Asosiy / Musiqa ta’limi tarixi
Musiqiy san'atning shakllanish jarayoni
Наг bir san'at turi singari musiqa san'ati ham juda qadim zamonlarda, odamlar g'orlarda yashab, tosh qurollaridan foydalanib, hay von terilarini yopinib yurgan o'tmish davrlarida paydo bo'lgan. U odamlaming ma'naviy dunyosi cheklangan, tili kambag'al, atrofdagi voqea - hodisalar haqidagi tasavvurlari juda noaniq edi. Lekin shunga qaramay musiqiy asarlami, garchi u asarlar "yovvoyi" holatda bo'lsada, ana shu qadimgi odamlar yaratgan. San'atning deyarli hamma turlari minglab yillar ilgari vujudga kelgan. San'at qandaydir birgina yerdagina emas, balki bir yo'la bir necha qit'alarda, turli kengliklar, iqlim sharoitlarida paydo bo'ldi.
Qoyalardagi juda qadimgi zamon tasvirlari Afrikada ham, Ispaniyada ham, Onega ko'li qirg'oqlarida ham, Xitoyda ham topildi. Qadimgi Yunonistonda "musiqa bilan davolash ilmi" keng taraqqiy etgan. Masalan: matematik va faylasuf Pifagor musiqani kishi ruhiga va tanasiga har tomonlama davo bo'ladigan vosita sifatida tavsiya etgan. Aytishlaricha, Iskanday Zulqarnayn ham ko'p ishlarni musiqa sadolari ostida bajargan. O'zbek xalqi yaratgan musiqiy merosning ildizlari juda uzoq asriarga borib taqaladi. Ajdodlarimizning maftunkor tasviriy san'ati tufayli bizgacha yetib kelgan yodgorliklar o'zbek cholg'u musiqasi qadim zamonlardan boshlanganligini ko'rsatadi. Ko'hna Afrosiyobda olib borilgan qazilmalarda qo'lida surnay ushlagan haykalcha topilgan. Olimlar bu haykalchani eramizdan, ya'ni miloddan avval III-I asarlarda yaratilgan, deb tahmin qilmoqdalar. Ayritosh nomi bilan fanda mashhur bo'lgan nodir yodgorliklar, Sulton Uvays tog'ining janubiy tizmalari boshlanadigan tekislikdagi qadimiy To'proq qal'adan arfa chaluvchi ayol tasviri tushirilgan topilmalar olimlar fikricha EU-IV asriarga mansub ekan. VIH-XII asarlarda Sharqshunoslik tarixida "Sharq yoki musulmon Renessansi" davri deb nom olgan davr Sharqda O'rta asrlardagi barcha taraqqiyotlaming eng yuksak cho'qqisi hisoblanadi. Abu Yusuf Yoqub ibn Is'hoq al-Kindiy, Abu Nasr ibn Muhammad alForobiy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar shu davming ajoyib vakillari bo'lganlar. Al-Forobiyning musiqaga bag'ishlangan "Kitob ul-musiqiy al-Kabr" ("Musiqa haqida katta kitob") asarida yozilishicha musiqa haqidagi fan amaliy va nazariy sohalardan iborat. Birinchisi musiqiy asboblar yordamida musiqiy asarlarni ijro etishga oid. Ikkinchisi esa ohanglaming kelib chiqishi va musiqiy asarlarni yaratilish qonunlarini o'rganadi. Forobiyning tabiricha san'at, shu jumladan, musiqa ilohiy ne'mat emas, balki inson ijodining mahsulidir. Uning vazifasi insonga o'z intelektual va axloqiy sifatlarini takomillashtirishda foydali bo'lishidan iborat. Musiqa haqida Ibn Sino o'zining besh asarida yozgan. Bu "Kitob ash-shifo", ("Shifo kitobi") nomli ko'p jildlik qomusiy asaming musiqa haqidagi bo4limidir. Ibn Sinoning ta'rificha san'at, jumladan, musiqa fandir. Bundan san'atning "aql bilan idrok etish" yoki "buyumlaming bilish" mohiyati kelib chiqadi. Ibn Sino musiqaning tarbiyaviy mohiyatini alohida ta'kidlab o'tgan. Bunda san'at vositasi orqali estetik didni tarbiyalashga asosiy e'tibor qaratilgan. Buyuk olim ta'kidlaydiki, shaxsni har tomonlama kamol toptirish uchun ikki tomonlama-jismoniy barkamollik uchun jismoniy mashqlar, ma'naviy rivojlanishi uchun musiqa va boshqa san'at turlari orqali ta'sir o'tkazish lozim. 6 She'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy nozik ta'b, yuksak zakovat egasi sifatida musiqani sevib tinglar, dil-dildan zavqlanardi. Shoir talantli sank atkorlarga hamisha g'amho'rlik qildi, yoshlaming kamoloti uchun tinmay qayg'urdi. Insoning kamolotga yetishuvida asosiy rol o'ynovchi vositalardan bin - musiqa san'atidan bahramand bo'lish deb bildi. "Musiqani idrok etmagan shoir nim shoirdir",-deydi Navoiy. Bu kalima shoir estetik qarashlarining mohiyatini yaqqol ko'rsatadi. O'zbek xalqi hayotidagi murakkab tarixiy sharoitlar madaniyat va turmushning feodal me'yorlari doirasidan tashqari chiqish imkonini bermagan. Asrlar davomida yig'ilgan oddiy va ma'naviy boyliklami bosqinchilar egallab olgan yoki yo'q qilib tashlashgan. Qilich va zo'rlik o'zbek xalqining ko'pgina madaniy boyiklarini yo'q qilib yubordi. Lekin shunga qaramasdan davrlar osha, tarixiy buxronlar osha xalqning qimmatli madaniy merosi shu kunlarga yetib keldi. Ongli mehnat jarayonida inson tafakkuri takomillashidi va taraqqiy etdi. His-tuyg'ulami, kayfiyat, ehtiroslami ifodalashmusiqaning eng kuchli xususiyatiga aylandi. Kishining his va kayfiyati o'z-o'zicha namoyon bo'lmaydi. Kishining his va kayfiyatlari manbai real hayotdir. Biz vaziyat ta'siriga ko'ra yo g'am chekamiz, yoki xursand bo'lamiz, g'azabimiz oshadi, yoki shodligimiz ichimizga sig'maydi, yoki ranju-alam chekamiz. Binobarin, agar musiqa bunday his-tuyg'ulami ifodalar ekan, demak, u voqelikni aks ettiradi. Ammo musiqa mazmunini muayyan bir hislar ifodasidan iborat qilib qo'yish yaramaydi. Musiqa, shuningdek, fikrlami o'zida mujassamlantirishga ham qobildir. Musiqiy merosni asrash tushunchasining mohiyati shunchaki o'tmish g'oyalarini ko'r-ko'rona takrorlash va saqlash emas, balki uni ongli dunyoqarash va insoniyat manfaatlari nuqtai nazaridan rivojlantirish, tanqidiy o'zlashtirish va ijodni qayta ko'rib chiqish zarurligini bildiradi.
Dunyodagi barcha xalqlar umumbashariyat bosib o‘tgan yo‘l, ya’ni tarixiy shakllanish va rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tganlar. Zero, insoniyat yaratilib unga eng oliy mukofot tafakkur, ong in’om etilgan. SHu bois uning hayotiy jarayoni shubhasiz rivojlanish tamoyillari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi muqarrardir. SHuni aytib o‘tish lozimki, insoniyat er yuzida paydo bo‘lgandan so‘ng rivojlanish jarayonida bir qator davrlarni bosib o‘tgan. Ular fanda o‘z davrining mohiyatidan kelib chiqqan holda nomlanadi. Bular inson tafakkurining ma’lum darajada rivojlanib tarixiy jarayonlarni o‘ziga xos aks ettirish, bayon etish, amaliyotda kirib kelgan ijod namunalarini zikr etish va tarix xususida tadqiqotlar olib borilgandan so‘ng muayyan davrlarga ajratish amallari bajarilgan.
So‘nggi yillarda qadimiy olib borilgan arxeologiya qizilma ishlarining guvoxlik berishicha, er yuzida insoniyat paydo bo‘lganiga million yildan ortiqroq vaqt o‘tgan. Million yillik tarixning oxirgi bosqichida, atigi bundan 6 ming yil burungina er kurrasining ayrim mintaqalarida yozuv paydo bo‘ldi. YOzuv avval Nil daryosi bo‘ylarida (qadimgi Misr), Tigr va Dajla daryolari xavzalarida (Qadimgi Mesopotamiya) va nihoyat hind daryosi havzasida (SHimoliy G‘arbiy Hindiston) paydo bo‘ldi. Jaxon madaniyatining ana shu o‘choqlari ta’sirida Oromiy xati asosida shakllangan qadimgi yozuv O‘rta Osiyoga (aniqrog‘i, Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona va Parfiyaga) miloddan avvalgi III-II asrlarda kirib keldi.
Arxeologik izlanishlarning guvohlik berishicha ajdodlarimiz O‘rta Osiyoda yarim million yildan beri yashab keladi. Uzoq o‘tmishdagi ana shu ajdodlarimizning ilk makoni Farg‘ona vodiysida, So‘x tumanida Sel Ungur g‘oridan topildi.
Insoniyat hayotining ilk davrlari: — ibtidoiy kishilik jamiyati tarixida uchta asosiy davrga bo‘linadi. Ular tosh asri, bronza va temir davrlari deb yuritiladi. Odatga ko‘ra tosh arsi ya’ni paleolit va yangi tosh asri neolitdan iborat ikki bosqichni bosib o‘tgan. Paleolit inson tarixida eng uzoq vaqt davom etgan davr bo‘lib, eramizdan avvalgi 2 million yildan 100 minginchi yilgacha cho‘zilgan. (Odatga ko‘ra eramizdan oldingi davr ning yil sanash uslubi, borgan sari kamayish tartibiga asoslaniladi).
Tarixda ushbu davrning uzoq davom etishining sababi shundan iboratki, insoniyat ma’lum darajada shakllanib, yashash uchun zarur mehnat anjomlari, himoya va kurash uchun qurollar yaratish bilan birga hayvonot va tabiatni insonlarga xizmat qilishi va qo‘lga o‘rgatilishlari kabi amallarni (jarayonni) rivojlanib borishi uchun uzoq vaqt kerak bo‘lgan. Hayotda odamlar tomonidan yaratilgan sharoit, mezon, jism va boshqalarning barchasi insoniyat tafakkurining mahsulidir. SHunday ekan buning uchun inson har tomonlama shunga tayyor bo‘lishi lozim. Tosh davri insoniyatni yashashga o‘zgacha qarashga va tabiat jismlaridan foydalanish ham mumkinligiga o‘rgatdi. O’z-o‘zini himoya qilishni, mehnat qilish va «yaratish» kabi faoliyatga o‘rgatadi.
