edumusic.uz

Edumusic platformasi

Asosiy / Kreativ darslarni loyihalash

Kreativ darslarni loyihalash

Yuqorida tilga olingan psixolog olimlarning ilmiy tatqiqot ishlarini va boshqada adabiyotlarni analitik tahlil qilar ekanmiz, psixologik nuqtai nazardan kreativlikning mazmun va ma’nosi jihatdan psixolog olimlar quyidagi xulosalarga kelishganligining guvohi bo‘lamiz va bevosita Kreativlik nima? degan savolga yuzlanamiz.

Kreativlik – bu madaniyat vositasi asosida shaxs sifatida shakllanish jarayonida namoyon bo‘ladigan shaxsning shaxsiy sifati (fazilati)dir.

Kreativlik – bu insonning shaxsiy xususiyati bo‘lib, uning o‘z-o‘zini takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog‘liq.

Psixolog olimlar tomonidan kretivlikning qo‘yidagi ikkita komponenti aniqlangan.

Bular: Shaxsiy mazmun. Ya’ni har bir insonning shaxsiy hayotining umum mazmuni. Bu mazmun madaniyatshunoslik bilan bog‘liq. Har bir inson biron bir soha yoki faoliyat bilan shug‘ullanar ekan, u kreativlik, ya’ni yaratuvchanlik munosabatda bo‘ladi va uni iloji boricha chiroyli, insonlarni o‘ziga tortishga yo‘naltiriladi. Bu esa o‘z navbatida insoniyatning madaniyatga yo‘naltirilganligidir.

Signifikatsion ko‘nikmalar.

Kreativlikni tashxis qilish psixosemiotik tahlil bilan bog‘liq Kreativlikning darajasini aniqlash qo‘yidagilar bilan belgilanadi:  shaxsiy ma’noning rivojlanish darajasi;  verballi belgilar sistemasini yaratish ;

Ta’lim olish kengligi ikkinchi semiotik tizimni tashkil etadi. Uning kreativlikni rivojlantirishga ta’siri gomomorfizik madaniyat bilan bog‘liq.  Psixologiya fanida kreativlik bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘yidagi jihatlarni aniqlashga doir qator metodlar tavsiya etilgan. Lekin bu metodlar bevosita kreativlikni emas, balki kreativlikni belgilab beruvchi muayyan jihatlarni aniqlashga qaratilgandir. Bular:  Psixosemiotik analiz metodlar: mualliflik matnlarni analiz qilishning psixosemiotik tashxislash metodi ,E.Torrens metodi, D.A.Leont’ev metodi, G.Myurreyning «Tematik appertseptiv matn» metordi, ekspertlarning baholari metodi.  Ijtimoiy intellektni (aqlni) aniqlashga doir metodlar: Dj. Gilford va M. Salliven metodi, T.Lirining insonlararo muloqotlarni aniqlash metodikasi, xarakterning aktsentuatsiyaini aniqlash metodlari.  Matnlarni psixosemiotik tahlil qilish metodlari; «ko‘lam» va «leksik boylik», komp’yuter dasturlari: Microsoft Access ma’lumotlar bazasi vah.k.

Kreativlik shaxsiy mazmun va unga doir belgilarning ob’ektivligi bilan belgilanadi.

Kreativlikning rivojlanishi uning komponentlerining rivojlanishiga bog‘liq. Bular: shaxsiy mazmun va signifikatsion ko‘nikmalar.

Kreativlikni tashxis qilish - ijodiy faoliyatning maxsulotining ko‘satkichlari bilan bog‘liq.

Loyihalash faoliyati zamonaviy o'qituvchi-musiqachini tayyorlashning zaruriy tarkibiy qismiga aylanib kelmoqda. Pedagogik fanning va amaliyotning rivojlanishi, yangi texnologiyalarning paydo bo'lishi loyihalash faoliyati imkoniyatlarini doimiy ravishda qayta ko'rib chiqish zaruriyatini tug'diradi, bu esa ilmiy-pedagogik adabiyotlarda yetarli darajada qamrab olinmaydi

Ishning maqsadi musiqa ta'limi tizimini loyihalashning ajralmas tarkibiy qismi sifatida ko'rib chiqish, shuningdek, musiqiy-pedagogik jarayonni uning qismi sifatida uchta fanning: o'qituvchi - musiqa - o'quvchining o'zaro ta'siri nuqtai nazaridan ko'rib chiqishdan iborat edi. Har birining mazmuni alohida ko’rib chiqilishi nazarda tutildi.

Bugungi kunda musiqa ta'limi tizimi intensiv rivojlanish jarayonda ikki asosiy tendensiyani birlashtirib amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Birinchisi– musiqachilarning oldingi avlodlari yaratgan eng yaxshi pedagogik an'analarni saqlab qolish va davom ettirish hamda ayni paytda ta'lim shakllari va mazmunini modernizatsiya qilish – ta'lim amaliyotiga davr ruhi va talablariga javob beradigan samarali pedagogik texnologiyalarni amalda joriy etishtendensiyalaridir.

Estetik xarakterga ega bo'lgan pedagogik vaziyatning asosiy ob'ekti sifatidagi tahlili, uning mazmuni, tuzilishi, musiqiy-pedagogik jarayonda tashkil etish bosqichlari keltirildi. Musiqa va ta'lim amaliyotida loyihalash shakllari ko’rsatishga harakat qilindi.

O'qituvchi-musiqachining loyihaviy faoliyatini amalga oshirishda qulay pedagogik muhit yaratish shartlari berildi. Taqdim etilgan holatlar pedagogik bilimlarni doimo rivojlantirish va o'zgartirishga yo'l ko'rsatib, moslashish, yangi musiqiy va ta'lim texnologiyalariga, ta'limning yangi paradigmalariga moslashishni tezlashtirish imkonini beradi. Ushbu ishning ilmiy hissasi o'qituvchi - musiqa - talaba o'rtasidagi o'zaro ta'sirning o'ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan oqlanishidir.amiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida, xususan, ta'limning umumiy va musiqiy ta'limdagi dolzarb vazifasi ijodkor shaxsni - yangi jamiyatning yaratuvchisi, mustaqil xatti-harakatga, o'z-o'zini rivojlantirishga, kasbda, jamiyatda, madaniyatda erkin o'z-o'zini boshqarishga qodir bo'lgan ijodkor shaxsni shakllantirishning zamonaviy vositalari va usullarini izlashdan iborat bo’lib kelmoqda.

Bu holat tadqiqotchilarning ma'naviy va axloqiy xulq-atvorni shakllantirishga qiziqishi ortib borishi kabi omillar bilan bog'liq; axborotlashtirish orqali madaniy-ma'rifiy sohani kengaytirish; ta'lim jarayonining turli fanlari o'rtasida biznes hamkorligi vositasi sifatida aloqa va muloqot vositalarini o'rnatish kabi dolzarb masalalar o’rganib kelinmoqda. Bunday sharoitda ta'limning faollik va amaliy yo'nalishiga katta e'tibor qaratilib, u o'quvchilarning ijodiy salohiyatini va ularning qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Shunday qilib, loyihalash metodining ahamiyati va uni o'quv jarayoniga tadbiq etish yo'llari pedagogika fanlarida yetarli darajada o'rganiladi. Biroq musiqa ta'limi tizimida ta'lim va maktabdan tashqari tizimlarida o'quvchilarning loyihaviy faoliyatini tashkil etish imkoniyatlari, mexanizmlari va algoritmi noma'lumligicha qolmoqda.

Musiqa ta'limi va tarbiyasidagi loyihalar metodi o'quvchilarning musiqaga bo'lgan qiziqishlarini faollashtirish imkonini beradi; musiqa sohasidagi bilim darajasini ochib berisda, tadqiqot tajribasiga ega bo'lishda beminnat xizmati kattadir.

Musiqiy loyiha, uning o'ziga xosligi tufayli, har bir maxsus musiqiy loyihaning turiga bog'liq bo'lgan maxsus ishlab chiqilgan rejaga muvofiq amalga oshiriladi. Bu borada talabalar musiqa loyihalari quyidagi turlarga bo'linadi: ijro, musiqa-tadqiqot, ijro-tadqiqot.

Musiqa fani o’quvchilarning ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini

shakllantirishga milliy g’urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga ijobiy mahorat va badiiy didni o’stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqil va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa fani umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan barcha o’quv predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog’lanadi.

