Asosiy / Trenajorlar
Interaktiv ta’lim platformalari
Bu platformalar o‘qitish jarayonini o‘yinlashtirish va talabalarning faol ishtirokini oshirish uchun mo‘ljallangan.
Platforma: Kahoot platformasi
Manzili: https://kahoot.com
Tarif: Kahoot platformasi bu interaktiv viktorinalar va o‘yinlar orqali musiqa ta’limini qiziqarli qilish imkonini beradi. Masalan, musiqiy nazariyaga oid testlar yoki ritm mashqlari o‘tkazish mumkin.
Platforma: Quizizz platformasi
Manzili: https://quizizz.com
Tarif: Quizizz platformasi bu talabalarni o‘yin ko‘rinishidagi testlar bilan jalb qiluvchi platforma. O‘quvchilar musiqa nazariyasi, solfedjio va ritm bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashlari mumkin.
Platforma: Mentimeter platformasi
Manzili: https://mentimeter.com
Tarif: Mentimeter platformasi bu so‘rovnomalar, so‘z bulutlari va viktorinalar orqali musiqa darslarini interaktiv qilishga yordam beradi.
Platforma: Slido platformasi
Manzili: https://slido.com
Tarif: Slido platformasi bu talabalar fikrlarini real vaqt rejimida yig‘ish va musiqa darslarini interaktiv muhokama qilish imkonini beradi.
Platforma: Poll Everywhere platformasi
Manzili: https://polleverywhere.com
Tarif: Poll Everywhere platformasi bu musiqa darslarida so‘rovlar va savol-javob sessiyalarini o‘tkazish uchun qulay vosita.
O‘quv jarayonini boshqarish platformalari
Bu platformalar o‘qituvchilarga dars materiallarini joylashtirish, topshiriqlar berish va natijalarni kuzatish imkonini beradi.
Platforma: Google classrom platformasi
Manzili: https://classroom.google.com
Tarif: Google Classroom platformasi bu o‘quvchilar bilan musiqa darslarini onlayn tashkil qilish, audio va video materiallarni yuklash va topshiriqlar berish imkonini beradi.
Platforma: Coursera platformasi
Manzili: https://www.coursera.org
Tarif: Coursera platformasi bu musiqa nazariyasi va ijrochilik bo‘yicha yetakchi universitetlarning onlayn kurslarini o‘z ichiga oladi
Musiqa savodxonligini oshirish platformalari
Bu platformalar musiqa nazariyasini o‘rganish va eshitish qobiliyatini rivojlantirish uchun mo‘ljallangan.
Platforma: MusicTheory platformasi
Manzili: https://.musictheory.net
Tarif: Music Theory platformasi bu musiqa nazariyasi bo‘yicha interaktiv darslar, mashqlar va vositalarni taklif etadi. Notalarni o‘qish, intervallar, akkordlar va boshqa ko‘plab mavzularni o‘rganishingiz mumkin.
Platforma: Teoria platformasi
Manzili: https://teoria.com
Tarif: Teoria platformasi bu musiqa nazariyasi va eshitish qobiliyatini rivojlantirish uchun interaktiv mashqlar va darslarni taqdim etadi. Bu yerda siz ritm, intervallar, akkordlar va boshqalarni o‘rganishingiz mumkin.
Platforma: EarMaster platformasi
Manzili: https://earmaster.com
Tarif: EarMaster platformasi bu eshitish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan dastur bo‘lib, intervallar, akkordlar, ritmlar va boshqalarni taniy olishga yordam beradi. Uning web versiyasi ham mavjud.
Platforma: ToneSavvy platformasi
Manzili: https://tonesavvy.com
Tarif: ToneSavvy platformasi bu musiqa nazariyasi va eshitish qobiliyatini rivojlantirish uchun interaktiv mashqlarni taklif etadi. Bu platforma o‘qituvchilar uchun ham, o‘quvchilar uchun ham mos keladi.
Platforma: Sight Reading Factory platformasi
Manzili: https://www.sightreadingfactory.com
Tarif: Sight Reading Factory platformasi bu notalarni o‘qish qobiliyatini rivojlantirish uchun cheksiz miqdorda yangi mashqlarni yaratishga imkon beradi. Turli darajadagi musiqachilar uchun mos keladi.
Vizual va interaktiv materiallar yaratish platformalari
Bu platformalar musiqa darslarida taqdimotlar, plakatlar va infografikalar yaratish uchun foydalidir.
Platforma: Canva platformasi
Manzili: https://www.canva.com
Tarif: Canva platformasi bu musiqa darslari uchun infografikalar, plakatlar va taqdimotlar tayyorlashga yordam beradi
Platforma: Adobe Express platformasi
Manzili: https://adobe.com
Tarif: Adobe Express platformasi bu musiqa o‘quv materiallari uchun dizayn va qisqa videolar tayyorlash imkonini beradi.
Platforma: Visme platformasi
Manzili: https://www.visme.co
Tarif: Visme platformasi bu musiqaga oid kontentni vizual tarzda taqdim etish uchun infografikalar va taqdimotlar yaratish imkonini beradi
Platforma: Piktochart platformasi
Manzili: https://piktochart.com
Tarif: Piktochart platformasi bu musiqa nazariyasi va tarixiga oid vizual materiallar yaratish uchun qulay vosita
Platforma: Easelly platformasi
Manzili: https://www.easel.ly
Tarif: Easelly platformasi bu musiqa ta’limida murakkab tushunchalarni soddalashtirish uchun infografikalar yaratishga yordam beradi
Yuqorida keltirilgan platformalar orqali bo'lajak musiqa o'qituvchilarida quyidagi ko'nikmalar shakllantiriladi:
1. Musiqa nazariyasi va eshitish qobiliyatini rivojlantirish:
• Musictheory.net, Teoria.com, EarMaster, MusicTheoryPro orqali notalarni o‘qish, intervallar, akkordlar va ritmlarni tushunish hamda eshitish orqali musiqa tahlilini amalga oshirish ko‘nikmalari shakllanadi.
2. Interaktiv ta’lim berish va o‘quv jarayonini tashkil etish:
• Kahoot!, Quizizz, Edmodo, Google Classroom, Coursera orqali interaktiv testlar, viktorinalar va dars resurslarini yaratish, talabalarning bilimini baholash va darslarni masofaviy o‘tkazish imkoniyatlari rivojlantiriladi.
3. Taqdimot va vizual materiallar yaratish:
• Canva, Adobe Express, Visme, Piktochart, Easel.ly orqali musiqa darslarini vizual tarzda tushuntirish uchun grafik materiallar, taqdimotlar, infografikalar yaratish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
4. Auditoriya bilan muloqot qilish va interaktiv tadbirlar tashkil etish:
• Mentimeter, Slido, Poll Everywhere platformalari orqali auditoriya ishtirokini oshirish, jonli so‘rovlar va interaktiv munozaralar tashkil qilish ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
5. Pedagogik texnologiyalar va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish:
• Ushbu platformalar orqali zamonaviy raqamli vositalardan samarali foydalanish, masofaviy va aralash ta'lim shakllarini qo‘llash hamda o‘quv jarayonini innovatsion usullar orqali olib borish bo‘yicha ko‘nikmalar shakllanadi.