqsadga yo‘nalgan holda qidirish va topish hamda amaliyotga bevosita tadbiq etish;
- musiqa o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishlaridagi fanlarga oid ilmiy to’plamlar, mahalliy va chet el ilmiy-tadqiqot yutuqlarini o‘rganish;
- ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash, soha adabiyotlari ekspertizasini amalga oshirishda qatnashish;
- ma’lumotlami jamlash, qayta tayyorlash, mavzu bo‘yicha ilmiy ma’lumotlami tizimli tahlil qilish;
- musiqaga doir tadqiqot natijalari va ishlanmalarini tatbiq etish qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak.
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatida:
- o‘quvchilarda mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi immunitetni yuzaga keltirish metod va texnologiyalarini bilishi;
- globallashuv sharoitida kechayotgan jarayonlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘mi vata’siri haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatda:
- pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalangan holda ta’lim jarayonlari monitoringi va sifatini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish;
- jamoada ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlami tashkil etish va boshqarish;
- fikrlar har xil bo‘lgan sharoitda to‘g‘ri qaror qabul qilish;
- bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishning natijalarini baholash qobiliyatlariga ega bo‘lish.
Umumiy kompetensiyalar:
- shaxsiy o‘sishga intilishni shakllantirish va ob’ektiv baholash, shuningdek, ta’lim oluvchilaming intellektual rivojlanish darajasini oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- ijtimoiy va kasbiy vazifalami hal etishda umumkasbiy va mutaxassislik fanlaming asosiy qoidalari va metodlaridan samarali foydalana olish;.
- ona tilida o‘z fikrlarini tizimli va erkin bayon etish, ilmiy matnlar bilan ishlash, ommaviy nutq so‘zlash uchun ona tili va chet tillaridan birida yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini egallaganlik;
- axborotni olish, saralash, saqlash va qayta ishlash metod, usul va vositalaridan foydalanish va mediasavodxonlik; global kompyuter tarmoqlar bilan ishlash ko‘nikmalariga egalik.
- ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, ilmiy bilish yutuqlariga erishish tamoyillarini anglash;
- gigiena, inchnat muhofazasi va tashqi ta’sirlardan hitnoya qilish qoidalari talablariga muvofiq, sog'lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga qobiliyatlilik.
Kasbiy kompetensiyalar:
- o‘quv-tarbiya jarayonini modellashtirish va uni ta’lim amaliyotiga tatbiq etish;
- ta’lim jarayoni sub’ektlarining birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyati va shaxsiararo o‘zaro harakatini tashkil etish usullarini egallaganlik;
- kasbiy vazifalami hal etishda fanlararo bog‘liqlikni amalga oshirish, shuningdek, nazariya va amaliyot uyg‘unligini, uzviylik va uzluksizligini ta’minlash;
- tanqidiy fikrlash metodikasini o‘zlashtirganlik;
- musiqa darslarida texnika xavfsizligini ta’minlash va amaliy darslami xavfsiz o‘tkazish;
- inklyuziv ta’limga qadriyatli munosabatning tarkib topganligi; uzoq vaqt davolanishga muhtoj o‘quvchilar bilan ishlash (gospital pedagogika) texnologiyasiga ega bo‘lishi;
- ta’lim oluvchilarga o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga moslashuvchanlikka doir kompetensiyalami rivojlantirishga yordam beradigan va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga imkon beradigan natijaviylik va mobillikka yo‘naltirilgan o‘qitishga qobiliyatlilik.
Umumiy va kasbiy kompetensiyalami egallashni ta’minlaydigan fanlarva amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar.
Talabalar umumiy va kasbiy kompetensiyalar, bilim va ko‘nikmalami egallashi o‘quv rejasiga mantiqiy ketma-ketligida kiritiladigan majburiy va tanlov fanlarini o‘zlashtirish, amaliyotlami o‘tashi hamda boshqa o‘quv mashg‘ulot va akademik vazifalami bajarish yordamida amalga oshiriladi.