O’rta tosh davri mezolit deb yuritiladi va eramizdan avvalgi 10-6 ming yillarni o‘z ichiga oladi. «Mezos» o‘rta ma’nosida, litos – tosh demakdir.
Neolit (neos - yangi) – yangi tosh davri (e. av. 6-4 ming yilliklar).
Eneolit – mis-tosh davri (e.a v. 4-3 ming yilliklar).
Bronza davri (e. av. 3-2 ming yilliklar).
Temir davri (e. av. 1 ming yillik).
O‘rta Osiyoning tarixi qadim zamonlardan boshlanadi. Hozirgi Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston hududida yirik tarixiy voqeliklar bo‘lib o‘tgan va buning natijasida turli etnik guruhlarning o‘zaro aralashib ketishi, madaniyatlarning bir-biriga ta’siri kuzatiladi.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikdan bu hududda sinfiy jamiyat va davlatlarning shakllanish jarayonlari kechgan.
O‘rta Osiyo er. av.VI-I ming yilliklarda ikkita katta madaniy-tarixiy hududlarga bo‘linadi. Ular bir-biridan yashash tarzi, madaniy an’analari bilan farqlanar edi. Bular ko‘chmanchi va o‘troq tarzda hayot kechiruvchi xalqlardir. Xalqlarning yashash tarzidan kelib chiqqan holda, madaniyat ham ikki xil yo‘nalishda rivojlanganligi aniqlanadi. O‘troq xalqlarning madaniy yodgorliklari nisbatan ko‘proq xajmda saqlanib qolgan.


1. Arfachi. Terrakota haykalchasi. Mil. av. I a. – mil. III asri. Afrosiyob. Ermitaj.
2. Udchi ayol. Terrakota haykalchasi. Mil. av. I a. – mil. III asri. Afrosiyob. Samarqand muzeyi.
3. Udchi ayol. Terrakota haykalchasi. Mil. av. I a. – mil. III asri. Afrosiyob. Ermitaj.
4. Arfachi. Terrakota haykalchasi. Mil. av. I a. – mil. III asri. Afrosiyob. Samarqand muzeyi.
Har bir davr tarixda o‘ziga xos tarzda yoritilgan bo‘lib, ijtimoiy hayot, turmush tarzi, madaniyat va ma’naviyati bilan izohlanadi. Xalklarning madaniyati san’ati bizgacha etib kelgan namunalarini biz, asosan kadim zamonlarga taalluqlilarini arxeologik qazilmalarda topilgan namunalardan bilib olamiz. Bu qazilmalardan topilgan san’at namunalari, turli odam va hayvonlarning suyaklari, imoratlarning peshtoqlarida aks ettirilgan turli tasvirlar, mis, sopol va turli idishlarga tasvirlari tushirilgan san’at namunalari zamonaviy olimlarning tadkiqotlari uchun ash’yoviy dalillardir. Va ular shularga asoslanib qaysi davrga taalluqli ekanliklarini aniqlashadi.
Fan musiqa bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, dastlab «musiqaning o‘zi nima?» degan savol tug‘iladi. Odatda, biz musiqani shu kasbga qadam qo‘yganimizdan, ya’ni musiqa maktabi, musiqa bilim yurti va oliy ta’lim tizimlaridan bilamiz va o‘rganib kelmoqdamiz. Lekin musiqaning ibtidoiy shakli, ilk jarayonlari haqida o‘ylaganmizmi? Shu bois, ibtidoiy davr musiqasini qanday tushunishimiz, tasavvur qilishimiz hammamiz uchun ham qiziqarli. Demak, musiqa qanday shart-sharoitlarda paydo bo‘lgan?
Manba’larda yozilishicha va shaxsiy tasavvurimizga tayangan holda shuni aytishimiz mumkinki, inson ov qilish jarayonida turli hayvonlar, qushlar bilan to‘qnash kelgan. Inson ularni tutish, jalb etish uchun ovozlariga taqlid qilishga harakat qilgan. Ana shunday harakatlar musiqaning kelib chiqishi uchun zamin tayyorlagan deb taxmin qilish mumkin. Avval parrandalar ovozlariga, keyinchalik esa inson ovoziga taqlid qilish zaminida tarli musiqiy cholg‘ular kashf etila boshlangan. Dastlabki cholg‘ular qushlar va hayvonlar suyagidan, o‘simliklar, daraxtlardan, kokos yong‘oqlaridan tayyorlangan va hokazo.
Mazkur fanda xududning tarixiy rivojlanish jarayonlari, xalqning shakllanishi, musiqsining paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari o‘rganiladi. Milliy musiqamizni bilim va tarixiy jarayonini idroklash har bir san’atkor uchun muhimdir.
Ma’lumki, qadimgi davrlar tarixini o‘rganishda uch asosiy manbaga tayaniladi:
1.Arxeologik yodgorliklar (topilmalar).
2. Yozma manbalar (qadimgi kitoblar, xronikalar).
3.Xalq og‘zaki ijodi namunalari.
Xududiy jixatdan O‘rta Osiyo hozirgi Turkmaniston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston respublikalari hamda Qozog‘istonning janubiy viloyatlarini qamrab oladi. Buni yuqorida gapirib o‘tgan edik. Arxeologik tadqiqotlarning guvoxlik berishicha, ana shu xudud chegarasida qadimgi juda ko‘p xilma-xil madaniyat o‘choqlari tarkib topgan va rivojlanganki, ular umumiy tarzda uchta yirik davr taraqqiyot darajasi bilan xarakterlanadi: tosh asri bilan bog‘liq ajdodlarimizning tabiat in’omi – exsonlari xisobiga kun kechirish davri; odamzotning o‘zini-o‘zi oziq-ovqat bilan ta’minlashga kirishgan ilk dexqonchilik davri; avvalgi davrlarda to‘plangan ishlab chiqarish va madaniy xo‘jalik tajribalardan foydalanishga kirishilgan bronza davri. Bu davrda janubga yuqori darajada rivojlangan urbanistik jamoalar, shimolda esa ko‘chmanchi chorvachilik xo‘jaliklarning shakllanib borishi kuzatiladi.
Mezolit davri odamlarining diniy qarashlari va tasviriy san’at olamini tadqiq etishda O‘rta Osiyoning ikkita xududida uchraydigan qoyatosh rasmlari nixoyatda boy manba bo‘lib xizmat qiladi. Bulardan Qo‘xitang va Zardutkamar qoya suratlari O‘zbekistonning janubiy qismida joylashgan. Qoyatosh suratlarining boshqa bir guruxi esa Pomir tog‘ida bo‘lib, u ibtidoiy odamlarning ovchilik jodusi va san’atini aks ettiradi.
O‘rta Osiyoda tosh asrining neolit davri madaniy xo‘jalik rivojlanishi jaxatidan ikkita mintaqaga bo‘linadi. CHunonchi, uning janubiy sharqida miloddan avvalgi 6 ming yillikdan boshlab ishlab chiqarishga asoslangan qabilalar madaniyati shakllanadi, ya’ni ibtidoiy dexqonchilik va chorvachilik xo‘jaliklariga o‘tila boshlandi. O‘rta Osiyoning qolgan boshqa xududlarida esa ovchilik va baliqchilikka asoslangan xo‘jalik yuritish an’analari davom etadi.
Poda bo‘lib yashaydigan xayvonlarni ovlashga ixtisoslashuv o‘sha davr odamlarining yashash manbaiga aylandi. Amudaryo va Sirdaryo xamda Zarafshon quyi oqimdagi qator ko‘llarda baliq ovi bilan shug‘ullanish esa ularning o‘troq xolda yashashiga sabab bo‘ldi. Xuddi ana shu ko‘llarning bo‘yida ibtidoiy ovchi va baliqchi urug‘larining keng, yarim erto‘ladan iborat manzilgoxlari qaror topdi.
O‘rta Osiyo bronza asri o‘ziga xos aloxida bir davrni tashkil qilib, u aholining deyarli bir yarim ming yillik turmush tarzini o‘zida ifoda etadi.
Arxeologik ma’lumotlardan ayon bo‘ladiki, qadimgi dexqonlar va chorvadorlar doimo o‘zaro yaqin aloqada bo‘lishgan va bir-birlari bilan madaniy xo‘jalik tajribalarini baxam ko‘rishgan. Qabilalararo muntazam madaniy va urug‘chilik aloqalari xar ikki xudud aholisi xo‘jaligining yanada kuchli rivojlanishi uchun turtki bo‘lgan.
O‘rta Osiyo halqlarining Hindiston, Ossuriya, Eron mamlakatlarining harbiy va siyosiy ishlariga aralashuvi hamda ularning Yunoniston va Misr xududlariga kirib borishi mazkur xalqlarning madaniyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Masalan, O‘rta Osiyo xalqlari xuddi forslar kabi oromiy (mixxat) yozuvini joriy etdilar. Ammo shu bilan birga O‘rta Osiyo halqlari tomonidan yaratilgan Zardushtiy ta’limoti va uning muqaddas kitobi “Ovasto” Eron va SHimoliy Hindistonda keng tarqaldi.
Albatta, o‘sha davrlarda yaratilgan madaniyat va san’at yodgorliklarini keng ta’riflash jud mushkul. Zero, o‘q-yoy, pichoq, xanjar, sopol buyumlar, turmush lavxalarini aks ettiruvchi ossuariylardagi o‘yma naqshlar, Anaxit ma’budasi tasviri, baland poshna etik, cho‘qqi qalpoq va chakmon kiygan erkaklarning xaykalchalari kabi sanoqli narsalar bunga imkon bermaydi.
O‘rta Osiyoda yanada qadimiy urf-odat, aqidalar ham mavjud bo‘lgan, albatta. SHamanlik shunlardan biridir. YUnon tarixchisi Gerodot gulxan atrofida davra qurib o‘tirib, so‘ngra esa raqsga tushib, qo‘shiq aytadigan ayrim massagetlar xaqida yozib qoldirgan.
Xorazm va So‘g‘diyona xududida, shuningdek, avval o‘lib, keyin qayta tiriladigan Siyovush siymosiga sajda qilish ayniqsa kuchli bo‘lgan. Siyovush xaqidagi qissa Firdavsiyning “Shoxnoma” asaridan ham joy olgan.