Barcha o’quv fanlari qatori musiqiy ta’limda ham davlat ta’lim standartlarining joriy etilishi milliy musiqiy merosimizdan to’laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo’shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlarida, maqom, shashmaqom, doston va bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o’z aksini topadi. Musiqa san’tining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularni barkamol bo’lib yetishishlarida o’ziga xos va takrorlanmas manbaa bo’lib xizmat qiladi. Azaldan Sharq, jumladan, o’zbek musiqa ta’lim-tarbiyasi, pedagogikasi va uning mukammal uslubiyotlari ustoz – shogird an’analari misolida takomillashib borgan.

Davlat ta’lim standartlari ommaviy xalq musiqa pedagogikasi professional

musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochilari, katta ashulachilar, maqomchilar, dostonchilik asarlarining elementar asoslarini me’yorlashtiradi. Odatda, musiqa darsi- o’qitish tamoyillariga muvofiq bo’ladi. U tarbiyaviy ta’sir o’tkazadi. Ilmiy tushunish uchun qulay hisoblanadi. Musiqa darsi mazmuni o’quv dasturiga muvofiq bo’lib, u boshqa darslar tizimidagi bo’g’inlarni qamrab oladi.

Musiqa savodxonligini rivojlantirishda bolaning iqtidori ham muhim sanaladi, buning barobarida bolaning bilimi oshadi, vokal-xor malakalari rivojlanadi, axloqiy estetik fazilatlari hamda mehnatga munosabati shakllantiriladi. Musiqiy faoliyat turlari o’zaro bir-biri bilan bog’langan bo’lishi, biridan keyin ikkinchisiga o’tishi kerak.

Musiqali harakatlar, cholg’uchilik va ijodkorlik faoliyatlarni amalga oshirishda o’yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Zotan, ushbu faoliyatlar ko’proq o’yin xususiyatlari bilan bog’liq. Dasturda tinglash va kuylash uchun asarlar talab darajasidan ortiq berilgan. Unda chorak mavzulariga moslab asarlarni deyarli ikki xissa miqdorda tanlash va lozim bo’lganda dasturdan tashqari asarlardan ham foydalanish mumkin. Nota savodi, cholg’uchilik, raqs harakatlari, shuniingdek, musiqa ijodkorligi faoliyati mazmunida tavsif etilgan asarlar ham shartli ravishda berilgan. Dars sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin. Bu esa darslarni rejalashtirishda va darslarga tayyorgarlik ko’rishda ijodiy yondoshishni taqazo etadi. Bunda shu narsaga e’tiborni kuchaytirish lozimki, garchi dasturda asarlar va mashg’ulotlar mazmuni har bir faoliyat turiga doir alohida – alohida ko’rsatilgan bo’lsa-da, darslarni rejalashtirishda va ularni o’tishda dars mazmunidan kelib chiqishi va uning mohiyatini ochib berishi lozim bo’ladi. shunday qilib, darsda musiqa faoliyatlari mantiqan birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi.

Musiqa savodi darsining mustaqil faoliyati sifatida emas, balki barcha faoliyatlari turlari bilan bog’lab tahlil qilinishi va uni ongli idrok etilishi lozim. Musiqa savodi notalar haqida ma’lumot emas, balki notagacha bo’lgan davr, musiqa janrlari, shakllari, milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish, ijrochi, tinglovchi, kompozitor va bastakorlar haqida va nihoyat musiqa ifodalari kuy, temp, registr, dinamika va boshqalar bilan tanishtirishni o’z ichiga oladi.

Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashg’uloti qo’llanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan asar o’rganiladi va uning xususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochilari va xokozo) xakida yangi tushunchalar xosil bo’ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo’libgina qolmay, balki o’quvchilarning umumiy musiqaviy bilim doirasini tarkib topdiruvchi, umumiy bilim-tushunchalar majmuasini ya’ni musiqa shakllari, janrlari, xalq, bastakorlik musiqasi, ularning farqlari milliy musiqaning mahalliy uslublari, mumtoz musiqa, nota savodi va boshqalarni singdirib borishdan iborat.

Umumta`lim maktablaridagi musiqa darslarida o’qituvchining pedagogik mahorati yuqori darajadagi bo’lishi lozim. O’qituvchining cholg’u ijrochiligi, yuksak kasbiy mahorati, nutq madaniyati, musiqa savodxonligi bo’yicha to’g’ri ko’rsatmalar berishi "Ta`lim to’g’risida" gi qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Davlat Ta`lim Standarti"ni teran anglashi zarur. Shundagina uning dars o’tish tamoyillari, tadbirlarni mazmunli tashkil etish ijodkorligi ortib boradi. Shu bilan birga pedagoglar musiqa san`atidan to’g’ri foydalangani xolda darsda musiqa tinglash, xor bo’lib qo’shiq kuylash, musiqa savodi, musiqaga ritmik jo’r bo’lish va musiqa bilan harakat kabi yo’nalishlardan darsda oqilona foydalanishi zarur. Tarbiya topgan bolagina o`qituvchining bergan topshirig`ini o`z o`rnida bajaradi. O`quvchilar bilan mustaqil ishlashda ularning musiqiy ijrosini shakllntirish muhim ahamiyatga ega. Musiqiy ijrosi barcha faoliyatlar amaliyotida yetakchi hususiyatga ega ekanligini davlat ta`limi standartida ham alohida kshrsatib o`tilgan. Shu jihatdan olib qaralganda ta`lim jarayonini musiqiy idrok etishda yangi didaktik texnologiyalarga tayanish, yoshlarning musiqiy qobiliyatlarini shakllanishiga ta`sir etuvchi bir qancha omillarni kelib chiqqan holda tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Didaktik ta`limda o`quvchiga beriladigan mustaqil topshiriq orqali musiqali harakatlar, cholg`uchilik ijodlarning faoliyatini amalga oshirishda o`yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Umumta`lim maktablarida o`quvchi yoshlarning bilim va ko`nikmalarini shakllantirishda, ularning barkamolligiga erishishda kasb- hunar rivojiga erishishda o`qituvchi-pedagoglar yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqarganlari holda ta`limga zamonaviy dasturlarni olib kirishlari lozim. O`quvchini qay darajada ko`proq bilim olishga, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga jalb etilsa, dars samaradorligiga, yoshlar tarbiyasini yo`lga qo`yilishiga erishiladi.

Musiqa savodi musiqa darsining bo’limlaridan biri bo’lib, musiqa ta’limida

katta ro’l o’ynaydi. Musiqa darsini qiziqarli tashkil etishda nota savodxonligi muhim bo’lib, bola notalarning nomi va tovushlarning baland- pastligini birinchi sinfda ham tanishgani, ikkinchi sinfda esa qo’shiq kuylash malakalari va ijrochilik turlari , yakkanavozlik, yakkaxonlik, darsda tinglanadigan kuylar xaqida chuqur tushunchalarga ega bo’lib borishlaridadir. Musiqa darsida barcha faoliyatlar muayyan mavzu asosida mantiqan o’zaro bog’lanadi, natijada darsning pirovard bir butunligi vujudga keladi. Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida ahamiyatga egadir.

Darsda qaysi faoliyat mashg’uloti musiqa idroki, qo’shiq aytish, musiqa bilan harakat, cholg’uchiliq va boshqalar qo’llanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan asar o’rganiladi va uning xususiyatlari ya’ni janri, ijrochiligi va hokazolar haqida yangi tushunchalar hosil bo’ladi. Shu sababadan musiqa savodi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo’lib qolmay, balki o’quvchilarning umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi, umumiy bilim tushunchalar majmuasini singdirib borishdan iboratdir. Musiqa o’qituvchisi darsda eng muhim faoliyat turini tashkil etuvchi jamoa bo’lib qo’shiq o’rgatish jaryonida o’zaro hurmat ko’nikmalarini, odob-axloq qoidalarini, oddiy xalqimizning xalqchilligidan olib, yosh avlodga yetkazishimiz lozim. Hozirgi zamon ayrim yoshlarimizning tarbiyasi ayanchli xolatda. Xatto zo’r iqtidor egasi bo’la turib, nojo’ya yo’llarga kirib ketayotgan yoshlarimiz ham uchramoqda. Shuning uchun yoshlarni bo’sh vaqtlarini ko’ngilli ta’minlashimiz, o’zaro bahs-munozarali badiiy kechalarni o’tkazishimiz lozim.