Majburiy fanlar - bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bevosita umumiy va kasbiy kompetensiyalami egailashga qaratilgan, zarur tayanch bilim va ko‘nikmalami ta’minlaydigan fanlar majmuasidir.
Tanlov fanlari - ta’lim yo‘nalishi doirasida ixtisoslashuvdan kelib chiqib chuqurlashtirilgan, qo‘shimcha bilim berish, bevosita ixtisosligi uchun zarur kompetensiyalami kengaytirishga xizmat qiladigan, shuningdek, qo‘shimcha kvalifikatsiya olishga xizmat qiladigan, talabaning shaxsiy qiziqishlari, ijodiy yondashuvlari va iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fanlar majmuasidir.
Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi amaliyotlar o‘tkaziladi:
malakaviy amaliyot - umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi;
Kunduzgi ta’lim shaklida taxsil oluvchi talabalaming 4+2 tartibdagi malakaviy amaliyoti 3-6 semestrlarda amalga oshiriladi. Bunda xaftaning 4 kunida nazariy va amaliy ta’lim, 2 kunda amaliyot o‘tkaziladi.
60111300-Musiqa ta'limi ta'lim yo'nalishi uchun ajratilgan o‘quv fanlari, bloklar bo‘yicha o‘quv yuklamalari:
| O‘quv fanlari bloklari va faoliyat turlarining nomlari | Kunduzgi ta'lim shakli uchun fanlarga ajratilgan soat | Kunduzgi ta'lim shaklida ajratilgan kredit |
|---|---|---|
| Majburiy fanlar | 3330 | 111 |
| Tanlov fanlar | 1320 | 44 |
| Malakaviy amaliyot | 750 | 25 |
| Jami: | 5400 | 180 |
60111300 - Musiqa ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim dasturining tuzilishi:
| Fanning malakaviy kodi | O‘quv fanlari, bloklar va faoliyat turlarining nomlari | Umumiy yuklama hajmi, soatlarda | Umumiy yuklama hajmi (kredit) | Semestri |
|---|---|---|---|---|
| Majburiy blok | 3330 | 111 | ||
| PSY108 | Umumiy psixologiya | 300 | 10 | 1,2 |
| O'EYT104 | O‘zbekistonning eng yangi tarixi | 120 | 4 | 2 |
| MSVAX104 | Mediasavodxonlik va axborot madaniyati | 150 | 5 | 2 |
| O'RT104 | Amaliy o‘zbek (rus) tili | 180 | 6 | 1 |
| FALMAD104 | Falsafa | 120 | 4 | 2 |
| MN.S110 | Musiqa nazariyasi | 300 | 10 | 1,2 |
| MTMO‘M | Maktabgacha ta’limda musiqa o‘qitish metodikasi | 150 | 5 | 2 |
| ChIjlO7 | Cholg‘u ijrochiligi | 180 | 6 | 1 |
| VIjlO5i | Vokal ijrochiligi | 180 | 6 | 1 |
| PED208 | Umumiy pedagogika | 240 | 8 | 3,4 |
| lnkT.GP304 | Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika | 120 | 4 | 4 |
| DIN204 | Dinshunoslik | 120 | 4 | 3 |
| G.MAT205 | Solfedjio | 150 | 5 | 3 |
| MO'M.MR.208 | Musiqa o'qitish metodikasi. Maktab repertuari | 240 | 8 | 3,4 |
| ChAns304 | Cholg‘u ansambli | 120 | 4 | 4 |
| UTTVZY405 | Uzluksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar | 150 | 5 | 5 |
| MOTL302 | Musiqa o‘qitish texnologiyalari va loyilahalash | 120 | 4 | 5 |
| MTar306 | Musiqa tarixi | 270 | 9 | 5,6 |
| AnX304 | An’anaviy xonandalik | 120 | 4 | 6 |
| Tanlov blok | 1320 | 44 | 3-6 | |
| Malakaviy amaliyot | 750 | 25 | 2-6 | |
| Jami: | 5400 | 180 |