Yunon-Baqtriya davlati O‘rta Osiyo xalqlari iqtisodiyoti, madaniyatida o‘z izini qoldirdi hamda sharqiy ellinizmni yuzaga keltirdi va O‘rta Osiyo xududida quldorchilik davlatlari yuzaga kelishi uchun shart-sharoit yaratdi.
Albatta tarixiy obidalar, arxeologik qazilmalarning ahamiyati katta, lekin aynan tarixni yozma manba’larda qoldirgan o‘tmish olimu-allomalarining asarlari ham katta ahamiyat kasb etadi. Biz tarixdan biladigan Arastu, Fisog‘urs (Ptolomey) va shunga o‘xshash ko‘pgina allomalar aynan tarixiy shaxslardir. Lekin O’rta Osiyoning xalqlari bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni yoritgan tarixnavis olimlar ichida Gerodot, Ksenofont, Diodor kabi bir qator qadimiy olimlarning bizga qoldirgan kitoblari, tarixiy manba’lari katta ahamiyat kasb etadi.
O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy hayoti bilan bog‘liq dastlabki din shakllari, afsonalarning ahamiyati katta.
Qadimiy afsonalarda juda ko‘p shaxslarning nomlari va ular bilan bog‘liq voqealar tasvirlanadi. Ayniqsa marosimlar, bayramlar haqida ma’lumotlar biz uchun qiymatlidir. Qadimgi bayramlardan Navro‘z, Mexrjon, Dionisiy (A.Makedonskiy nomi bilan bog‘liq)lar haqida gapirish mumkin.
Navro‘z — yilning yangi kuni, ya’ni tabiatning qaytadan o‘yg‘onishi. Bu albatta har tomonlama poklanish va yangitdan «paydo bo‘lish» — yaratilish bilan bog‘liq. SHu bois bo‘lsa kerak bu jarayon eng ezgu niyatlarni hamroh qilgan, YAxshi niyatlar bilan yangi kunga qadam qo‘yilgan. Insonlarning bir-birlariga bo‘lgan adovatlari unutilgan. Xalqning keksalari ulug‘lanib ularni duolari olingan va erga urug‘ sanchilgan. Bunday bayramlarda insonning ruhiyatini ko‘taradigan, shod qiladigan musiqalarni ijro etish va yangi kunni eng chiroyli go‘zan ohanglar bilan kutib olish odatiy tus olgan. O’z o‘rnida bunday bayramlarni xususiyatiga mos bo‘lgan asarlar yaratilgan, shunga xos an’analar shakllangan. SHunday sayllarni fayziga fayz qo‘shadigan cholg‘ular va ular ijrochiligi va musiqalari yuzaga kelgan.
Mexrjon bayrami kuzdagi yig‘im-terimdan so‘ng o‘tkaziladigan bayram bo‘lib, bu bayramda ham musiqaning ahamiyati katta bo‘lgan.
Dionisiy bayramining kelib chiqishi asli qadimgi YUnoniston bilan bog‘liq bo‘lib, uzum ilohi Dionisiy nomi bilan bog‘liq. Bunda odamlar uzum hosili mo‘l bo‘lishi uchun uzum shoxlari, mevalari bilan o‘zlarini bezab raqs tushib, qo‘shiqlar ijro qilishgan.
Ma’lumki O’rta Osiyoda milodgacha hukmronlik qilgan va juda katta obro‘ga ega bo‘lgan davlatlardan biri Axomoniylar davlatidir. Axomoniylar davlatining asosiy e’tiqodi va dini zardo‘shtiylik edi. Bu ta’limotning asoschisi Zardusht bo‘lib, muqaddas kitobi «Avesto»dir.
«Avesto» kitobi 4 ta katta qismdan iborat bo‘lib, har biri alohida nomlanadi.: birinchisi - «Yasna»; ikkinchisi - «Yasht»; uchinchisi - «Videvat»; va to‘rtinchisi - «Visprat». Ma’lumki, davlatlarning bunday kitoblarida albatta hayotning barcha sohalariga xos bo‘lgan va kerakli bo‘lgan muammolar echimi ko‘rsatiladi, qonunlar va munosibatlar ifoda etiladi. Manba’ sifatida insoniyat tarixida ilk bor paydo bo‘lgan muqaddas kitobda ham musiqaga o‘rin ajratilgan. SHu davrdagi musiqa o‘z ifodasini topgan.
Bu kamtarona ma’lumotlarga qarab har holda shunday xulosaga kelish mumkinki, milodning 1 asriga kelib, O‘rta Osiyo xalqlari quldorlik jamiyatiga qadam qo‘ygan edi. Ular qo‘shni xalqlar bilan ancha yaqin munosabatda bo‘lishgan, siyosiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishgan va o‘z mustaqil davlatlariga ega bo‘lishgan.
Kushon saltanati davri musiqa madaniyati
Kushon xonligi Markaziy Osiyo xalqlari tarixida massaget qabilalariga mansub toxar sulolasidan birining nomi bilan atalgan. Xitoy manbalarida yozilishicha Daxya, ya’ni Baqtriyaga ko’chib o’tgan massaget (yuechji)lar beshta vassal hokimlikka bo’lingan bo’lib, ulardan biri Guyshuan deb nomlangan.
Guyshuan so’zi “kushon” atamasining xitoycha transkriptsiyasi bo’lib, u o’sha davr yodgorliklari hisoblangan tangalardagi yozuvlardan ma’lumdir.
Markaziy Osiyoning janubi va shimoliy Afg’onistondagi arxeologik tadqiqotlar Yunon-Baqtriya va Kushon-Baqtriya madaniyati gullab-yashnaganidan darak beradi. Dastlabki yodgorliklar Ayritom va ko’hna Termizda o’tgan asrning 30-yillarida ochilib, ularni o’rganish ishlari 60-yillarda ham davom ettirilgan.
Keyinchalik ko’hna Termiz yaqinida Qoratepa buddaviylik ibodatxonasi, Fayoztepa, Xolchayon va Dalvarzintepa kabi ko’hna shaharlar ham mavjud ekanligi va nihoyat darajada yuksak kushon madaniyati butun dunyoga mashhur bo’lganligi o’z tasdig’ini topadi.
Kushon davlatiga rasman asos solgan hukmdor Kujula Kadfiz to’rtta qabilani o’ziga bo’ysundirdi va uni Kushon bekligi deb e’lon qildi. Bu davlatning dastlabki hukmdori 30 yil podsholik qildi.
Kushon xonlarining eng mashhuri Kanishka edi. U (78-123) hukmronlik qilgan davrda Kushon mamlakati juda qudratli davlatga aylanib, zamonasining buyuk davlatlari Rim, Parfiya va Xitoy bilan bir qatorda turardi. Hukmdor davlat poytaxtini ham Dalvarzintepadan Peshavorga ko’chiradi.
Kanishka hukmronligining oxirgi yillarida Kushon davlati juda katta hududni o’z ichiga olgan. Uning chegarasi g’arbda Orol va Kaspiy dengiz bo’ylarigacha, janubda Hind daryosining quyi oqimigacha, SHarqda esa Sinьtszyanning Xo’tan shahridan Gang bo’ylaridagi Banorasgacha cho’zilgan.
Budda diniga qattiq e’tiqod qilgan podsho o’z davlatida mazkur dinni rasmiy ravishda davlat dini sifatida e’lon qiladi.
Markaziy Osiyo xalqlari hayotida bu davrda katta siljishlar bo’ldi. Ya’ni, juda ham ulkan markazlashgan davlat vujudga keldi, shaharlar soni ko’paydi, savdo-sotiq aloqalari xalqaro darajaga ko’tarildi; jonli savdo hayoti va kolonizatsion faoliyat, savodni va yozuv (xat)ni keng tarqalishiga imkon yaratdi. II asrga taalluqli mashhur “so’g’d yozuvi”dagi namuna aynan Dunxuan (SHarqiy Turkiston)dan topilgan bo’lib, u Samarqandda istiqomat qiluvchi onaning Druan (Dunxuan)da yashovchi qiziga yo’llagan xatida yaqqol isbotini topgan. Bu xat o’sha davr Markaziy Osiyo xalqlarining yuqori darajadagi madaniy hayoti, jumladan, ayollarning savodliligi va mustaqilligidan dalolat beradi. Bu davrda kushon yozuvi ham paydo bo’lib, u yunon alifbosiga asoslangan edi. Mazkur yozuvni o’sha davrning tangalari, muhrlari va turli buyumlarida uchratish mumkin. Ta’kidlash joizki, bir necha yozuv tizimining mavjud bo’lgani (oromiy, sug’diy, xorazmiy, yunon, kushon) – Kushon xonligi tarkibiga kiruvchi xalqlarning yuksak darajadagi madaniyatining yana bir karra isbotidir.
Kushon saltanati umuman qadimgi Markaziy Osiyoning iqtisodiyoti, madaniyati va san’ati gullab-yashnagan davriga to’g’ri keladi. Bu davrda xalqaro savdo-sotiq keng rivojlangan, yangi shaharlar barpo bo’lgan. Ammo endi jarayon ellinistik yo’nalishda emas edi. Ya’ni, madaniyat va san’at sharqiy, ellinistik, hind va ko’chmanchilar an’anasining sintezidan tashkil topgan yangi kushon yo’nalishiga asoslanadi. Bu davrdan qolgan ko’plab me’moriy obidalar va haykallar shimoliy Hindistonda, Qobul (Afg’oniston)ning vodiy tumanlarida, Baqtriyada, Amudaryoning shimoliy va janubiy qirg’oqlarida saqlangan.
Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi madaniy aloqalar, meloddan avvalgi III asrda hind imperatori Ashok tomonidan buddizm davlat dini sifatida tasdiqlangandan so’ng yanada kuchaydi.
Umuman Kushon madaniyati, qadimiy tomirga ega joylarda, yangi omillar yangi odamlar ta’sirida rivojlangan Yunon-Baqtriya xonligi madaniyatining davomchisi hisoblanadi.
SHuni ham aytish kerakki, o’z navbatida kushon san’ati boshqa xalqlar madaniyati bilan uzviy bog’langan holda, bu xalqlarda, xususan Hindiston madaniyatida o’zi ham chuqur iz qoldirdi (Taksila va Matura yodgorliklari); shuningdek, SHarqiy Turkistonda Kuchi va Karashara freska va haykallari; alaniya muhiti orqali ta’sir etilgan SHarqiy Yevropa madaniy yodgorliklari so’zimizga yorqin dalil bo’lishi mumkin.