Musiqa madaniyati o’quv predmeti o’quvchilarning ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga milliy g’urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga ijobiy maxorat va badiiy didni ustirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqil llik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa madaniyati o’quv predmeti umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan barcha o’quv predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog’lanadi.

Musiqa madaniy hayotimizda keng o’rin tutgan, inson shaxsini rivojlantirishda muhim kasb etadigan san’at turidir. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo’lib, atrofdagi go’zal narsalarni to’g’ri idrok etishiga va qadrlashga o’rgatadi. Boshlang’ich sinfda musiqa savodini olib borishda o’quvchilarning ma’naviy dunyoqarashlarini ham shakllantirib borishga erishish lozim. Musiqa insonni yuksak did bilan quro’llantiradi va madaniy dunyoqarashini shakllantiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib, o’quvchilarning nafosat olamiga olib kirish va ahloqiy-g’oyaviy tarbiyalashning muhim vositasidir.

Musiqa insonni yuksak did bilan quro’llantiradi va madaniy dunyoqarashini shakllantiradi. Shunday ekan umumta’lim maktablarida musiqa ilmidan ta’lim va tarbiya olyotgan o’quvchilarga mustahkam bilim berishda yuqoridagi manbalarga tayanib, yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan kompyuter texnologiyalariga asoslangan amaliy –nazariy bilimlarimiz hamda internet ma’lumotlari asosida darslarni tashkil etishimiz lozim.

O’quvchilar ga dars jarayonida tinglash qoidalarini o’stirishda cholg’uchilik, musiqali harakatlar, ritmni sezish va unga amal qilishni shakllantirish orqali ularning ijodkorlik qobiliyatlari rivojlantiriladi. Shuni alohida aytib o’tish joizki, musiqa tinglash- musiqa o’quv dasturining mazmunini boyitadi. Musiqa tinglash va musiqa savodi faoliyati o’zaro uzviy bog’lanish bilan qolgan barcha faoliyatlar amaliyotiga yetakchilik qiladi.

Ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik ta’lim tizimi

Musiqa madaniyati o’qituvchisining musiqiy pedagogik mahorati tarkibi o’z ichiga badiiy musiqa va ijodiy qobiliyatni oladi: Musiqa madaniyati va pedagogik  ijodkorligi, o’quv tarbiyaviy vazifalarni yechishga qobiliyatli bulishi, pedagogik texnologiya xaqida tushunchaga ega bo’lishi lozim. Musiqa madaniyati o’qituvchisining musiqiy pedagogik mahorati tarkibi o’z ichiga badiiy musiqa va ijodiy qobiliyatni oladi: Musiqa madaniyati o’qituvchisi pedagogik ijodkorligi, o’quv tarbiyaviy vazifalarni yechishga qobiliyatli bo’lishi, pedagogik texnologiya xaqida  tushunchaga ega bo’lish.

Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e'tibor qaratish zarur:

1) ular tomonidan ko'p savollar berilishini rag'batlantirish va bu odatni qo'llab-quvvatlash;

2) bolalarning mustaqilligini rag'batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;

3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;

4) bolalarning qiziqishlariga e'tibor qaratish.

Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to'sqinlik qiladi:

1) o'zini tavakkaldan olib qochish;

2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo'pollikka yo'l qo'yish;

3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;

4) boshqalarga tobe bo'lish;

5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o'ylash.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish usullari va vositalariga ta'sir qiluvchi muhim omillardan biri o'qituvchi-o'quvchilar hamkorligi ekanligiga alohida e'tibor qaratildi. Ma'lumki, ta'lim jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega bo'lib, o'qituvchi va o'quvchilarning teng munosabatlaridan tashkil topadi. Bu jarayonga rahbarlik qiluvchi o'qituvchi ta'lim jarayonining to'g'ri tashkil etish kerak.

Zamonaviy pedagogik ta’lim tizimining maqsadi, yangi toifaga mansub bo’lgan musiqa o’qituvchisining umumiy va kasb kamolotiga erishishdan iborat. Chunki , bilim dargohi musiqa  rahbari oldiga uning kasb malakasiga va shaxsiy hislatlariga nisbatan yuqori talablar qo’ymoqda. Har qanday pedagogik kasbi murakkab va serqirra jarayondir, Shuning uchun bu kasb qaysi sohaga  tegishli bo’lmasin, musiqa rahbari oldiga ko’pgina talablarni qo’yadi. Ta’lim – tarbiyaning barcha sohalarining maqsadi barkamol shaxs tarbiyalashdir.  Lekin bu borada ta’lim muassasalarida estetik turkumga kirvchi fanlar – musiqa, tasviriy va amaliy san’at, adabiyot va ularning o’zaro aloqadorligi asosiy rolni o’ynaydi. Jumladan, ta’lim  muassasalarida musiqa mashg’ulotlari, musiqa rahbarlari ham maxsus bilimlar, ko’nikma va malakalar, pedagogik qobiliyat hamda pedagogik mahoratga ega bo’lishlari lozim. Ma’lumki, musiqa mashg’ulotlari to’rtta musiqiy jarayonni o’z ichiga oladi:

O’qituvchi dars jarayonida faol ishtirok etadi. O’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish, o’quv-metodik ishlarni olib borish, tashkiliy ishlarda ishtirok etish, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish o’qituvchi faoliyatining asosiy tomonlari hisoblanadi. Talabalarga bilim berish pedagog faoliyatida muhim o’rinni egallaydi. Zamon talabiga mos keladigan bilim tizimini talabaga yetkazish, bilim olishga ularni qiziqtirish, bilimlarni o’zlashtirishda talabaning faolligiga erishish hozirgi kundagi ta’lim jarayonida talab etilmoqda.

Bilish jarayoni juda murakkabdir. Bilimning cheki yo’q. Odam hayotda kamroq bilishdan ko’proq bilish tamon boriladi. Avval narsa yoki xodisaning xususiyatlari aks ettirilsa keyinchalik uning mohiyati aks ettiriladi. Har bir shaxsda bilish ehtiyoji shakllanishi kerak.

Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:

- o’quvchi –  talabaning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;

- o’quvchi – talabalarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini ta’minlashi;

- o’quvchi – talabaning bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;

- pedagog va o’quvchi – talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.

Pedagogik texnologiyalar masalalari, muammolari o’rganayotgan o’qituvchilar, ilmiy – tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya – bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq.

O’qituvchi va o’quvchi-talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnolgiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki  har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda o’quvchi-talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishi uchun balkim film, taraqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo’lar, bular o’qituvchi va o’quvchi –talabaga bog’liq.

O’qituvchi bilan bir qatorda o’qitish jarayoni oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonida o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitini, o’quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoldiyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafotlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda,o’quvchi – talabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak.

O’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit, holatda ko’ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o’qituvchiga u tomonidan bo’lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki  darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o’qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o’quvchi – talabalarning imkoniyati va ehtiyojijan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki  buning uchun o’qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogika va axborot texnologiyalardan xabardor bo’lishi, shuningdek, juda ko’p metodlar. Usullarni bilishi kerak bo’ladi. Har bir darsni rang-barang, qiziqarli bo’lishi avvaldan puxta o’ylab tuzilgan darsning loyixalashtioilgan texnologik xaritasiga bogiq.

Darsning texnologik xaritasini qay ko’rinishda yoki shaklda tuzish, bu o’qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq. Texnologik karta qanday tuzilgan bo’lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo’lishi hamda anik belgilangan maqsad, vazifa va kafotlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to’liq o’z ifodasini topgan bo’lishi kerak. Texnologik kartani tuzilishi o’qituvchini darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos etadi, chunki  bunday kartada dars jarayonining barcha qirralari o’z aksini topadi.

O’qituvchi tomonidan o’zi o’qitayotgan fanning har bir mavzusi, har bir dars mashg’uloti bo’yicha tuzilgan yuqoridagi kabi texnologik karta unga fanni, predmetini yaxlit holda tasavvur etib yondoshishga, tushunishiga ( bir semestr, bir o’quv yili bo’yicha), yaxlit o’quv jarayoniningboshlanishi, maqsadidan tortib, erishiladigan natijasiga ko’ra olishiga yordam beradi. Ayniqsa, texnologik kartani o’quvchi – talabaning imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi uni shax sifatida ta’limning markaziga olib chiqishiga olib keladi. bu esa o’qitishning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.

