edumusic.uz

Edumusic platformasi

Asosiy / Mediaresurs / Taqdimotlar

Taqdimotlar

Musiqa tizimi

San’atning eng muhim va keng xalq ommasiga kirib boruvchi turlaridan biri musiqa san’atidir. Unda badiiy mazmun tovushlar (ohang) orqali bayon etiladi va musiqaning o’ziga xos ifoda vositalarini o’zaro bog’lovchi muayyan qoidalarga asoslanadi. Mazkur qoida va an’analar xalq (fol’klor) hamda mumtoz musiqasining (maqomlar va maqom yo’lidagi kuy va ashulalar) asrlar davomida vujudga kelgan tajribasi natijasida vujudga kelgan.

Yuklab olish

Musiqaviy tuzilma

Muayyan balandlikdagi munosabatda bo’lgan tovushlar qatoriga musiqaviy tuzilma deyiladi. Tuzilma tovushlarining o’z balandligiga qarab joylashishi tovushqator, tovush esa uning pog’onasi deyiladi. Musiqaviy tuzilmaning to’liq tovushqatori 88 ta xilma-xil tovushlarni o’z ichiga oladi. Bu  tovushlar (ya’ni eng past tovushlardan eng yuqori tovushlargacha) 16 gts dan 4176 gts tebranishga egadir. Ana shu tovushlar balandligi inson qulog’i qulay eshita oladigan tovushlardir.

Yuklab olish

Musiqiy belgilash

Musiqada uning eshitilish kuchi turli darajalarda namoyon bo’ladi. Bu tovush kuchi dinamik belgilar bilan ko’rsatiladi. Dinamik belgilar katta ifoda kuchiga ega. Musiqiy tovushlar asosiy cho’zimlardan tashqari, nota yozuvida cho’zimlarni uzaytiruvchi qo’shimcha belgilar ham keng qo’llaniladi. Fermato – tovush cho’zimining musiqa asari dramaturgiyasi va kuy xarakteri xususiyatlari orqali ma’lum vaqtga uzayishini ko’rsatuvchi belgi.

Yuklab olish

Oddiy va Diatonik intervallar

Musiqa ijrosi jarayonida bir vaqtda yoki birin- ketin eshitilgan ikki tovush qo’shilmasi interval deyiladi. Birin-ketin eshitilgan tovushlar intervali melodik intervalni hosil qiladi. Baravariga (bir vaqtda) eshitilgan tovushlar garmonik intervalni hosil qiladi. Intervalning pastki tovushi interval asosi, yuqori tovushi esa interval cho’qqisi deyiladi. Interval – lotincha intervallum so’zidan olingan bo’lib, oraliq, masofa degan ma’noni anglatadi.

Yuklab olish

Ritm va Metr

O’zaro bog’lanib izchil kelgan tovushlar cho’zimi ritm deyiladi. Musiqada tovushlar cho’zimining ketma-ket kelishi natijasida ular ma’lum vaqt ichida almashinib turadi. Musiqiy tovushlarning muayyan tartibda bog’langan cho’zimlari birlashib, ritmik turkumlar (usullar)ni hosil qiladi. Musiqa asarining umumiy ritmi ana shu ritmik turkumning yig’indisidan tarkib topadi. Musiqa amaliyotida quyidagi cho’zimlar keng qo’llaniladi

Yuklab olish

Septakkord va Dominantseptakkord, uning aylanmalari

Tertsiya asosida joylashgan, to’rt tovushli akkordga septakkord deyiladi. Septakkordning ikki chetidagi tovushlar oralig’i septima intervalini hosil qilganligi uchun bu akkord septakkord nomini olgan. Musiqada septakkord xilma-xil ko’rinishlarda qo’llaniladi. Major va garmonik minorning 5 – pog’onasidan tuzilgan septakkord eng ko’p tarqalgan septakkordlardan biridir. Bu akkord dominantseptakkord deyiladi.

Yuklab olish

Sinkopa va Temp

Musiqa ijrosida ritm va metr urg’ulari orqali ma’lum izchillik o’zgarishiga sinkopa deyiladi. Sinkopa musiqada nihoyatda ko’p uchraydi. U metrning kuchsiz hissasidagi tovushning navbatdagi kuchli hissasida ham eshitilishidan hosil bo’ladi. Buning natijasida zarb metrning mana shu kuchsiz hissasiga o’tadi. Metrning biror hissasida kuchsiz davrga to’g’ri kelgan tovush bundan keyingi kuchli davrga to’g’ri kelganda ham o’z kuchini saqlaydi.

Yuklab olish

Tabiiy major va tabiiy minor intervallari

Tabiiy major va tabiiy minor tovushqatorining pog’onalari faqat diatonik interval hosil qiladi. Istalgan har bir pog’onadan prima, sekunda, tertsiya, kvarta va boshqa intervallar tuzilishi mumkin. Asosiy vazifa bulardan har birining sifat miqdorini, ya’ni, qaysisi sof, kichik yoki katta ekanligini aniqlashdan iborat. Yondosh intervallardan har birining umumiy soni ladning yetti pog’onasi soniga teng.

Yuklab olish

Intervallar

Musiqa amaliyotida oddiy intervallardan tashqari, oralig’i oktavadan keng bo’lgan intervallar ham qo’llaniladi. Oralig’i bir oktavadan keng bo’lgan intervallarga tarkibli intervallar deyiladi. Tarkibli intervallar oddiy intervallarni oktavaga qo’shish yo’li bilan hosil bo’ladi. Tarkibli intervallarning sifat miqdorini belgilash uchun oddiy intervallarda ishlatiladigan sof, katta, kabi iboralar qo’llaniladi.

Yuklab olish

Tonalliklar pog‘onadoshligi

Major va minor tonalliklari o’zaro garmonik teng tonalliklar guruhini tashkil etadi. Tonika uchtovushliklari tabiiy va garmonik ko’rinishda berilgan tonalliklarning pog’onalaridan hosil bo’lgan tonalliklar pog’onadosh tonalliklar deyiladi. Musiqa amaliyotida har bir asardagi dastlabki (ilk) tonallik bosh tonallik deyiladi, asar rivojlanishi jarayonida uni almashtiruvchi tonallik esa yondosh tonallik deyiladi.

Yuklab olish

1

2

3