1932-yili qadimshunoslar tomonidan olib borilgan arxeologik qazilmalar jarayonida Termiz yaqinidagi eramizning I-II asrlariga mansub Ayritom shaharchasidagi ibodatxonaning peshtoqlariga o’rnatilgan, sarg’ish oqtoshdan ishlangan haykallar topilgan edi. Toshga o’yib ishlangan, beliga akaif yaproqlarini bog’lagan 14 ta odam qiyofasi tushirilgan bu peshtoqda musiqachi va girlyandachilar tasvirlangan. Bunday manzara antik davr O’rta SHarq tasviriy san’atida juda keng tarqalgan. Peshtoq to’liq saqlanmagan, faqatgina 8ta bo’lagi topilgan xolos. SHuningdek, ayrim qiyofalar o’z shaklini yo’qotgan bo’lib, ular musiqachimi, girlyandachimi ajratib olish qiyin. Qiyofalarning beshtasi musiqachilar ekanligi aniq bo’lib, qolgan 3ta qiyofani aniqlash mushkul. SHuning uchun mana shu beshta musiqachining qiyofasi nisbatan batafsil o’rganilgan. Ammo bu qadimiy kvintet (beshlik)ni to’liq tarkib deya aniq aytish qiyin.

2-rasm. Musiqachilar. Ayritom peshtoqlari. I-II asrlar.
Ayritom peshtoqida tasvirlangan ansablning 2 ta torli musiqa cholg’usi – kichik burchakli, to’qqiz torli (balki 13 torlidir) arfa va to’rt torli do’mbira, shuningdek, bitta qo’sh avlos va 2ta zarbli cholg’u – nog’ora (baraban) va kimvalsimon asbob. Bu yerda qat’iy ansambli uslubi saqlanganligi shubhasiz, ya’ni cholg’ularning barcha asosiy (torli, damli, zarbli) guruhlaridan foydalanilgan. SHuni ham aytish joizki, har bir guruhda bir-birini o’zaro to’ldiruvchi va murakkab, jozibali ohanglarni taratuvchi turli xil cholg’ular jamlangan. Shuningdek, zarbli cholg’ularning ham har xillari ishlatilganligi e’tiborlidir. Aftidan bu girlyandalar bilan bog’liq bo’lib, harakat, yurishni anglatgan.
Girlyandalar – shunchaki bezak bo’lmay, balki butun kompozitsiyaning ma’lum ma’nosini anglatadi. Ya’ni, girlyandachilar musiqiy cholg’ular sadosi ostida odimlaganlar. Va aftidan bu yurishlarda raqs unsurlari ham qo’llangan. Bunday tantanani boshqarish harakatini tartiblashtirish uchun esa bir qator qo’l bilan ijro etiluvchi, shaklan uncha katta bo’lmagan zarbli asboblar zarur edi. Mana shunday musiqa sadolari ostida girlyandalar bilan yurish an’anasi Ayritom peshtoqlarida o’z ifodasini topgan.
Yana bir hudud bo’lmish Xorazm vohasining bu davrga oid tarixi juda noaniq. Ammo bu davrda Xorazm shohlarining tangalari o’rnini kushonliklar tangasi egallashiga qaraganda Xorazm Kushon imperiyasi tarkibiga kirgan, deya faraz qilish mumkin. Eramizning III asrlarida Xorazm vohasida mahalliy shohlarning tangalari zarb qilinishi va kushon tangalarining siqib chiqarilishi Xorazmning ilgarigiday mustaqillikka erishganligini ko’rsatadi.
Kushon imperiyasi davrida din, me’morchilik va san’at sohasida ro’y bergan o’zgarishlar Xorazm madaniyatiga ham ta’sir etdi. Shuningdek, qadimgi Baqtriya (Ayritom yodgorligi), Toxariston (Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi Bolaliktepa yodgorligi) madaniyati ham gandxar san’ati an’analarining bevosita ta’siri ostida taraqqiy qilgan. Natijada Xorazm diyorida uchraydigan kushon davri haykalchalarining ko’rinishi ancha o’zgaradi. Endilikda haykalchalardagi kiyim va bezaklar kangyuy davrinikidek serhasham bo’lmay, unda gandxar san’atining ta’siri yaqqol sezilib turadi. Yangi turdagi haykalchalar kiyimlarining hind liboslari kabi ancha yeri ochiq bo’lib, bu hol ularning budda obrazlari bilan bog’liq ekanligini ko’rsatadi.
Xorazmning kushon davriga oid ma’naviy-madaniy yodgorliklari juda boy va ajoyibdir. Jumladan, eramizning III-IV asriga oid Tuproqqal’a saroyining 1945-1950 yillar mobaynida olib borilgan qazish ishlari vaqtida juda ko’p sonli devoriy yozuvlar topilgan bo’lib, ular orasida uchta musiqiy cholg’uning tasviri ham aniqlangan. Bular: oltita torli kichik arfa, ikkita torli kichik udsimon cholg’u va qumsoat shaklidagi ikkiyoqlama zarbli cholg’u hamda shu uch sozga monand uchta musiqachi ayollar tasviri.
Sozandalardan biri bo’lmish arfa chalayotgan ayol tasviri juda mashhur bo’lsa, qolgan ikkitasi esa deyarli hech qaerda chop etilmagan.
Sopol idishlarga tushirilgan tasvirlarda sakkizta cholg’u ushlab turgan sozandaning qiyofasi va sopol xumdon devorining bir tomoniga bir relьefli tasvirlar ishlangan. Barcha haykalcha va relьeflar turli davrlarga mansub bo’lib, meloddan avvalgi IV-III asrlardan eramizning I asrigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Har bir haykalchaga bittadan musiqiy cholg’u tasviri to’g’ri kelib, relьeflarga ham shunchadan tasvirlar tushirilgan. SHunday qilib, jami 9ta cholg’u asbobi mavjud ekanligi aniqlanadi. Ularning barchasi turli cholg’ular guruhiga mansub. Torli guruhlarda to’qqiz torli, burchakli arfa, besh torli kifara, to’rt torli udsimon cholg’u va oltita ikki torli dutorni eslatuvchi, rezonator shakli bo’yicha ikki kichik guruhga bo’linuvchi sozlar mavjud.
Ikkita haykalcha va relьefdan tashqari bu sopol idishlardagi tasvirlar chop etilmagan.
1909 yilda Xorazm atrofidan topilgan Anikov kumush idishini esa bir qator tadqiqotchilar qadimiy Xorazm torevtikasi asarlariga oid deb hisoblashadi. Mazkur idishda o’limga mahkum etilganlar qal’asi, ossuriyadan olib chiqilayotgan muqaddas Siyovush hoki tasvirlangan. Bu marosim esa roga (shoxsimon cholg’u) sadolari ostida kechayotgani ham ma’lum bo’ladi. Sozandalar yetti kishidan iborat bo’lib, ularning uchtasi bir tomonda, to’rttasi ikkinchi tomonda joylashgan. Ular chalayotgan damli cholg’ularning birchasi chaqiruvchi (signal) tur bo’lib, ularning hajmi, tuzilishi, ijro etish uslublari ham bir xil. SHunday qilib, qadimiy Xorazm musiqa cholg’ularining jami turi 19 tani tashkil etadi: 11ta torli, 7ta damli va 1ta zarbli sozlar.
Birinchi guruh cholg’ulari keng va turlicha namoyon etilgan. Bu guruhga kiruvchi musiqiy cholg’ular tarixan ikkita aniq tabaqaga ajraladi. Ular o’zining kelib chiqishi bilan janubiy yerli, dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi tumanlarga tegishli turi va adirli ko’chmanchi qabilalarning musiqiy turmush sharoitiga oid cholg’ular turidir.
Birinchi tabaqa cholg’ulardan eng e’tiborni tortgani – bu katta va kichik burchakli arfalar bo’lib, ular qadimda Markaziy Osiyo hududida keng tarqalgan, ammo keyinchalik muomaladan chiqqan.
Antik davrda Xorazmning burchakli arfasi ikki toifaga bo’lingan: katta burchakli va kichik burchakli. Markaziy Osiyo (burchakli) arfalarining mashhur bo’lgan barcha turlari, jumladan Ayritom peshtoqidagi arfa (meloddan avvalgi II asrdan eramizning I asriga qadar bo’lgan davrga oid) va Tuproqqal’a arfasi (eramizning III asriga mansub) kichik burchakli arfalar toifasiga kiradi. Qo’yqirilganqal’adagi katta burchakli arfa tasviri (eramizdan avvalgi IV-III asrlar) – Markaziy Osiyoda hozirgi kungacha topilgan yagona namunadir. Bundan tashqari, tasvirlardagi cholg’u umuman Markaziy Osiyo arfasining eng qadimiysi hisoblanadi. Ta’kidlash kerakki, har ikki holatda ham Xorazmning yuksak musiqa madaniyatiga ega bo’lgan mamlakat ekanligi birinchi o’rinda turadi.
Katta va kichik arfalarning tuzilishi (konstruktsiyasi) bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Bu yerdagi farq, cholg’uning hajmi, ijro etish uslubi, akustik sifatlari va aniq bir vaziyatda u yoki bu arfaning qo’llanilishidir.
Markaziy Osiyo arfalari, xususan katta va kichik, burchakli (arfa)larning musiqiy sozi haqida aniq bir dalilni ko’rsatish qiyin. Ammo bu sozni aniqlashning yagona imkoniyati bu A.V.Machinskiyning qadimgi Misr arfalari bo’yicha o’tkazgan ishonarli dalillar asosidagi tadqiqotidir. Ya’ni, bu olimning ishlariga tayangan holda muayyan aniqliklar kiritish mumkin; jumladan, katta va kichik burchakli Xorazm arfalarining korpusi ikki qismdan iborat edi: rezonator va torlar mahkamlanadigan maxsus joy bo’lib, ular bir-biri bilan bir tekisda, bir burchak ostida birlashgandir. CHolg’ular faqat yog’ochdan yasalgan. Rezonator – to’rtta uzun, silliq tayoqchadan iborat bo’lib, o’z navbatida bu tayoqchalar qiyshiq, uzun qovurg’alar bilan shunday qo’shilganki, natijada to’rtburchakli korpus hosil bo’lib, uning pastki, ingichka qismiga sim(tor)larni ushlagich mahkamlangan. Qarama-qarshi tomonlari esa rezonatorning ichki dekasiga biriktirilgan. Rezonator va sim (tor) ushlagichning qo’shilish uslubi haqida bir narsa deyish qiyin.
Bu cholg’ular sim(tor)larining umumiy soni 9 ta va 6 ta bo’lgan: Qo’yqirilganqal’adan topilgan arfa tasvirida ular 9 ta bo’lsa, Tuproqqal’a arfasida 6 tani tashkil etadi. Ayritom arfasidagi 9 ta tor yaxshi tasvirlarda berilgan; SHopurning (eramizning III asri) katta, burchakli arfasida torlar soni 6 tadan iborat.