O’qitish jarayonida o’quvchi – talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo’llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, ma’suliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga; eng asosiysi, o’qishga, fanga, pedagogika va o’zi tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishlarni kuchaytiradi.

Bunday natijaga erishi amaliyotda o’quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qo’llashni taqazo etadi. Ular juda xilma-xildir. Biz ulardan ba’zilari haqida to’xtalib o’tamiz va ularni o’tkazish tartibi haqida qo’llanma beramiz. Ushbu  o’quv qo’llanmada keltirilgan zamonaviy metodlar, yoki o’qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o’quvchi – talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardor, yetuk mutaxassis bo’lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo’lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. O’quvchi faollik bilan bilimlarni o’zlashtirishi zarur. Bu jarayonga talabaning hayotiy tajribasi, mavjud bilimlari, bayon etilayotgan bilimlar tizimiga, fanga o’qishga munosabati ta’sir etadi. Bu sohada talabalarning imkoniyati bir xil bo’lmaydi. Keng bilimga, boy hayotiy tajribaga ega, o’qish ko’nikmalarini o’zlashtirgan talabalar o’qishda muvaffaqiyat bilan ishlaydi. Bilimlarni o’zlashtirishga talabaning avval o’zlashtirgan ta’limiy ko’nikma va malakalari ta’sir etadi. Psixologlarning ko’rsatishicha bilimlarni o’zlashtirish, bu yangi qabul etilayotgan informatsiyani talabada avval mavjud bo’lgan informatsiyalar tizimiga kiritishdir. Talabada bilimlar qanchalik keng bo’lsa, yangi informatsiyani qabul etishi oson bo’ladi.

Yana shunga e’tibor berish kerakki, o’qituvchi talabadagi yangi o’rganilayotgan mavzuga oid informatsiyalarni tiklashi, mavzuni o’zlashtirishi uchun asos hosil qilishi zarur. Ayniqsa, yangi mavzuni boshlaganda talabalarni qiziqtiradigan savol qo’yilishi, muammoli vaziyatlar yaratilishi qiziqishni kuchaytiradi. O’qituvchi talabaga ta’lim berishda maksimal foyda keltiradigan ish usullarini qo’llashi kerak.

Psixologik nuqtai nazardan qaraganda talabaning bilish jarayoni sezish, idrok, xotira, tafakkur va hayolni o’z ichiga oladi. Sezish va idrok bilimning dastlabki, eng oddiy bosqichi hisoblanadi. Sezishda tashqi dunyo ta’surotlarining xususiyatlari bosh miyada alohida, alohida aks ettiriladi. Idrokda shu taassurotning yaxlit obrazi bosh miyada hosil bo’ladi.

Idrok sezgiga nisbatan murakkab aks ettirish bosqichi bo’lib, unda odamning yoshi, bilimi, hayotiy tajribasi, nutqi, idrok ob’ektiga munosabati, ruhiy holati va boshqalar ta’sir etadi. Sezgi va idrok asosida odamning ichki dunyosi shakllanib boradi.

Xotira shu sezilgan va idrok etilgan ta’surotlarni bosh miyada saqlab qolishini ta’minlaydi. Tashqi dunyo ta’surotlarini inson ongiga o’rnashishi, saqlanishi va keyinchalik qayta tiklanishi xotira hisoblanadi. Xotiraning har bir bosqichiga ta’lim jarayonida katta e’tibor berish kerak. Asosiy e’tiborni esda olib qolish bosqichiga qaratish foydalidir. Chunki , yaxshi esda olib qolingan ta’surot esda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Masalan: har bir shaxs hayotida muhim sanalarni-tug’ilgan kunlar, maktabga birinchi borilgan kun, farzand tug’ilishi, mukofot olish va boshqalar doimo aniq eslanadi. Chunki , bunday tantanali (ayrim qayg’uli kunlar) inson shaxsiga kuchli ta’sir etadi va xotiraga qattiq o’rnashib qoladi.

Xotiraning bu xususiyatidan ta’lim jarayonida foydalanish kerak. O’quvchiga yetkazilayotgan materialning hayotiy, ilmiy ahamiyati tushuntirilishi, muammoli vaziyatlar yaratilishi, materialni ta’sirchan usullaridan foydalanib o’tilishiga e’tibor berish zarur.

Uzoq vaqt ta’lim jarayonida xotiraga asoslanib bilim berib kelindi.Bunday o’qitishni an’anaviy o’qitish deyilmoqda.

Uzluksiz ta’limda musiqa o’qituvchisining shaxsiy kompetentligi va kreativligi

Maktabgacha bo’lgan davr psixologiyada ilk bolalik davri deb yuritiladi hamda bolalikning eng go’zal esda qoladigan damlarini o’z ichiga oladi. Musiqa tarbiyasi bolalar bog’chasi va umumiy o’rta ta’lim maktablarida umumiy fanlar tarkibida o’qitiladi. Shuning uchun bu o’quv fanini o’qitish nazariyasi hamda metodikasini o’zlashtirishni hozirgi kunda o’ta ahamiyatli va muhim faoliyatdir.

Hozirgi kun talabi ta’lim  muassasalari oldiga musiqiy-estetik tarbiya berish borasida aniq vazifalarni qo’yadi:

-  bolalarni tabiyat go’zalliklarni, badiiy asarlarni idrok etish;

-  estetik did va hissiyotni shakllantirish;

-  hayotda go’zallik  tushunchasini to’lligicha anglashni o’rgatish

-  bolalarga badiiy ijodkorlikni shakllantirish;

-  bolalarga go’zallikni o’z hayotlariga, o’z faoliyatlariga olib kirishni o’rgatish va hakazo…

Uzluksiz ta’lim tizimida umumiy o’rta ta’lim muassasalari muhim o’rin egallaydi. Hozirgi kunda ta’lim  muassasalarining ahamiyati uzluksiz ta’limni oldingi bosqichi sifatida muhim rol o’ynamoqda. Shuning uchun bir fanning alohida o’qitilish ahamiyati oshib bormoqda. Ta’lim  muassasalaridagi har bir fanning asosiy vazifasi bolalarni fikrlash va o’ylashga o’rgatishdir.

Musiqa shunday san’at turiki, u insonlarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtiradi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan qalbida turli-tuman kechinmalar uyg’otishning o’zini bir mo’jiza deb atash mumkin. Musiqiy tarbiya estetik tarbiyaning tarkibi qismi hisoblanadi, inson shaxsini shakllantiruvchi yetakchi omillardan biri ta’lim-tarbiyadir. Estetik tarbiya esa uning tarkibiy qismi sifatida go’zallikning mohiyati, estetik va a’loqiy hissiyotlarning birligi, san’atning xalqchilligi to’g’risidagi ta’limotga suyanib, o’quvchilarning ob’ektiv dunyo haqidagi bilimini kengaytirib, chuqurlashtiradi, ijodiy qobiliyatini va iste’dodini o’stiradi hamda yuksak ma’naviy fazilatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Odatda, estetik tarbiyaning maqsadi bolalarda estetik his- tuyg’u va fikrlarni rivojlantirish, go’zallikni ko’ra bilish va ulardan zavqlana olishdan iborat deb tushiniladi. Aslida estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari  bu yo’l bilan chegaralanib qolmaydi, bolalarni go’zallik va xuniklikni, yuksaklik va tubanlikni, shodlik va kulfatni anglash va ko’ra bilishga o’rgatadi. Estetik tarbiya umuminsoniy va milliy qadryatlar qaror topishiga xizmat qiladi. Ayonki, “Tarbiya inson ongini, his-tuyg’ulariga, tasavvuriga, e’tiqodiga,  dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq -atvoriga ta’sir o’tkazadi”

Musiqa tili barchaga tushinarli va yaqindir. Musiqa tovush va tovlanishlari orqali fikr va tuyg’ularni aks ettiradi, hayot bosqichlarida insoniyatni to’lqinlashtirib kelgan a’loqiy muammolarni bayon etadi. Bunda musiqaning falsafiy mohiyati namoyon bo’ladi. Ajoyib musiqa asarlari chuqur falsafiy mazmun bilan sug’orilgan bo’ladi, musiqada hayot va o’lim, shaxs va jamiyat, ezgulik va zulm, qudrat va zaiflik kabi masalalar aks etadi.

