edumusic.uz

Edumusic platformasi

Asosiy / Mustaqil ta'lim

Mustaqil ta'lim va mustaqil ishlar

“Musiqa nazariyasi” bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

 

Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.

 

Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi    tomonidan,    konspektlarni    va    mavzuni    o‘zlashtirish    darajasini tekshirish    va    baholash    esa     ma’ruza     darslarini    olib    boruvchi     o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi. Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:

1. Tovush. Tovushlarning xususiyatlari.

2. Musiqiy tizim. Tovushlarning xarfiy tizimi.  Asosiy pog‘onalar va ularning nomlari.

3. Nota yozuvi. Kalitlar. Alteratsiya belgilari Regisrt. Oktava.

4. Xalq musiqa ladlari.

5. Oddiy metr va o‘lchovlar. Oddiy o‘lchovlardagi cho‘zimlarning turkumlanishi.

6. Murakkab metr va o‘lchovlar.

7. Ritm. Cho‘zimlarning asosiy va erkin ravishda turkumlanishi. (usullar 2/4.3/4. 6/8)

8. Musiqaviy aksent (zarb). Metr, o‘lchov, takt, takt chizig‘i, takt oldi.

9. Kuchli va kuchsiz hissalar.

10. Sinkopa. Sinkopaning turlari.

11. Temp

12. Temperatsiyalangan soz. Tovushlarning xarfiy tizimida to‘liq  belgilanishi

13. Turg‘un va noturg‘un tovushlar

14. Tabiiy  major va minor

15. Minor lad  va tonalliklari

16. Parallel va nomdosh tolnalliklar

17. Intervallar. Son va sifat miqdori.

18. Diatonik intervallar. Xarakterli intervallar

19. Xromatik intervallar Engarmonik teng intervallar

20. Xromatik intervallar Engarmonik teng intervallar

21. Ohangdosh va noohangdosh intervallar.

22. Akkord. Uchtovushlik.

23. Asosiy uchtovushliklar. Uchtovushliklar aylanmasi.

24. Asosiy uchtovushliklar. Uchtovushliklar aylanmasi.

25. Septakkordlar. Dominant septakkord

26. D7 aylanmalari va yechilishi.

27. Yetakchi septakkordlar

28. Ikkinchi pog‘ona septakkordi

29. Alteratsiya. Xromatizm.

30. Xromatik gamma. Major va minor turlari.

31. ModulyatsiY. Og‘ishma. Transpozitsiy.

32. Kuy va uning tuzilishi. Musiqiy bezaklar