Torlar ichakdan va jilkadan tayyorlangan. Arfalar jarangi (tembri) bir xil bo’lmagan: kattalari – qattiq va past (registrli), kichiklari – jarangdor va yuqori (registrli) tovushli edi.
Arfalar o’tirgan, tik turgan va yurgan holatlarda ijro etilgan. Hamma vaziyatda ham cholg’uni ushlash holati bir xil bo’lgan. Ya’ni, arfa rezonatorining enli tomoni doimo yuqoriga qaratilgan holda ijro etilgan. Tik turib ijro etish vaqtida arfani oldinda, burchagini belga tiragan holda yoki o’ng qo’l bilan ushlab, chap yonga qistirgan holatda ijro etilgan.
Arfani o’tirgan holda ijro etish uslubi biroz boshqacharoq: bunda cholg’u odatda ijrochining chap yoniga qo’yiladi va chap qo’l bilan ushlab ijro etiladi. Cholg’u korpusi chap yonga va chap yelkaga tirab turiladi.
Kichik arfani odatda chap tomondan yuqoriga ko’targan holda (bunda cholg’u chap qo’l bilagi bilan chap yonboshga tiralgan holatda) ijro etiladi.
Ma’lumki, musiqiy cholg’ular o’zlarining nihoyatda bejirim tashqi ko’rinishlari bilan ajralib turgan. Mabodo cholg’u juda kamtarona ko’rinishda bo’lsa, u holda sozni turli bo’yoqlar bilan bezatishgan. Bu uslubni cholg’uning nafaqat tomoshabinga estetik zavq berishi uchun, balki o’zgacha maqsadlarni ko’zlab ham qo’llashgan. Masalan, avvalambor cholg’uning akustik sifati yaxshilangan; qolaversa, cholg’u materiali (yog’och) tez urilmagan (charchamagan) va bu bilan cholg’uning umrini uzaytirish kabi muammo yechimi ham topilgan deyish mumkin.
Tuproqqal’aning kichik, burchakli arfasi qizg’ish-jigarrangga bo’yalgan. Xuddi shu tarzda Panjikent arfalari ham bo’yalgan. Dalil tariqasida ayrim manbalarni keltirish mumkin. Jumladan, Tan davrida yashagan xitoy shoiri Bo TSzyuyi o’zining “Chjechji raqqosasi” (“Chjechji” – Markaziy Osiyo, aniqrog’i toshkentcha raqs bo’lib, u Xitoyga keltirilgan) nomli she’rida aynan turli bo’yoqlarga bo’yalgan cholg’u haqida ma’lumot beradi.
Umumiy xulosa shulki, kushonlar hukmronligi davri Markaziy Osiyo tarixida o’chmas iz qoldirdi va katta ahamiyatga ega bo’ldi. SHarq va G’arbga qatnab turgan elchilar va karvonlar bilan birga madaniy an’analar ham kirib keldi. Bu an’analar mahalliy madaniy jarayonlar bilan aralashib, o’ziga xos Kushon madaniyati va san’atining paydo bo’lishiga olib keldi. Kushon madaniyati o’z navbatida qadimgi SHarq va G’arb madaniyatida chuqur va o’chmas iz qoldirdi.
Kushon saltanatining inqirozi III asrdan boshlanib, natijada ikkita siyosiy markaz – biri Peshavorda, boshqasi So’g’dda paydo bo’ldi.
V asrning yarmida esa Markaziy Osiyoda Kushon xonligining o’rniga kelgan mahobatli Eftalitlar saltanati shakllanib bo’ldi.
I. 2-rasm. Kushon imperiyasi
IV-VII asrlarda markaziy osiyo xalqalarining musiqa madaniyati
Eramizning IV asriga kelib Markaziy Osiyoda quldorchilik tizimi asta-sekin feodal tizimiga almashadi. Va Markaziy Osiyoda yashagan turkiylar o’z davlatining so’nggi qismini hoqonlik deb atay boshladilar. Ana shu davrdan e’tiboran, turkiylar bilan mahalliy SHarqiy Eron xalqlarining qo’shilib yashash jarayoni boshlandi.
IV-VII asrlargacha bo’lgan davr, Movaraunnahr (Varzrud)ning arxeologik va yozma manbalari guvohlik berishicha, madaniyat va san’at turlari, jumladan, musiqaning yuqori darajada rivojlangani bilan ta’riflanadi. Qadimiy Panjikent, Samarqand va boshqa shu kabi shaharlarning uylari va saroylari devorlarida Movaraunnahr (Varzrud)ning islomgacha bo’lgan davriga mansub ud, rubob, nay, karnay va arfa cholg’ularida ijro etayotgan musiqachilar qiyofasi tasvirlangan. Xususan, Panjikent sag’analaridan birining devorlarida arfa chalayotgan ayol xudo tasviri tushirilgan.
Umuman bu davrga mansub ud, rubob, nay va g’ijjak chalayotgan ayol xudolar tasvirlari tosh haykallar, kumush idishlar, xumdonlar va terrakotalarda aks ettirilgan. Mavjud manbalarning guvohlik berishicha, bu davrda Movaraunnahrning musiqa va raqs san’ati Xitoyda ham juda mashhur bo’lgan. Xitoylik san’at ustalari Movaraunnahrlik san’atkorlarga hattoki hasad qilishar ekan. Xususan, So’g’d musiqachilari o’z kasbining ustalari sifatida doimo izzat-ikromda bo’lganlar. Buxorolik sahnaviy tomosha ustalari, samarqandlik naychi sozanda, xo’tanlik surnaychi sozanda va toshkentlik raqqos shu jumlaga kiradi; shuningdek, Xitoy imperatori Syuanь-TSzuna saroyida darvazalik, kesh (shaxrisabz)lik, maymurglik va samarqandlik qizlardan “G’arblik qizlar” nomli ansamblь tuzilgan bo’lib, hukmdor ularning raqsini juda sevib tomosha qilar ekan. Uning ayoli Yani Rokshan esa bu raqslarni qiziqib o’rgangan ekan. Raqslar zarbli cholg’ular, ud va naylar jo’rligida ijro etilgan ekan.
Manbachilar Movaraunnahr san’atkorlarining bir necha raqslariga ta’rif berganlar: jumladan, “CHapdastlar” raqsi bir guruh raqqoslar tomonidan ijro etilgan bo’lib, bu raqs o’zining nafis harakatlari bilan ajralib turgan; ikkinchi raqs “G’ayratli, shijoatli” deb nomlansa, uchinchisi “G’arbcha sakrama raqs” deb atalgan ekan. So’nggi raqs turini o’g’il bolalar ijro etishgan. Barcha raqslar milliy liboslarda namoyish etilgan.
O’smirlar va qizlarning qo’shiq jo’rligidagi zamonaviy lapar uslubiga yaqin raqslari ham bo’lgan ekan.
1984 yilda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog’ tumanida olib borilgan arxeologik qazilma ishlari jarayonida o’tgan mayitlar hoki saqlanadigan ossuariy (xonqa)lar topilgan edi. U (ossuariy) to’g’ri to’rt burchakli quti shaklida bo’lib, eramizning VI-VII asrlariga taalluqli ekanligi aniqlandi. Ossuariy Markaziy Osiyoda islom davrigacha bo’lgan dafn marosimlaridan darak beradi. Ossuariy devorlariga to’liq bir kompozitsiyani namoyon etuvchi relьef shaklidagi tasvirlar tushirilgan. Bu tasvirlar juda qiziqarli bo’lib, Markaziy Osiyodagi ilk o’rta asrlar musiqiy ijrochiligi xususida tasavvur uyg’otadi.
Ossuariyadagi arkalar ostida to’rtqo’lli ilohiy erkak va ayollar raqsga tushayotgan holat tasvirlangan. Ya’ni, bunda qo’liga quyoshli disk va yarim oyni ushlagan ayol qiyofasi hamda torli cholg’uda chalayotgan erkak siymosi aks ettirilgan bo’lib, u (erkak)ning yuqorgi qo’llari esa qandaydir qush qo’ndirilgan temir xalqa va doiraga o’xshash disk ushlagan holatda. Taxmin qilish mumkinki, bu ilohiy juftlik Markaziy Osiyoda o’sha davrlarda juda ardoqlangan.
Tasvirdagi ilohiy erkak qo’lidagi musiqiy cholg’u uzun ingichka dastali va kichkina bodomsimon ko’rinishdagi kosaxonaga ega bo’lib, torlarining soni aniq emas. Bu cholg’uchining oyoq tomonida, o’ng tarafdan burchakda qo’liga udsimon cholg’u ushlagan sozanda ayol tasvirlangan. Uning yuzi dumaloq, bodomqovoq ko’zli, to’g’ri burun va kichkina dudoqli. CHap qo’lida pastga qarata cholg’u ushlagan, o’ng qo’lida esa ovoz chiqaruvchi noxun tasvirlangan. Tasvirdagi ud kosaxonasining quyi qismi yumaloq bo’lib, qattiq tortilgan, go’yoki oxirgi qismiga qaytarib biriktirilgandek. CHolg’uning ikkita tori aniq ko’rinadi. Ossuariyaning chap tomonidan burchakda ayol xudo oyoqlari ostida musiqachining kichkina qiyofasi tasvirlangan. U ayol xudoga qarab o’tirgan holatda. Musiqachining egnida yaktak va shalvar, u damli cholg’u ushlagan bo’lib, cholg’uning ko’rinishi kichik karnayni eslatadi. Musiqachi sozni chap qo’lining ustki qismiga yaqin ushlagan. Og’zining yaqinida esa o’ng qo’lining kafti bilan ikkinchi cholg’uning mundshtuk qismini ushlab turibdi. Asbobning oxiri kengaytirilgan shoxsimon ko’rinishda. Aftidan sozanda bu asboblarda navbatma-navbat ijro etadi. Ayol xudoning oyoq tomonidan o’ngda esa boshqa sozanda joylashgan bo’lib, u chordana qurib o’tiribdi. Bir-biriga temir sim bilan birlashtirilgan ikki nog’ora bo’lib, ularning biri sozandaning tizzasi to’g’risida, ikkinchisi esa ko’kragi to’g’risida joylashgan. Musiqachi bu cholg’uni ikki qo’l barmoqlari bilan chalmoqda.
Erkak xudo qo’lidagi cholg’uni udsimon sozlar guruhiga mansub deyish mumkin. Uning kosaxonasi juda kichkina (kaftdek) bo’lib, dastasi uzun va ingichka. O’ng qo’l sozni sadolantirish holatida, dastaning yuqorgi qismi chap qo’lning ochiq kaftida.