Musiqaning bola ruhiyatiga ta’sir qilishining tugallanmas imkoniyatlari haqida qadimdan  musiqashunoslar, mutafakkirlar va olimlar diqqatini o’ziga tortgan. Faylasuflar, psixologlar va jamoat arboblari san’atlar ichida musiqa san’atining insonni shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir qiladigan xususiyatlari haqida aniqlashga uringanlar. Qadim zamonlardan musiqaning, ayniqsa, uning komponentlari-ritm va kuyning inson kayfiyatiga ta’siri, uning ichki dunyosini ozgartirishi haqida fikrlar mavjud.

Demak, bolalarda musiqiy qobiliyatlar erta namoyon bo’lishi, Shuningdek, ularning qobiliyatlari ta’lim-tarbiya va atrof muhit ta’siri ostida shakllanishi hisobga olgan holda biz quyidagi xulosaga keldik. Uzlukssiz ta’lim tizimidagi musiqa mashg’ulotlarida ijrochilik malakalarini rivojlantirishda musiqiy qobiliyatlar muhim omil bo’lib xizmat qilar ekan.

3-7 yoshgacha bo’lgan davr bog’cha yoshi davri hisolanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o’zgarishlari bo’lishi inobatga olgan holda uch davrga;

3-4 yoshgacha kichik maktabgacha davri, 4-5 yoshgacha kichik bog’cha yoshi o’rta maktabgacha davri (o’rta bog’cha yoshi), 6-7 yosh va kata maktabgacha davr kata bog’cha yoshlariga ajratish mumkin.

Bog’cha yoshidagi bolalar hayotida va ularning ruhiy jihatdan o’sishida qiziqishning roli ham kattadir. Qiziqish xuddi ehtiyoj kabi bolalarni biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan murakkab psixik hodisa desa bo’ladi. Musiqiy ta’lim-tarbiyaning muvaffaqqiyatli amalga oshirish uchun uning psixologik asoslarini o’rganish o’ta muhimdir.

Bizning hayotimizda musiqa har bir uyga kirib borgan. Musiqa mavzui o’z xususiyatga ega bo’lib, inson va voqealikdagi barcha tomonlarini qamrab ololmagani uchun eng avvalo, inson ichki ma’naviy dunyosini, uning tuyg’u va kayfiyatini ifodalaydi. Musiqada tuyg’ular hayotiy tuyg’ularning aynan o’zi bo’lmay, ular tanlab olingan, tasodifiy lahzalardan tozalangan, muayyan orzular nuqtai nazardan anglangan bo’ladi. Musiqa inson hissiyotlari holatining barcha rang-barang tovlanishlarini aks ettirishga qodir. U eng murakkab tuyg’ular eng nozik kechinmalar va kayfiyat holatlarini ham ifoda eta oladi.  “Musiqa vaqt mezoniga amal qilib, kechinmalarni o’zgartirib turishlari, avjlanishi va pasayishi jarayonlarini qamrab oladi”

Musiqa inson ichki dunyosining hissiyoti tomoqlari bilan birga ma’naviy olamini ifoda etib, uning aqliy va iroda qudratini, yaxlit qiyofasini yarata oladi.

Tarbiyachi bola ichki dunyosini ko’ra bilish, uning hissiyot, intilish, fikr-o’ylarini ko’ra bilishi muhimdir. Buning uchun esa o’zini boshqa kishi o’rniga qo’yishi, uning bilim, hayotiy tajribasi, har xil vaziyatda holatini hisobga olishi,  xato va qiyinchiliklarini oldindan ko’ra bilishi kerak. Bu qobiliyat bolaga shaxs sifatida insoniy munosabatda bo’lishda, xayrxohlik va hozir javoblikda, sezgirlik va xushmuomalalikda tarbiyalanuvchilar hayotiga tuganmas qiziqishda, ishonchda, ularning  shodlik va qayg’ulariga sherik bo’lishga tayyorlikda aks etadi. Shaxsning mazkur kasbiy sifatlari guruhi bolalar bog’chasi tarbiyachisi uchun ayniqsa muhimdir.

Tarbiyachi faoliyatining mohiyati bolalar bilan ko’tarinki ruhdagi aloqani o’rnatishdangina iborat bo’lmay, o’zaro munosabatlarga, harakatlarning tabiatiga, shaxsni yo’llanganligiga faol ta’sir ko’rsata olishda muhimdir. Sifatlarning bu ikkinchi guruhi tarbiyachi dinamizmi nomini olgan bo’lib, yuza kelayotgan har qanday vaziyatdan bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda foydalanish vaziyatdagi o’zgarishni anglash va unga ko’ra emotsional iroda ta’siri tarbiyachining jahli, ishontirishning mantiqiyligi, talabchanlik va yumorni his qila bilishi, qarorlarni qabul qilishdagi tashabbuskorligi va mustaqilligi, kashfiyotchiligi bilan ifodalanadigan tarbiyachilik ta’sirini qo’llana bilishida namoyon bo’ladi. “Tarbiyachi shaxsining dinamizmi pedagogik ta’sir ko’rsatishning bevosita va bilvosita usullarini biriktira bilishida yuzaga keladi”

Sifatlarning uchinchi guruhi tarbiyachining ko’tarinki ruhini barqarorligiga dahldor. Tarbiyachi kishining ijodiy tabiati kutilmagan vaziyatlarda shoshilinch to’g’ri yechimga kelish zaruriyati bilan biriktiriladi. Yuzaga keladigan salbiy his-tuyg’ularga qarshi tura bilish, a’lo kayfiyat, o’zini tuta bilish va sabr toqatlilik bilan quvnoqlikning ustunligi bu sifatli-tarbiyachi ishi samaradorligining kafolatidir.

Pedagog  shaxsning barcha kasbga oid ahamiyatli sifatlari uning pedagoglik muloqat uslubida, bolalar jamoasida, bolalar va ota-onalar, bolalar bog’chasi pedagoglar jamoasida ko’tarinki ijobiy muhitni yaratishda namoyon bo’ladi. Bolani shakllantirish tarbiyachi  shaxsga  oid  sifatlarini qay darajada yuqori bo’lishiga asoslanadi.

O’qituvchi faoliyatini muvaffaqqiyati pedogoglik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog’liqdir. “Pedagogik qobiliyatlar-pedagogik mahoratiga erishishning zaminidir” Pedagogik qobilyatlar tarkibiga pedagoglik kuzatuvchanlik, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagoglik muomala kiritiladi. Pedagogik qobiliyatlar tarbiyachi faoliyati jarayonida shuningdek, uni bu faoliyatga tayyorlanish jarayonida shakllanadi.

O’qituvchilik faoliyati alohida tayyorgarlikni talab qilishi haqidagi tasavvur maorif tarixida anchadan  beri  ma’lum. Tarbiyachini tayyorlash mazmuni va tabiatiga nisbatan turli qarashlar mavjud bo’lib, ular o’sib kelayotgan avlodni rivojlantirish va tarbiyalash mohiyatini turlicha tushunishga tayanadi.

Insonning rivojlanishi irsiyat orqali o’tgan belgilarni avj oldirish jarayonidir, deb biladigan pedagoglar tarbiyachilarni o’rnini kamsitib, uni tayyorlashdagi asosiy narsa bolani kuzata bilish va uning ixtiyoriga O’z g’oyasini ifodalashda yordam beradigan u yoki bu materialni berishdan iborat deb xisoblaganlar. Hozirda ham ba’zi bir xorij pedagogikalarida ham tarbiyachining o’rni va uni tayyorlash mohiyatiga xuddi yuqoridagidek baho berib qaraladi.

Hozirgi pedagogika nuktai-nazari bundan tamoman farq qiladi. U bolalarni rivojlantirishda tarbiyaning, demak, tarbiya jarayonini amalga oshiruvchi pedagogning yetakchilik o’rnini ta’kidlaydi. Bu o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalash  ahvoli ko’p jihatdan tarbiyachilarning ilmiy va metodikdan malakasi, ularning g’oyaviyligi, madaniyati, shuningdek, shaxs sifatlari va tarbiyachilik qobiliyatlari, o’z mehnatiga vijdonan yondashishiga bog’liqdir.

