edumusic.uz

Edumusic platformasi

Asosiy / Mediaresurs / Taqdimotlar

Taqdimotlar

Tonalliklar

Lad o’rnashgan pardalar yoki balandliklar tonallik deyiladi. Har bir tonallikning nomi tonika sifatida qabul qilingan tovush nomiga asoslangandir. Tonallik nomi lad bilan tonika iborasidan, ya’ni major so’zidan kelib chiqadi. Musiqa ijrochiligida yettita diyezlivayettitabemolli tonalliklar qo’llaniladi. Bu tonalliklarning al’teratsiya belgilari kalitdan so’ng yozilib, kalit yonida yoziladigan belgilar deb ataladi.

Yuklab olish

Tonalliklarni aniqlash. Transpozitsiya

Кalit oldi va tasodifiy al’teratsiya belgilari, kuyning tuzilishi, uning boshlanishi va tugash bosqichi, uning tonikasi, uchtovushligini belgilovchi asosiy va tayanch tovushlar berilgan kuyning lad va tonalliklarini aniqlovchi asosiy vositalar hisoblanadi. Кuyning so’nggi tovushidan tonallikni hamisha ham aniqlash mumkin bo’lavermaydi. Chunki, ba’zi asarlarda kuy tonikadan boshqa bosqichlarda tugashi, bundan tashqari, kuy birinchi bosqich tovushi bilan boshlanmasligi ham mumkin.

Yuklab olish

Tovushlarning harfiy tuzilmada ifodalanishi

Tovushlarning harfiy tuzilmada ifodalanishi. Musiqa amaliyotida tovushlarni bo’g’in bilan yozishdan tashqari, lotin alfaviti asosida harf bilan yozish usuli ham keng qo’llaniladi.  Yetti asosiy pog’ona belgilanadi. Nota tovushlarining harfli tuzilmasi lotin alfavitiga asoslangan. Tovushlarning alfavit tartibi bo’yicha biroz noto’g’ri joylashuviga sabab shuki, o’rta asrlarda asosiy tovush lya (a) hisoblangan va undan so’ng si bemol (b) tovushi kelgan.

Yuklab olish

Xalq musiqasining yetti pog‘onali Diatonik Ladlar

Xalq musiqasida ketma-ket kelgan va turli diatonik pog’onalardan tuzilgan yetti pog’onali ladlar ko’p uchraydi. Biz bilamizki, lad pog’onalarining birin-ketin kelishi, tovushqatorda katta va kichik sekundalar joylashishiga bog’liq. Boshqa bosqichlardan tuzilganda esa jadvalda ko’rsatilgan tovushqatorlar intervallari al’teratsiya belgilari yordamida hosil qilinadi. Dunyo xalqlari musiqasida tovushqatori katta sekundalar va kichik tertsiyalar orasida tuzilgan besh pog’onali ladlar ko’p uchraydi.

Yuklab olish

Yetakchi septakkordlar

Septakkordlar orasida dominantseptakkorddan tashqari yetakchi septakkordlar ham ko’p qo’llaniladi. Ular tabiiy va garmonik majorning, shuningdek, garmonik minorning 7 – pog’onasida tuziladi va yetakchi septakkord deyiladi. Yetakchi septakkordning ikki chetidagi tovushlar tabiiy majorda kichik septima intervalini hosil qiladi va kichik yetakchi septakkord deyiladi. Кichik yetakchi septakkord ustki tomonidan katta tertsiya qo’shilgan kamaytirilgan uchtovushliklardan tuziladi (kich.3, kich.3, kat.3).

Yuklab olish

Пётр Ильич Чайковский

Пётр Ильич Чайковский родился 25 апреля 1840 года в Воткинске, в семье директора Воткинского завода. Впечатлительный ребенок чутко постигал окружающие его природу и быт: с детства на всю жизнь он проникся глубокой привязанностью к родине впитал в себя народные песни. В семье родителей любили музыку, мать хорошо пела, играла на фортепиано, в доме нередко проводились музыкальные вечера.

Yuklab olish

1

2

3