Juda uzun dastali, kichik kosaxonaga ega udlarni (masalan, Nisodan topilgan Parfiya ritonlari peshtoqlaridagi tasvirlar) taniqli musiqashunos olima T.S.Vыzgo tanbursimon cholg’ularga oid degan.
Udning bunday turi kelib chiqishi jihatidan juda qadim davrlarga borib taqaladi. Ammo ularda torlar soni ikkita. Tasvirlarda aks ettirilgan mashshoqlar qo’lidagi bu cholg’ular ko’rinishi hozirgi tanburlarga ham mutlaqo o’xshamaydi. Sozandalar qo’lidagi uzun dastali, g’ijjak kosaxonasiga o’xshash yumaloq rezonatorli cholg’ular tasviri Xorazmning Tuproqqal’asidan topilgan edi.


3-rasm. Qadimiy cholg‘ulardan kifara, arfa, ud chalayotgan musiqachilar. Milodning II-VII asrlari.
Uzun ingichka dastali, kichik kosaxonali chertma tanbur bizning davrgacha saqlangan.
Markaziy Osiyodagi ilk o’rta asrlarga mansub bo’lgan torli-chertma sozlar toifasining rang-barangligi tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlangan. Ossuariya tasvirlaridagi cholg’ular esa qadimiy sozlarning yana bir turidir.
Tasvirdagi Xudoning yuqorgi qo’llaridan birida aftidan doira tasvirlangan. So’g’dda doiraning VII asrdan boshlab qo’llanilishi, xitoylik sayohatchi ma’lumotlaridan ayon bo’ladi.
Musiqachi ayolning qo’lida ud cholg’usining boshqa turi tasvirlangan. CHolg’uning noksimon shakldagi kosaxonasi, uni 4, 3 yoki 2 torli So’g’d udlari (tadqiqotchi R.A.Sadokov bu guruhni So’g’d-Baqtriya-Marv guruhi deb ataydi) guruhiga mansub deyishga asos bo’ladi.
Udchi sozandalar So’g’d (Samarqand) terrakotalarida ayniqsa keng miqyosda o’z ifodasini topgan. Bu vaziyatda ular cholg’uni qo’l bilan va noxun bilan chalayotganlari ko’rsatilgan.
Ud ijrochiligining Qashqadaryo vohasida ham keng tarqalganligiga bu yerdan topilgan udchi sozanda ayol haykalchasi guvohlik beradi. Ayol cholg’uni Ossuariya tasvirlaridagi kabi kalta noxun bilan chalmoqda. Cholg’uning bosh qismi pastga qaratilgan, ammo shakli va torlar sonida farq kuzatiladi.
Yuqorida qayd etilgan tasvirlardan biri, ya’ni bir vaqtning o’zida 2ta musiqa asbobini (to’g’ri va shoxsimon cholg’ular) ushlagan sozandalarning bu cholg’ulari, aftidan karnay turiga mansub bo’lsa kerak. Boisi ularda parda teshikchalari mavjud emas.
Surnay, karnay singari damli cholg’ular tasviri Markaziy Osiyo san’atining turli yodgorliklari orqali mashhurdir. SHox karnay yoki shoxsimon karnaylar kamroq uchraydi. Ular Annikov idishi orqali mashhurdir.
Nog’ora singari zarbli cholg’ular esa Markaziy Osiyo va hind antik davri hamda ilk o’rta asrlar san’atida keng tarqalgan bo’lib, ular ikkiyoqlama qumsoat shakliga ega. Ammo ularning tuzilishi turlicha bo’lgan. Ya’ni, ular bir yoqlama, idishsimon va xumsimon shaklda bo’lgan.
Ossuariyada tasvirlangan nog’oralar rezonatorini tiklashning iloji yo’q. Boisi, tasvirda ularning faqat ustki tekisligi ko’rsatilgan. Ularni qo’sh nog’oralar toifasi deyish mumkin. Bunday nog’ora turi ossuariyadan tashqari boshqa manbalarda ham, tasvirlarda ham uchramaydi.
Ehtimol, bu o’ziga xos, qo’sh urma cholg’u bo’lib, ilk o’rta asrlar Markaziy Osiyo musiqa madaniyatida ilk bor namoyish etilgandir.
Shoxsimon karnay va nog’oralar ochiq havoda ijro etishga mo’ljallangan bo’lib, sport o’yinlari, ov qilish, bola tug’ilishi haqida xabar berish uchun; shuningdek, shodlik hamda ziddiyatli vaziyatlardan ogoh etishda qo’llanilgan. Karnay, surnay, nog’ora cholg’ularidan an’anaviy ansamblь sifatida ham keng foydalanilgan.
Ansamblning boshqacha ko’rinishini ossuariya tasvirlaridan ham kuzatish mumkin. Bu tarkib ud, tanbur va doira kabi cholg’ulardan iborat bo’lib, ularga erkak xudosining raqsi jo’r bo’ladi. Aftidan, ayol xudolarga erkak musiqachilar jo’r bo’lishadi, erkak xudolarga esa sozanda ayollar jo’rnavozlik qilishadi.
II-IV asrlarga oid Tuproqqal’a devoriy tasvirlarida qanotli musiqachilar aks ettirilgan (ular qo’llariga burchakli arfa, g’ijjak, kimvala, chang, doira va nog’ora ushlagan holatda) bo’lib, taxminlarga qaraganda ular joylashgan bino marhum hukmdorlarni xotirlash marosimlarini o’tkazishga mo’ljallangan; shuningdek, bu yerda o’lib, yana qayta tiriluvchi xudolar obrazi bilan bog’liqlik mavjud bo’lib, mazkur vaziyatda cholg’ular diniy marosim timsoli sifatida ifodalangan. T.S.Vizgoning fikricha bu, foniy dunyoga chaqirilgan musiqachilar musiqachilar timsoli, ularning epik qahramoni va mifologik xudolar kabi juda qadrlanganidan dalolatdir.
Bayon etilayotgan ossuariyadagi musiqachi, bu urush xudosining o’zi bo’lib, qo’lidagi cholg’ular uning timsollaridir. Tasvirda xudolar raqsiga ularning oyoq tomonlarida joylashgan musiqachilar jo’r bo’lishmoqda. Xudolarning raqs holati ikki xil ma’noni anglatadi: ya’ni, tabiatning abadiy almashinuvi bilan bog’liq xudolikning koinot raqslari va shuningdek, motam marosimi bilan bog’liq raqslarni.
To’rtqo’lli ayol xudoning Panjikentdagi devoriy tasviriga binoan u dafn etish marosimi sahnasida ishtirok etayotganligi ma’lum bo’ladi. Va umuman musiqa shartli ravishda barcha dafn marosimlarida doimiy jo’r bo’lgan. Qolaversa, motam yig’ilari hozirgi kungacha o’zbek xalq musiqasi janrlaridan biri sifatida saqlangan. SHuningdek, qadimda motam raqslari ham keng tarqalgan bo’lib, ularning unsurlari yaqingacha Samarqand va Yuqori Zarafshon vodiysi tojiklari an’analarida saqlangan edi.
Shunday qilib, Qashqadaryo vohasidan topilgan ajoyib ossuariyada go’yoki ikki xil ansamblь tasvirlangan. Musiqachilar qo’lidagi cholg’ular esa shubhasiz, musavvir yashagan davrdagi sozlardir. Mazkur san’at obidasi ilk o’rta asrlar davrini namoyon etib, musiqiy ansambllar cholg’ularini o’rganishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, u qadimiy Markaziy Osiyo musiqa madaniyati tarixiga yangi chizgilar kiritadi.
Ushbu madaniy yodgorliklardan ma’lum bo’ladiki, bu davrda mifologiya, dostonchilik an’analari keng tarqalgan. Xususan, Abulqosim Firdavsiyning jahon adabiyoti durdonalaridan biri bo’lmish “Shohnoma” asarida tarixdagi dastlabki shohlar – Qayumars, Hushang, Tahmuras, Jamshid, Zahhok haqidagi qissalar; Zol va Rudoba haqidagi romantik doston, Suhrob va Siyovushlarning qahramonlik qissalari, Rustami Dostonning ajoyib sarguzashtlari; shuningdek, Kayxusrav podsholigi, Bejan va Manija dostoni, Isfandiyorning yetti jasorati, Iskandar haqidagi doston, Bahrom Go’r, Xusrav Parvez va uning saroy musiqachisi Borbad haqidagi qissalar bayon etiladi.
Butun Sharqqa tanilgan va keyinchalik sharq adabiyoti namoyandalari asarlarida tasvirlangan Markaziy Osiyoning yirik sozanda va xonandasi, yuzlab kuylar ijodkori Borbadning nomi musiqa olamida muhim ahamiyat kasb etadi (buyuk san’atkor ijodiy faoliyatiga keyingi mavzuda alohida to’xtalamiz).
Borbad VII asr boshlarida Eron sosoniylari sulolasidan bo’lgan shoh Xusrav Parvez saroyida xizmat qiladi. Bu tarixiy davrda mahalliy aholi turklar musiqiy hayotining ba’zi unsurlarini meros qilib olganlar. Natijada esa xalq ijodi va mahalliy ustozona an’analar kelajakda og’zaki an’anadagi yirik mumtoz asarlar yaratilishi uchun asos bo’lib xizmat qildi. Ayrim keng tarqalgan maqom kuy tuzilmalarining turkcha, masalan “avji turk” deb atalishi ham bejiz emas.
Shunday qilib, bu davr musiqa san’ati nafaqat tarixiy, balki tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, kelajak avlodlarga bebaho ma’naviy durdonalarni meros qilib qoldirdi.
Arab xalifaligi davrida musiqa madaniyati (VII-X asrlar)
VII asr boshida Arabiston yarim orollarida yirik Arab davlati tashkil topdi. Davlatning voha va shaharlar aholisi kam bo’lgan va ularni bir-biridan Arabiston sahrosi ajratib turgan. U jug’rofiy jihatdan qulay joylashgan bo’lib, qadimdan Sharq va G’arbdagi turli mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar o’rnatishga intilib kelgan. Atrofda bo’layotgan barcha siyosiy voqealar arab xalqlari taqdiriga ta’sir etmay qolmadi. Qadimdan qabila bo’lib yashab kelayotgan arablar ittifoqi mustahkam emas edi. Ular goh birlashib, gohida esa parchalanib ketar edilar. Bu narsa arablar siyosati va diniy ta’limotida ham o’z aksini topdi. Aholi orasida ko’p xudolik – butparastlik urf edi (xususan Ka’bada 360ta but haykali bo’lib, ularning eng yiriklari Xubal va Lut bo’lgan).
