Asosiy / Musiqa nazariyasi
"Musiqa nazariyasi" o‘quv fani oldiga qo‘yilgan maqsad
Musiqa ilmi va asoslarini umumiy ta’lim berish jarayonida “Musiqa nazariyasi ” fani alohida o‘rin egallaydi.
“Musiqa nazariyasi” o‘quv fani oldiga qo‘yilgan maqsad – talabalarga musiqiy asarlardagi elementlari haqida bilimlarni berish, musiqiy asarlardagi tovushlarning bir-biri bilan qanday qonuniyat asosida bog‘langanligi o‘rgatish, talabalar notalarni tezroq o‘qish bilan bir qatorda ularni fortepianoda topa bilish va taxlil etishdir. Bularning barchasi birinchi o‘rinda talabada musiqiy qobiliyatni va musiqiy savodini oshirishga qaratilganligini aytib o‘tish joiz. Musiqadagi ifoda vositalari - kuy, lad, garmoniya, ritm, metr, tembr, temp, dinamika, faktura, diapazon, registr - berib o‘tiladi. Ushbu fan orqali talabalar notalar bilan erkin ishlay olishi va ularni amalda joriy qilinishi asosiy vazifalardan biri sifatida hisoblanadi.
Mazkur fanning asosiy mazmuni musiqa nazariyasining barcha jabhalari bo‘yicha savodxonlikni oshirishga qaratilgan. Musiqiy qobiliyat bilan bog‘liq ushbu fan nazariy ma’lumotlar bilan birgalikda ko‘proq amaliy mashg‘ulotlar asosida olib boriladi.
MUSIQA NAZARIYASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
San'at mazmuni — hayot, atrofimizdagi voqelik, inson va uning ichki dunyosi- o ‘y-fikrlari, his-tuyg’ularidir. San’at inson faoliyatining boshqa turlaridan ko‘ra badiiy obrazlarni yaratish orqali voqelikni o'zlashtiradi. U kishining hissiyoti va onggiga bevosita ta’sir qiluvchi shaklda olamni go’yoki yangidan yaratadi. Lekin,san’atkor hayotni, xodisalar va narsalarni nusha qilib ko‘chirmaydi. U biror obrazga xos bo’lgan eng umumiy, tipik xususiyatlarni saralab olib, ularning hammasini tushunib olib, obraz qiuofasini o‘zgartiradi, so'ng uni rasm, she’r, musiqa asari shaklida gavdalantiradi. Albatta, har qanday san’atkorning asari muallifning shahs asoratini o'z ichida saqlab qoladi. Chunki, tashqi dunyoning ob’ektiv materiali san’atkorning ongida alohida qayta ishlab chiqilib, original, o‘ziga xos ijod bo‘lib qayta vujudga keladi. Biroq, shu bilan birga har bir ijodiy asar jamoat ongining mahsuloti deb ham hisoblanadi. Negaki, u muayyan bir ijtimoiy psixologiya, mamlakat, tarixiy hodisa bilan bog’liq bo'ladi. Badiiy ijodiyotning ijtimoiy tomoni shunda namoyon bo'ladiki, inson o'z zamondoshlari hamda xalqi o‘tmishi va odamzod bilan aloqadorligini badiiy obrazlar orqali his etadi. Haqiqiy san’at abadiy badiiy qadriyatlar ijod qilar ekan, huddi avlodlarning uzluksiz bog’liqligini amaiga oshiradi.
Shunday qilib, san’at asarlari ham hayot, ham ijodning rasmidir. Ammo san’at turlari hayotning turli-tuman tomonlarini bir xil darajada tasvirlashga qodir emas. San'atning har bir turi o‘ziga hos vositalar va ifodalash tamoyillari bilan ajralib turadi. Ho‘sh, musiqa san’ati o‘zi nima? Uning maqsadi, vazifalari nimadan iborat?
Musiqa - ohang (intonatsiya) san’ati, sadolarda ifodalangan voqelikning badiiy aksidir. U borliqni o;ziga xos tarzda aks etib, uni boyitadi, hamda uni tushunib olish va o‘zgartirishda yordam beradi. Malumki, musiqa jamiyat hayotida muhim rol o'ynaydi. Musiqa - insonning turmush tarzi va ijtimoy hayotida. mehnat va dam olish chog’larida albatta ishtiroq etadigan alomat sifatida xizmat qilib, odamni ma'naviy qadriyatlarga erishtiradigan noyob vositadir. U shahsning ma’naviy olamini, ahloqiy maqsadlarini shakllantiruvchi estetik tarbiya'ning samarali quroli deb odilonahisoblanadi. Musiqaning o‘zi, uning varatuvchilari, ijrochilari, tinglovchilaridan iborat musiqa madaniyati jamiyat madaniyatidagi muhim bir sohadir. Musiqa boshqa san’at turlari bilan yaqin munosabatlarda bo'lishi shubhasizdir. Ularning jonli aloqalari musiqaga hos intonatsion asosi adabiyot bilan yaqinligi,ritmik uyushqoqligi she’riyat va raqs san'atiga o'xshashligi, asarlarining mutanosib tuzilishi arxitektura shakllariga muvofiqligida ko'rinadi. Bunga qo'shib aytishlozimki, adabiyot, tasviriy san'at, xaykaltaroshlik asarlari ko'pincha musiqiy asarlar uchun asos sifatida hizmat qiladi. Musiqa musiqiy obrazlar orqali ochib beriladigan u yoki bu mazmunga ega bo'ladi. Bu tabiat manzaralari, ijtimoiy hayotdagi hodisalar va vaziyatlar, insonning ichki ma’naviy olamidir. Musiqa kishining hissiyoti, kayfiyatini ifodalashga qodir. Shu bilan birga uning tabiat manzaralarini tasvirlash, harakat obrazlarini gavdalantirish, hayotning samimiy ovozlari (qushlarning sayrashi, momaqaldiroqning guldirashi)ga taqlid qilishga ham layoqati bor.