Musiqa uquvi va musiqiy  eshitish qobiliyati bo’sh bo’lgan bolalar bilan ishlash metodi. Musiqa uquvi bo’sh bo’lgan bolalar bilan mashg’ulotlar jarayonida differintsial guruhlarga bo’lib va mashg’ulotlardan keyin vaqt ajratib, yakka (individul) tarzda ish olib boriladi. Differentsial  guruh deganda bolalarning musiqiy qobiliyati, uquvi va ovoziga qarab tabaqlashtirish yoki guruhlarga bo’lish tushiniladi.

Birinchi guruhga ovozi jarangli, yaxshi musiqiy qobiliyatga ega bo’lgan bolalar kiradi.

Ikkinchi guruhga ovozi, musiqiy qobiliyati o’rtacha bo’lgan, ya’ni musiqa rahbarining ovoziga ergashib, tayanib kuylaydigan bolalar kiradi.

Uchinchi guruhga esa, ovozi uncha yaxshi bo’lmagan, musiqiy qobiliyati bo’sh bo’lgan bolalar kiradi.

Musiqa mashg’ulotlari jarayonida bu bolalarni quyidagi tartibda joylashtirish kerak: birinchi qatorga musiqa rahbarining ovoziga tayanib kuylaydiganlar, ikkinchi qatorga musiqiy uquvi bo’sh, yaxshi musiqiy qobiliyatga ega bo’lmagan bolalar, uchinchi qatorga qobiliyatli ovozi jarangdor bo’lgan bolalar o’tiradilar. Bunda ikkinchi qatordagi bolalar musiqa ohanglarini atroflaridan eshitib, ularning ovoziga ergashib, chiroyli, ifodali, to’g’ri kuylashga harakat qiladilar.

Shu uslub bilan bolalarni musiqiy uquvini o’stirish mumkin. Ba’zi musiqa uquvi bo’sh bo’lgan bolalar bilan mashg’ulotlardan keyin alohida, yakka tartibda shugullanib, topshiriqlar beriladi va ovozlari sozlanib qo’shiqlar alohida o’rgatiladi. Shu tariqa bolalarda  musiqaga qiziqish, qo’shiq kuylash, musiqa tinglash ishtiyoqi, musiqiy qobiliyati, musiqiy uquvi, qo’shiq kuylash malakalari hosil bo’ladi. Shu bilan birga kayfiyatlari ko’tariladi..

Musiqa mashg’ulotlarida ishtirok etayotgan bolaning qobiliyatlari musiqiy faoliyat jarayonida rivojlanadi. Ushbu rivojlanishni bolalarning yosh psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda to’g’ri tashkil etish va yo’naltirish musiqa tarbiyachilarining vazifasidir. Masalan, bolani ilk bolalik davridan tovushlar balandligini ajratishga o’rgatilmasa, u yetti yoshga yetganida o’zidan kichik bolalar osongina bajara oladigan vazifalarni bajara olmaydi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning musiqiy rivojlanishining muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:

• Bolalarni eshitish sezgisi, musiqiy eshitish qobiliyati rivojlanib boradi.

• Har xil xarakterdagi musiqaga emotsional ta’sirchanlikning sifati va darajasi ortadi.

• Qo’shiq kuylash musiqiy-ritmik ijrochilikda qo’llaniladigan sodda ko’nikma va malakalar shakllandi.

Endi, ta’lim  muassasalari tarbiyalanuvchilarning yoshiga ko’ra hosil qiladigan qobiliyat va imkoniyatlarini ko’rib chiqamiz.

Bir yoshli bolalar-psixologlarning fikriga ko’ra 10-12 kunlarida eshitish organi ishga tushar ekan. Ikki oylik go’dak esa musiqa tovushlarini eshitganda qimirlamay, jim bo’lib qolar ekan. 4-5 oylarida bola tovush kelayotgan tomonga qaraydi. Ilk bolalik davrlaridayoq go’daklarda musiqa tovushlariga nisbatan shaxsiy munosabat shakllana boradi. Birinchi yilining oxirlarida bolaning umumiy eshitish hissi shakllanadi. Bola kattalardan har xil musiqani tinglab uni o’ziga xos intonatsion (o’xshash ovozlar chiqarib) xirgoyi qiladi. Musiqaga nisbatan emotsional munosabat bildirish. Eshitish hissiyotlarini rivojlantirish ilk bolalikdan musiqiy tarbiyasini amlga oshirishga xizmat qiladi.

Ikki yoshli bolalar- musiqani idrok etishda bolalar yorqin emotsiyalarini namoyon etadilar. Eshitish hissiyoti tabaqalashgan bo’ladi: bola yuqori va quyi, baland va past tovushlarni, hatto, tembrni ham farqlay oladi. Bolada ilk kuylash ko’nikmalari  ongli ravishda shakllana boradi. Bola oddiy musiqiy harakatlar-chapak chalish, oyoqni to’pillatish, musiqa ostida aylanish kabi faoliyatlarni bemalol bajara oladi.

Uch va to’rt yoshli bolalar-eshitish hissida individual ajralib turish hollari ko’rinadi. Masalan, murakkab bo’lmagan kuyni aniq ijro etishlari mumkin. So’zlarni ifodalashda avval alohida so’zlarni qo’llagan bo’lsalar, endi ularni bir-biri bilan bog’langan holda ishlata oladilar. Tafakkurlarida ham sezilarli o’zgarishlar ro’y beradi. Ko’rgazmali – harakatli tafakkurlari ko’rgazmali obrazli tafakkuriga aylanadi. Bu yoshdagi bolalar o’zlari mukammal harakatlar bajara oladilar hamda mustaqil ravishda raqsga tushib o’ynaydilar.

Besh yoshli bolalar-bolalarning faol tarzda “nimaga?”, “qancha?”, “qaerdan?” kabi savollarni paydo bo’lishi davridir. Bola voqea va hodisalar o’rtasidagi aloqalarni anglay boshlaydi va ularni oddiy usulda umumlashtira boshlaydi. Bolalar kuzatuvchan, ayniqsa musiqaning quvnoq yoki g’amgin, tovushlari baland yoki pastligi, qanday cholg’u asbobida ijro etilayotganini bemalol aniqlay oladilar. Ular qo’shiqni qanday ijro etish kerakligini yaxshi tushina boshlaydilar. Bu davrda bolalarning ovozlari jarangdek va yorqin tus oladi. Ovoz intonatsiyalari turg’unlashib boradi, lekin hali kattalarning ko’magiga muhtoj bo’lishadi. Bu yoshda eshitish qobiliyati shakllana boradi. Bu davrda harakatlarning asosiy turlarini-yurish, yugurish, sakrash kabi faoliyatlarini yaxshi o’zlashtira boshlaydilar. Bolalar o’z individual xususiyatlaridan, qobiliyatlaridan kelib chiqib bir faoliyat turini afzal ko’rishlari mumkin.

Interfaol ta’lim jarayonida bilimlarni o’zlashtirish mohiyati

Novatorlik va yangilik – madaniyat, ta’lim va umumiylikda jamiyat rivojlanishining ikki jihati. An’analar va yangiliklarning xilma-xil munosabatlariga tayanib, madaniyatshunoslar jamiyatni an’anaviy va zamonaviyga ajratib ko’rsatishadi. An’anaviy jamiyatda an’ana novatorlik ustidan hukmronlik qiladi. Zamonaviy jamiyatlarda esa, novatorlik bazali qadriyat sanaladi.

O’qituvchining kreativligi bevosita yangilik kiritishi bilan uzviy boqliq holda darslar jarayonida rivoj topadi. Innovatsion ta’limning asosiy maqsadi ta’lim oluvchilarda kelajakkka mas’uliyat hissini va o’z-o’ziga ishonchni shakllantirishdir. J.Botkin boshchiligidagi olimlar guruhi “Rim klubi” ma’ruzasida innovatsion ta’limni an’anaviy, ya’ni “normativ” ta’limga muqobil sifatida bilimlarni egallashni asosiy turi sifatida tavsifladi. Normativli ta’lim “takrorlanuvchi vaziyatlarda faoliyat xulq-atvor qoidalarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan” bo’lsa, innovatsion ta’lim yangi vaziyatlarda birgalikda harakatlanish qobiliyatini rivojlantirishni ko’zda tutadi.