Shunday bir vaziyatda Islom to’g’ri va haq yo’lni ko’rsatuvchi din sifatida yuzaga keldi. Islom – bu Alloh yagona deya e’tirof etib, unga bo’ysunmoqlik va butun qalbi bilan unga ixlos qilmoqlik hamda Alloh buyurgan diniy e’tiqodga iymon keltirmoqlik demakdir. Islom “itoat”, “bo’ysunish” ma’nolarini bildiradi. Bu dinning asoschisi Muhammad payg’ambar (570-632) makkalik Abdulloh degan kishining o’g’li bo’lgan. Uning bobosi Abutolib quraysh qabilasining boshlig’i bo’lgan. “Payg’ambari oxirzamon” ota-onadan juda erta yetim qolib, shu bobosining tarbiyasida ulg’aydi.
Muhammad payg’ambar ta’limotiga ergashganlarni “muslim” ya’ni “itoatkorlar” deb yuritilgan. O’z payg’ambarlik faoliyatini Muhammad Makkada boshlagan.
Ma’lumki, Makkada Ka’batulloh joylashgan bo’lib, diniy ta’limotga ko’ra uni dastlab Odam Ato barpo etgandir. Keyinchalik esa “Ollohning uyi” deya nom olgan bu muqaddas dargohni Ibrohim payg’ambar o’g’li Ismoil bilan birga kayta qurgan va birinchi Haj safarini uyushtirgan. Ka’baning ichida muqaddas tosh “Hajar-ul-asvad” o’rnatilgan. Har yili bu muqaddas joyga millionlab musulmonlar ziyoratga keladilar.
Muhammad payg’ambar muslim (musulmon)larning yagona Alloh oldida teng ekanliklarini, Yaratganning o’zi har bandasiga rizq-nasiba ulashishini, jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi jazo muqarrar va har bir kishi bu dunyodagi ishlariga ko’ra taqdirlanishini, inson yolg’iz Allohgagina e’tiqod qilishini targ’ib qiladi. Bu ta’limot aholining barcha qatlamlari manfaatlariga mos bo’lib, tez orada dastlab shahar ahli ichida tarqala boshlaydi. Ammo yangi din tarafdorlarining ahvoli ularning e’tiqodlariga ko’ra og’irlashib borgandan so’ng, bir qism musulmonlar Habashistonga, ba’zilari shimolga qarab ketishga majbur bo’ldilar. Muhammad ham o’ziga qarshi turgan quraysh qabilasi a’zolarining tazyiqu-ta’qibi kuchayib ketgan 622 yil 16 iyulida (ba’zi manbalarda 15 iyul deyiladi) o’zining eng yaqin do’sti, safdoshi Abu Bakr bilan Makkadan Madinaga ko’chishga majbur bo’ladi. Bu arab tilida “hijrat” deb atalib, shu kundan boshlab musulmon olamida qabul qilingan hijriy yil boshlanadi (Hijriy yil hisobi 2 xil bo’ladi: hijriy- qamariy, ya’ni oy hisobi bo’yicha va hijriy-shamsiy, quyosh hisobi bo’yicha).
Madinada Muhammad o’z ta’limotini davom ettiradi. Bu shaharda shuhrat qozongan makkaliklar butparastlik g’oyalariga qarshi ham harbiy, ham siyosiy zarba bera boshlaydilar.
Muhammad vafotidan so’ng (632 yil) uning tomonidan tuzilgan ittifoq arab qabilalarini birlashtiruvchi yanada katta markazga aylandi. Madinadagi bu ittifoq boshida Ollohning noiblari, xalifalar turar edi. Sun’iy mazhabdagi musulmonlarda asosan dastlabki to’rt xalifa alohida ahamiyatga ega. Bular – Abu Bakr (632-634), Umar (634-644), Usmon (644-656) va Hazrati Ali bo’lib, ularning vakilligi tan olingan.
Xalifalar yil sayin g’oya va e’tiqod sifatida Islom ta’limotini takomillashtira bordilar. Ularning himmati bilan Madinada 114 suradan iborat “Qur’oni Karim” tartib topdi. Xalifa Usmon davrida Muhammad payg’ambarning ta’lim va o’gitlari 50 yil deganda yozuvga tushiriladi.‘. ‘,~
Yana bir muqaddas kitob, bu Muhammad payg’ambar hayoti, faoliyati va o’gitlari haqidagi hadislardir. Hadislar to’plami IX asrda vatandoshlarimiz Buxoriy va Muslim kabi muhaddislar tomonidan amalga oshirilgan.
VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Xalifalik tobora kengayib boradi va o’z chegaralarini g’arbu-sharq tomon uzaytirishga harakat qiladi. Yaqin va O’rta SHarqning boy viloyatlari qo’lga olinib, nihoyatda uyushgan va jangovar arab qo’shini shiddat bilan harakatlarni boshlab yuboradi.
Arablar Amudaryodan shimolda joylashgan yerlarga “Movaraunnahr”, ya’ni, “ikki daryo oralig’i yohud daryo ortidagi yerlar” deya nom berishgan. Hozirgi Afg’oniston shimoli, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan Amudaryoga qadar bo’lgan hududlar esa Xuroson deb yuritilgan.
Arablarning Movaraunnahrga qarshi harbiy yurishlari o’z maqsad va rejalari bilan ikki davrga bo’linadi. Birinchi davrda xalifalik istilo etishni emas, balki harbiy jihatdan tayyorgarlik ko’rish, mahalliy hukmdorlar kuch-qudratini sinash, mavjud jug’rofiy, harbiy, iqtisodiy siyosiy joylashuvni o’rganish, kichik yurishlar orqali o’ljalar orttirish rejasini amalga oshiradi.
Arablarning 705 yili Qutayba ibn Muslim boshchiligida Balxni bosib olishi bilan ikkinchi asosiy harbiy harakati boshlanadi. Balxdan tashqari Qutaybaga CHag’oniyon, SHuman va Markaziy Osiyo janubidagi kichik viloyatlar bo’ysunadi.
Shunday qilib, 10 yil davomida olib borilgan doimiy kurashlar natijasida Movaraunnahr xalifalik ixtiyoriga o’tadi.
Arablar o’z hukmronligining siyosiy negizini mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlashda islom dinini keng yoyishga va uni targ’ib qilishga katta e’tibor berdilar. Markaziy Osiyo aholisi ichida e’tiqod qilinayotgan zardushtiylik, moniylik, buddizm, nasroniy va boshqa dinlar soxta deb e’lon qilindi.
Ayniqsa zardushtiylikka qarshi keskin kurash olib borildi. Bosib olingan yerlarda uning barcha ibodatxonalari o’rniga masjidlar barpo etildi. Zardushtiy adabiyotlar, xususan diniy kitoblar, so’g’d tilidagi nomalar, xalq adabiyoti yo’q qilindi.
O’zaro tenglik va mustahkam e’tiqod dini bo’lgan islomni birinchi
navbatda kambag’allar qabul qila boshladilar. Aholining yuqori va o’rta qatlamlari uni bir necha vaqt qabul qilmay turdilar. Arab bosqini shubhasiz, o’lka xalqlarining madaniy-ma’rifiy yodgorliklariga qattiq ta’sir ko’rsatdi. Ularning shu paytgacha saqlab kelgan yozuvlari, madaniyatlari, adabiyoti va dini bilan bog’liq obidalari tiklab bo’lmas darajada yo’q qilindi.
Masalaning boshqa tomoni shundaki, Islom dinining ko’p jihatdan afzalligi, axloq va intizom nuqtai nazaridan ommaviyligi xususiyati, arablar bosib olgan mamlakatlar aholisi tomonidan uning tez orada qabul etilishiga sabab bo’ldi. Uni pul va qilich bilan olib kelish mumkin emas edi. Qachonki islom mohiyatiga etilgachgina unga rag’bat va e’tiqod ham kuchayib boradi.
Maishiy hayot bobida, zakot masalasida Qur’on va shariat ahkomlarining qoidalari mehnatkash aholi tomonidan tezda qabul qilindi. Alloh oldidagi tenglik esa dinning ahamiyatini kuchaytirar edi. Islomning xalqparvarlik ruhi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Zero islom ma’naviy bo’shliqni tugatdi.
Uning ahamiyati bilan istilochilar harakatini adashtirib yubormaslik kerak.
Islom va musiqa
Ma’lumki, Islom badiiy va ilmiy ijodiyotga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ushbu fenomenni tafakkur etish, doimo o’ziga xos muammoli masala bo’lib kelgan. Ammo, shunday bo’lsa-da, bu haqda mavjud manbalarga asoslangan holda fikrlar (ilmiy farazlar, taxminlar) bildirilgan va yozilgan. Har bir tegishli manbada an’anaviy musulmon madaniyati o’ziga xos tarzda talqin etilgan. Islom va musiqa muammolarini chuqur o’rganishda ba’zan manbalar va materiallarning talab darajasida emasligi (ya’ni, masalalar echimiga qoniqarli javob beruvchi ma’lumotlarning yetishmasligi) ham bu mavzuni atroflicha yoritish imkonini murakkablashtiradi.
Islom va musiqa muammosi ikki yo’nalishda o’rganilishi mumkin. Birinchisi “rasmiy” Islom, ya’ni mazhablari va talqinlari, ikkinchisi esa din ichida vujudga kelgan tasavvuf oqimidir. Ana shu ikki dunyo miqyosida musiqa turli badiiy va falsafiy-estetik shakllarga ega bo’ldi. Bu, musiqa shakllarining ko’lami, musiqa tinglash va uni o’rganishni man etilishidan tortib, toki musiqa yordamida “Ollohga yetishish” kabi jarayongacha bo’lgan tushunchalar bilan belgilanadi.
Birin-ketin vujudga kelgan bu ikki dunyo murakkab tarzda bir-biri bilan “qorishib” ketgan.
O’rta asrlarda yashagan inson “oddiydan – murakkabga” tomon Islom qonunlarini o’rgangan. Ya’ni, Islom asoslari, so’fiylik shariati, tariqati va hokazo. Tasavvuf Islom dini qonunlari, g’oyalari va timsollarini chuqur falsafiy, ramziy-estetik ma’no va mazmun bilan boyitadi.
Ma’lumki, Qur’oni Karimda musiqa san’atiga bo’lgan munosabat to’g’ridan-to’g’ri (ochiq) bildirilmagan. Musiqa mavzusi ko’proq hadislarda yoritilgan. Musiqa tarafdorlari va qarshilar aynan shu manbaga tayangan holda ish ko’rishgan.