Keys-stadi interaktiv ta’lim metodi sifatida tinglovchilar tomonidan eng afzal ko’riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Buning sababi sifatida ushbu metod tinglovchilarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o’zlashtirishda hamda amaliy ko’nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo’lish imkoniyatini berishida ko’rish mumkin. O’z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) tinglovchilarning kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta’sir o’tkaza olishi, ularning kasbiy jixatdan “ulg’ayishiga” xizmat qilishi, ta’lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o’qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko’rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi. Bunga albatta, ta’lim tizimining demokratlashuvi va modernizatsiyalashuvi, pedagogik kreativlikka ochilgan keng yo’l, ularda progressiv tafakkur uslubini hamda pedagogik etika, pedagogik faoliyat motivatsiyasini shakllantirishi ham misol bo’la oladi.

Keys-stadi metodini ishlab chiqish bosqichlari:

• Ta’limiy maqsadlar tizimida ushbu keysning o’rnini belgilash.

• Keysning mavzusiga bevosita dahldor bo’lgan institutsional tizimni izlash.

• Vaziyat modelini tashkil etish yoki uni tanlash.

• Tavsifni yaratish.

• Qo’shimcha axborotni to’plash.

• Yaxlit matnni tayyorlash.

• Keys-stadi metodini prezentatsiyasini tayyorlash, munozarani tashkil etish.

Keyslar bilan ishlashning turli variantlari bo’lib, ular o’qituvchining kreativlik qobiliyatidan kelib chiqadi. Quyida keys-stadi texnologiyasi asosida tashkil etilgan mashg’ulotlarning eng umumiy tasnifi keltirilgan.

Mashg’ulotni tashkil etish bosqichlari:

• Birgalikdagi faoliyatga jalb etish bosqichi.

Uning asosiy vazifasi – umumiy faoliyatga motivatsiyani uyg’otish, tashabbus bildirishga undash.

• Birgalikdagi faoliyatni tashkil etish bosqichi.

Uning asosiy vazifasi – muammoni yechishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish. Faoliyat kichik guruhlarda yoki individual tarzda tashkil etilishi mumkin.

• Birgalikdagi faoliyat refleksiyasi bosqichi.

Uning asosiy vazifasi – keys-stadi texnologiyasi bilan ishlashning ta’limiy va tarbiyaviy natijalarini tahlil qilish.

Keys-stadi metodini amalga oshiruvchi o’qituvchi faoliyatining bosqichlari:

1) tayyorgarlikbosqichi;

2) asosiy bosqich: keys-texnologiyasini amalga oshirish;

3) tahliliy, baholovchibosqich.

Tayyorgarlik bosqichi. Auditoriyadan tashqarida bajariladigan murakkab ilmiy-tadqiqotchilik, uslubiy va konstruktsiyalash faoliyatini o’z ichiga olib, o’qituvchi harakatlarining quyidagi izchilligi bilan bog’liq bo’ladi:

• keysni yaratadi (agar tayyor keysdan foydalanilmasa);

• ta’lim texnologiyasini loyihalashtiradi va rejalashtiradi;

• tinglovchilarni tayyorlaydi, ularning keys bilan mustaqil ishlashi uchun o’quv va uslubiy ta’minotni ishlab chiqadi.

Keys – texnologiyasini loyihalashtirish.

O’qituvchi harakatlarining izchilligi:

• Ishchi dastur asosida o’quv mashg’uloti shakli, turi va vaqtini belgilaydi (amaliy mashg’ulot/mustaqil ish/ o’quv amaliyoti).

• O’quv mashg’uloti maqsadini oydinlashtiradi, o’quv mashg’ulotidan kutiladigan natijalar va pedagogik vazifalarni belgilaydi.

• Ta’limning optimal modelini (belgilangan vaqtda va qaror topgan sharoitlarda qo’yilgan maqsadning amalga oshirilishini va prognoz qilinadigan o’quv natijalariga erishishni kafolatlaydigan optimal ta’lim metodlari, shakl va vositalari majmui)ni tanlaydi.

Yaratilgan keys ekspert tekshiruvidan va bahosidan o’tishi kerak. Quyidagilar tekshirish usullari bo’lishi mumkin:

1. Keys loyihasining korxona xodimi tomonidan ko’rib chiqilishi va unda bayon qilingan axborotning real vaziyatga muvofiq kelishi, shuningdek keltirilgan faktlar talqini va shu kabilarning tekshirilishi.

2. Ekspertlik bahosi va hamkasblar fikrlari, o’qituvchi-keysologning keysning ta’limdagi qimmati xususidagi fikri, uni tekshirishning ikkinchi usulidir.

Tinglovchilar tomonidan keysni yechish bosqichlari:

Jahon tajribasi ko’rsatishicha, agar tinglovchilarning keysni hal etish texnologiyasi ikkibosqichdan iborat bo’lsa, ta’limiy maqsadlarga erishishda yanada ko’proq samaraga erishish mumkin:

Birinchi bosqich–keysni hal etish bo’yicha individual (auditoriyadan tashqari) ish.

Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa bo’lib (auditoriyada) ishlash.

Birinchi bosqich – keysni hal etish bo’yicha individual ish

Inson ongli mavjudod sifatida dunyoga kelibdiki, kattalar o’zining bilim va tajribalarini yosh avlodga o’rgatib ularni aqlli, esli va bilimdon qilib tarbiyalashga e’tibor berib keladi.

Ular o’zlari yo’l qo’ygan xatolarining farzandlari tomonidan takrorlanmasligi, umr o’tadi osonroq yashashlarini maqsad qilib qo’yadi. Ularga o’z kasbi korini o’rgatadi. Va turmush tarziga ko’niktirib berdi. Ota – onalar farzandlarini o’z ongliroq qilib tarbiyalashga harakat qiladilar.  Aqli yetmagan hollarda ular o’zlaridan ko’ra aqlliroq va bilimdonliroq kishilar ya’ni o’quvchilar qo’liga topshiradilar. Aynan su kasb bu o’qituvchilik kasbi hisoblanadi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgan farovon zamonda ta’limni tubdan isloh qilish farzandlarimizni puhta bilim asoslari bilan qurollantirish va uzliksiz ta’limni amalgam oshirish masalasiga katta e’tibor bilan qaralmoqda. Bu o’z navbatida o’qituvchilik kasbi bilan shug’ullanadiga har bir fan mutaxasisligi negiziga ham katta talablar qo’ydi. Ular o’z fanining asoslarini mukammal o’rganish bilan bir qatorda o’zining pedagogik mahorati oshirib berilishi talab etiladi.

Tarbiyachilarning o’ziga zamonaviy bilim berish ularning ma’lumotini, ma’naviyatini oshirish kabi pastga olib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha ta’lim – tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo ham mana shu yerda.

O’qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deya javob qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak.

Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi, ta’lim to’g’risidagi qonunni amalga oshirish yosh avlodni yongiga milliy istiqlol g’oyasiga chuqur singdirish birinchi navbatda o’qituvchining faoliyatiga uning ijobiy nufuziga va pedagogni mahoratiga bog’liq.

Buni amalga  oshirish eng avvalo hozirgi kunda oily o’quv yurtida ta’lim olayotgan va kelajakda o’qituvchi bo’laman deb intilayotgan talabalarni shunday bilim va malakalar bilan qurollantirish zarur bo’ladi.

O’zbek xalq cholg’u asboblaridan birida mahoratli chala olishi, shuningdek farkopianoda ham ko’plab asarlarni notaga qarab chala olishi va yod olishi lozim. Ular bolalar reperturlarini mukammal bilishi, musiqa tinglash bo’yicha eshittiriladigan asarlarning melodiyalarini o’z cholg’u asbobida chalib bera oladigan bo’lishi talab etiladi. Ijrochilik bo’yicha o’qituvchining mahoratini o’quvchilar uchun ham namunali bo’lishi kerak.

Ular o’z o’qituvchilarining ijrochilik mahoratiga tan bersinlar. Ular o’zbek xalq kuylarini benazir chalaishlari bilan bir qatorda dunyo xalqlarining musiqa asarlaridan ham na’munalar chalib bera olishlari lozim bo’ladi. Ular boshqa cholg’u asarlarida ham ma’lum darajada chala olishi, imkoni bo’yicha bir sekunddagi cholg’uchilarni birlashtirib, kichik guruhli ansabllar tashkil qila olishi va uning turlicha bolalarga qo’shiq kuylay olishi lozim.

Musiqa o’qituvchisi sinfdan, darsdan tashqari makrtabda ham cholg’uasboblar ansamblini tashkil qila olishga qodir bo’lishi lozim bo’ladi.

Musiqa o’qituvchisi dirijyorlik elementlaridan ham o’tish jarayonida puhta bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish imkoniga ega. Xususan ular 2/4; 3/4; 4/4  asarlarga dirijyorlik qilishni puhta egallab oladilar. Shuningdek o’zbek musiqasida ko’p uchraydigan 6/8 o’lchovda berilgan bo’lib, 2/4 sxemasi bo’yicha dirijyorlik qilishni puhta egallaydilar. Shuningdek 7/8; 5/4; 6/4; 9/8; 12/8 3 iliyabrave kabi murakkab o’lchovlar bilan ham tanishib oladilar. Parisshsho’rada uchraydigan ko’plab belgilar bilan ham tanishdilar va ularga amal qilish tartibini o’rganib oladilar.

Ular xor va xorshunoslikka xos asosiy elementlar bilan saz, ansanbl va ularning xilma xil turlariga ega bo’ladilar.

Ular amaliyotda xor bilan ishlash yo’llarini ham o’rganadilar. Xorda kuylash, xor qatnashchilari bilan iliq munosabat o’rnatish, xorga repertuar tanlash, ovoz kiritish masalalari olib borish va murakkablik sirlari bilan tanishib boradilar.

Musiqa o’qituvchisi musiqa nazariyasidan ham puhta bilim oladilar. Ular umumiy ta’lim kollejlarida o’qitadina musiqa nazariyasi  bo’yicha bilimga ega bo’libgina qolmay, garmoniya, polifoniya, musiqa shakli kabi murakkab fanlardan ham bilimga ega bo’ladilar.

Agar nutq ma'lum vaziyat va shart-sharoitlarda amalga oshirilishi nazarga olinsa, bunda joy, vaqt, mavzu va muloqot jarayonining maqsadi kabi omillar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Aytilganlarni qisqacha umumlashtiradigan bo‘lsak, nutqning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni belgilash lozim bo‘ladi: to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ta'sirchanlik, obrazlilik, tushunarlilik va maqsadga muvofiqlik. Quyida ular haqida qisqacha ma'lumotlar beriladi.

Zero u musiqa mutaxasisi sifatida ko’plab boshqa musiqa mutaxasisi siri bilan ham munozarada bo’ladilar, fikr almashadilar, ba’zan esa baxslashishga ham to’g’ri keladi. Aynan shunday hollarda uning talaba sifatida olgan bilimlari juda – juda asqotadi.

Talabalar “Sol’fedjio” bo’yicha yuzlab musiqa repertuarlarining metodik matnini nota orqali kuylaydilar. Bu bilim ham unga nafaqat dars jarayonida, balki yangi yozilgan asarlarni kuylab ko’rish va o’z o’quvchilariga munosib repertuarlar tanlashga as qotadi. Qolaversa, u professional musiqachi sifatida ijodiy asarni notaga qarab kuylay olish iqtidoriga ega bo’ladilar.

Pedagogik amaliyot davrida talabalarning o’qish jarayonida egallagan barcha bilimlarini ishga soladilar va o’qituvchilarining bergan bilimlari qay darajada muhim ekanligini his qiladilar.

Kollej hayotining har bir qdamimizda musiqa bo’yicha olgan bilimlarini ishga soladi. Pedagogik faoliyat bilan bevosita shug’ullanishni boshlaganlaridan so’ng umr har bir o’qituvchining ish uslubini eslaydi, ularning mahoratini munosib baholaydi, hamda ularning ish uslublaridan foydalanish yo’llarini o’ylaydilar.

Pedagogika” bo’yicha olgan bilimlarini ta’lim va tarbiya berish metodlari, ta’limning didaktik ta’limotlarini eslatib turadi. Dars jarayonida ta’limini yoki tarbiyaning qaysi metodlaridan foydalanish ma’qulroq ekanligini o’z aqli bilan tanlab oladilar.

"Bilimdon rassom” metodi

Ushbu metod oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Metodni amalga oshirishda, dastlab, oʻquvchilarga musiqiy tovushlar (notalar) ning boʻgʻinli, harfiy nomlanishi, nota yoʻlida oʻz joylashuvi, choʻzimi va boshqa xususiyatlari bilan bir qatorda, oʻz rangi ham borligi tushuntiriladi. Notalarning ranglari: do-qizil, re-sabzirang, mi-sariq, fa-yashil, solmoviy, lya-koʻk, si-siyohrang, deb belgilangan. Shundan soʻng, oʻquvchilarga ma’lum bir tasvir, (musiqa faniga oid yoki boshqa fanlar bilan integratsiyalashgan) boʻyalmagan rasm taqdim etiladi. Tasvirning qismlari, detallarida notalar joylashtirilgan boʻladi. Oʻquvchi notani toʻgʻri oʻqib, oʻziga tegishli rang bilan boʻyashi kerak boʻladi.

Ushbu metod oʻquvchilarning nota savodxonligi, notani varaqdan oʻqish malakasi hamda tafakkur doirasini kengaytirishda yordam beradi.

“Musiqa do‘koni” (Pantomima) metodi

Ushbu metod oʻquvchilarda ijodkorlik, kirishuvchanlik, aktyorlik mahorati hamda sahna madaniyatini shakllantirishda samarali xizmat qiladi. Pantomimada badiiy obraz soʻzsiz, mimika va imoishoda (taqlid) orqali bayon etiladi.

Metod davomida “Musiqa doʻkoni”dan foydalanish tavsiya etiladi. Doska oldiga yoki sahna markaziga taklif etilgan oʻquvchi “Musiqa

doʻkoni”dan koʻrsatilgan predmet (musiqa asbobi yoki musiqaga tegishli jihoz) ni qolgan oʻquvchilarga gapirmasdan, imo-ishora orqali tushuntirishi talab etiladi.

Metod yordamida oʻquvchilar cholgʻu ijrochilariga taqlid qilish orqali cholgʻularning qanday ushlanishi, qay tariqa ijro etilishi, musiqaga oid jihozlarning qanday qoʻllanilishini bilib olishadi.

“Gulga qo‘ngan kapalak” metodi

Ushbu metod oʻquvchilarning ijodiy, nutqiy, mantiqiy, tahliliy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Metodni bajarishda gul hamda kapalaklar kerak boʻladi. Gulning markazida mavzu nomi, yaproqlarida shu mavzuga tegishli atamalar yozib chiqiladi. Qistirgichli kapalaklarda esa berilgan atamalar ta’rifi yozilgan boʻladi. Metodni yakka yoki jamoaviy topshiriq tarzida bajartirish mumkin.

Misol uchun: Guruhlarga 7 yaproqdan iborat, markazida “Musiqada ifoda vositalari” yozuvi tushirilgan gul hamda 7 ta qistirgichli kapalak taqdim etiladi. Yaproqlarda “ohang”, “ritm”, “dinamika”, “tembr”, “temp”, “registr”, “lad” atamalari yozilgan boʻladi. Qistirgichli kapalaklarda yuqoridagi atamalar ta’rifi berilgan boʻladi. Oʻquvchilar kapalaklarni oʻziga tegishli yaproqga qoʻndirishlari talab etiladi.

“Yacheyka” metodi

Ushbu metod oʻquvchilarda ijodkorlik qobiliyati, mantiqiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Metodda oʻquvchilar boʻsh yacheykalarni mozaika koʻrinishidagi shakl ichiga mohirona joylashtirishlari talab etiladi. Oʻquvchilardan metodni bajarishda taqdim etilgan boʻsh yacheykalarni ma’lum bir mavzu yuzasidan kataklar soniga qarab, atamalar yoki soʻzlar bilan toʻldirishlari hamda mozaika koʻrinishida shakl ichiga toʻgʻri joylashtirishlari soʻraladi.

Misol uchun: “Musiqiy cholgʻular” mavzusi tanlansa, 4 katakli yacheyka ichiga “arfa”, 5 katakli yacheyka ichiga “truba”, 6 katakli yacheyka ichiga “gitara”, 7 katakli yacheyka ichiga “skripka” kabi soʻzlarni joylashtirish mumkin.