Turli xil ilmiy izlanishlardan shu narsa aniqlanadiki, musiqaga bo’lgan qarshilikning ikkita asosiy sababi mavjud. Har bir sabab ma’lum bir tarixiy davrga to’g’ri keladi va siyosiy-mafkuraviy hamda madaniy rivojlanish bilan bog’liq bo’ladi.
Dastlabki musiqaga bo’lgan qarshilik, VII-VIII asrlarga to’g’ri keladi. Islom dini xristianlik, yahudiylik, zardushtiylikka nisbatan qarshiligi bo’lmasa-da, o’zining “ichki dushmanlari” bo’lmish “butparastlik”, “ko’pxudolik”ka qarshi ayovsiz kurash olib borgan. Ana shu “unsurlar” arablarda (Islom dini joriy bo’lishidan avval) tovush, so’z, tasvir kabi materiallarda aks ettirilgandir. Masalan, musiqa butparastlar diniy marosimlarida qo’llanilib, ularning afsonalari bilan yo’g’rilgan. Mavjud ma’lumotlar (ilmiy farazlar, taxminlar)ga ko’ra aynan shu sababli Islom dini nozil bo’lganida musiqa man etilgan.
O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston hududlaridan topilgan imoratlar devorlariga chizilgan musiqa bilan bog’liq tasvirlar va musiqachilarning terrakota haykalchalari bu yerlarda musiqa ancha yuqori mavqega ega bo’lganidan dalolat beradi. Zardushtiylik va buddaviylikda musiqadan keng foydalanilgan. Ular marosimlarda murakkab tizimli musiqiy timsollarga tayanishgan. Buddizm ramziga mashhur “Ayritom peshtoqlari”ni bog’lash mumkin. Bu davrda musiqa ham tasviriy san’at singari Islomdan bo’lak dinlarning ruhi va g’oyasini ifodalab, ularning timsollarini o’zida namoyon etgan.
Ammo musiqa va tasviriy san’atga nisbatan qo’llaniluvchi huquqiy tartibot o’sha paytda hali yo’q edi. Uning joriy etilishi VIII-IX asrlarga to’g’ri keladi. Boisi, bu davrda hadislar joriy bo’lib, Islomning to’rt asosiy mazhablari – xanbaliy, molikiy, shofeiy va xanafiy tashkil topdi (ushbu mazhablar ularning asoschilari nomi bilan atalgan). Mazkur mazhablarning bevosita musiqaga doir fikrlari, keyinchalik yozib qoldirilgan qonunga oid, tasavvuf va ba’zan musiqashunoslikka oid manbalarga iqtibos tarzida kiritilgan.
Islom dinida musiqaning ta’qiqlanishiga sabab, boshqa dinlarga o’xshamaslik, ya’ni islom ahlini musiqa bilan chalg’itib, dinning ta’sir kuchini susaytirmaslikda edi.
Islom dini o’z marosimlarini har qanday “dunyoviy unsurlar” bilan buzishdan saqladi. Bu holat musiqadan voz kechishning ikkinchi sababidir. IX-XI asrlarda Islom ahli madaniyatida “dunyoviy” rag’bat hukmronlik qila boshlagan. SHaharlarda musiqa yetakchi o’ringa ega bo’ladi. Musiqa hissiyot rohati uchun vosita hisoblangan. Musiqa “dunyoviy” yashash tarzining boshqa ko’rinishlari, ya’ni, may, qimor o’yini kabilar qatorida insonni oxiratga bo’lgan ishonchini susaytiradi yoki umuman yo’qotadi, degan fikrni ilgari surgan.
Musiqa man etilishining ikkinchi sababiga “mutriblar” ham o’z hissasini qo’shishgan. Mutriblar, ya’ni musiqachilar asosan ziyofatlarda, mayxo’rliklarda qatnashib, musiqa chalishgan (yoki kuylashgan) va evaziga haq olishgan. Bazmu-jamshiddagi musiqa ijrosi din tomonidan qattiq qoralangan.
Ahloqan buzuq musiqachilarga musiqa san’atining yirik namoyandalari ham qarshi chiqishgan. Bunday toifa musiqachilarga o’z navbatida Alisher Navoiy ham “munosib ta’rif” bergan.
O’sha davrlarda qonunshunoslar inson hayotida musiqa bilan to’qnashadigan turli vaziyatlarni hisobga olgan holda qonunlar ta’sis etardilar.
Asosan diniy va tasavvufga oid kitoblarda musiqa 4 turli qoidalarga bo’ysungan holda ijro etilishi belgilangan: halol (shariatga muvofiq ravishda), harom, muboh va makruh.
Din bilan bog’liq bo’lgan, ya’ni Qur’oni Karimni qiroat bilan o’qish, azon chaqirish, harbiy musiqa kabilar esa qonuniy ravishda ruxsat etilgan bo’lib, musiqa san’atining shakllari sifatida tan olinardi. Allomalardan biri Al-Faruqiyning ta’kidlashicha, “Islom hech qachon musiqa san’atiga qarshi bo’lmagan. Din faqat ayrim holatlardagina ma’lum bir shakllarni qabul qilmagan. Bu holatlar insonga musiqaning salbiy ta’sir ko’rsatishi bilan bog’liqdir”.
Islom dini va musiqaning o’zaro munosabatlari sulolalarning almashuvi bilan ham bog’liq.
SHuningdek, jamiyatning har bir tabaqasi dinga turlicha munosabatda bo’lganligi sababli, musiqaga bo’lgan munosabat ham albatta shu holat bilan bog’liq edi.
Ayni paytda Islomning nazariy qonunlari, musiqa bobida zamonaviy jamiyat bilan to’qnasha boshladi. Bu holat XIX asrning oxirlarida yorqin namoyon bo’la boshlagan. Demokratiya, ma’rifatparvarlik kabi harakatlar dinga nisbatan yangicha bo’lgan munosabatni yuzaga keltirdi. Odamlar siyosat, texnika, evropacha ilm kabi sohalarga intilib, dinning ko’pgina qonunlarini ba’zan ixtiyoriy, ba’zan ixtiyorsiz ravishda buzdilar. Bunday holat dinning ma’lum darajada islohotga uchrashiga sabab bo’ldi. Ma’rifatparvarlik harakati musiqa madaniyati sohasiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Masalan, yangicha nodir musiqiy durdonalarning yaratilishi, yangi cholg’ular, musiqiy texnika vositalari, yangicha musiqiy ilm kabilar shu jumlaga kiradi. Bunday yangiliklar “Islom va musiqa” muammosini yanada murakkablashtirdi.
Musulmonlar o’zlariga yana savol bera boshladilar: musiqaga qanday munosabatda bo’lish kerak? Muammo “yangicha” tafakkur etilib, echimini topishi kerak edi.
XX asr, “Islom va musiqa” muammosiga o’zgarishlar olib keldi. “Musiqiy sekulyarizatsiya” (musiqani din ta’siridan xalos etish) jarayoni turli vaqtda, turli shakllarda islom dunyosining yirik markazlarida kecha boshladi (arab mamlakatlari, Turkiya, Eron va b.).
Islom dinining ichki yo’nalishlaridan biri sanalgan tasavvuf oqimi, o’n asrdan ziyod tarixiy jarayonni o’z ichiga olgan holda butun musulmon dunyosida tarqalgandir.
Xudoga va Haqiqatga erishishning ilohiy jarayoni (“shariat” – musulmonlarning diniy qonuni, tariqat – so’fiylik yo’li, haqiqat – Ollohga etishish) sufiylik ta’limotida san’at bilan bog’liq.
So’fiylik ta’limotida musiqa, she’riyat va raqs san’atning etakchi turlariga aylandi.
San’at – shayxlarning o’zaro munozaralariga sabab bo’lgan. Ba’zilar Ollohga erishish yo’lida san’at vositasini qulay deb bilsalar, ayrimlar buning aksini aytar edilar. Masalan, bunday baxslar kiromiylar va qodiriylar tariqatlari o’rtasida olib borilgan. Kiromiylar Ollohga erishishda musiqaning o’rnini yuqori deb bilsalar, qodiriylar musiqa va baland tovush vositalarini umuman rad etganlar. Bu singari bahslar qanchalik ko’p bo’lmasin, so’fiylik ta’limoti aynan musiqa sababli o’z mohiyatini ko’rsata oldi. (Aynan san’at tufayli tasavvuf o’zining hayotiy qarama-qarshiliklarini echa oldi va odamzodning yashash sirlari echimini topa oldi).
Ixvanus-safo va xullan-ul vafo (Soflik birodarlari va vafo do’stlari)
X asrda xalifalikning siyosiy va madaniy markazlarida turli diniy oqimlar va ilmiy doiralar orasidagi g’oyaviy ziddiyatlar nihoyatda keskinlashib, ushbu kurash natijasida ruhoniylar sinfi rasmiy davlat maqomiga erishadilar. Oqibatda ratsionalistik yo’nalishga mansub ko’pgina olimlar o’zlarining ilmiy faoliyatini maxfiy ravishda davom ettiradilar. “Soflik birodarlari” deya nom olgan yashirin ilmiy tashkilot xalifalikning turli shaharlarida istiqomat qiluvchi 50 dan ortiq ilm fidoyilarini o’zida birlashtirgan. Ular o’zlarining asarlarini bir-birlariga xat orqali yashirin tarzda yetkazishgan. Ushbu maktublar keyinchalik jamlanib, juda katta hajmdagi yaxlit qomus shakliga keltirilgan. “Majmu’ ar-rasaid” (“Maktublar to’plami”) deb nom olgan mazkur qomusiing 5-risolasi “Fil musiqa” (Musiqa haqida) deb ataladi. Qisqacha muqadima bo’limida musiqaning kelib chiqishi, tovushlarning turlari, hayvoniy va g’ayrihayvoniy musiqaning estetik mohiyati masalalari mubohasa etiladi. “Soflik birodarlari”ning g’oyalari qadimgi yunon musiqiy estetikasini tasavvufning Samo’ ta’limoti bilan bog’lab turuvchi muhim xalqa hisoblanadi (Javhar ar-Ruhoniy tushunchasi). SHuningdek, “Soflik birodarlari” qadimgi yunonning “Falaklar uyg’unligi” nazariyasini yanada takomillashtirib, osmon jismlarining 4 falagi, Ud sozining 4 tori, insonning 4 mijozi, va tabiatning 4 elementi (havo, suv, olov, tuproq) orasidagi o’zaro mutanosiblik mavjudligini ilk bor e’tirof etishgan. “Soflik birodalari” shuningdek, yunon musiqiy estetikasi va tasavvuf falsafasini o’zaro muvofiqlashtirishga intilishgan.




