Asosiy / Kasbiy ko‘nikmalar
Kasbiy ko‘nikmalar
Zamonaviy pedagogika ta'lim tizimining maqsadi, yangi toifaga mansub bo'lgan musiqa o'qituvchisining umumiy va kasb kamolotiga erishishdan iborat, chunki umumiy o'rta ta'lim maktabi rahbari oldiga uning kasb malakasiga va shaxsiy hislatlariga nisbatan yuqori talablar qo'ymoqda.
Har qanday pedagoglik kasbi murakkab va serqirra jarayondir, shuning uchun bu kasb qaysi sohaga tegishli bo'lmasin, musiqiy rahbar oldiga ko'pgina talablarni qo'yadi. Ta'lim-tarbiyaning barcha sohalarining maqsadi barkarnol shaxs tarbiyasidir. Lekin bu borada maktabgacha ta'lim .muassasalaridagi estetik turkumga kiruvchi fanlar -. musiqa, tasviriy san'at, adabiyot va ularning o'zaro aloqadorligi asosiy rolni o'ynaydi. Jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalaridagi «musiqa» mashg'ulotlari musiqiy rahbarlari harn maxsus bilimlar, ko'nikma-malakalar, pedagogik qobiliyat harnda pedagogik mahoratga ega bo'lmoqlari lozim. Ma'lumki, «musiqa» mashg'ulotIari to'rtta musiqiy jarayonni o'z ichiga oladi:
1. Qo'shiq kuylash;
2. Musiqa tinglash;
3. Musiqa ostida ritmik harakatlar bajarish.
4. Bolalar musiqiy cholg'u asboblarini chalish.
Mana shu to'rtta jarayon bir-biri bilan uzviy bog'langan holda o'tilishi maqsadga muvofiqdir. Bolalarda yuqori natijalarga erishish uchun musiqao'qituvchisi musiqiy bilimlarni: garmoniya, polifoniya, solfejio, musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, musiqa adabiyoti, musiqiy asar tahlili va yana birorta musiqiy asbobni chalishni bilishi zarurdir. Lekin yuqorida aytilgan bilimlarni egallashning o'zi yetarli emas.
Musiqa (rahbari) o'qituvchisi mashg'ulot jarayonida musiqa haqida bolalarga juda qiziqarli, savodli va obrazli qilib, har xiI illyustratsiyalarni qo'shgan holda gapirib bera olishi harn kerak.
Biror kompozitor yoki bastakorlarning asarini o'rganish jarayonida, shu asar haqida, asarning mualliflari haqida, asar yaratilgan davr haqida to'liq ma'lumot bera olishi zarur.
Asarning ladi, tonligini, tuzilishini, akkordlar fullksiyasini va ho~larni bilishi lozim. .,
Bulardan tashqari musiqa o'qituvchisi oldiga amaliy vazifalar harn qo'yiladi:
1. Berilgan qo'shiqni kuylab bera olishi;
2. Kuyga akkomponiment chala bilishi;
3. Bemalol transpoziciya qila olishi;
4. Dirijyorlik qila olishi kerak ~a boshqalar...
Musiqa o'qituvchisi nafaqat o'z predmetini, balki falsafa, estetika, psixologiya, pedagogikani yaxshi bilishi va o'z ish faoliyati davomida qo'llay olishi shart.
Musiqaning ta'sirchanligini, uning mohiyatini to'liqligicha bolalar ongiga yetkazish pedagogikaning eng qiyin muammolaridan biridir. Musiqa o'qituvchisi «Musiqa madaniyati» darslarida bolalarda quyidagi fazilatlarni shakllantirishi lozim: Do'stlik, vatanparvarlik, sadoqat, mehr-shafqat, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va hokazo.
Bolalarda yuqorida sanab o'tilgan fazilatlarni shakll3l1tirish uchun musiqiy rahbar bir qator vazifalarni bajarishi kerak:.
1) Bolalami musiqani sevish va tushunishga o'rgatish;
2) Bolalarning badiiy va estetik didlarini shakllantirish;
3) Bolalarda musiqiy qobiliyatni rivojlantirish;
4) Bolalarning musiqa savodi, musiqa tarixi, musiqa adabiyoti, qo'shiq kuylash kabi musiqiy bilimlarini hamda tushunchalarini kengaytirish. Sanab o'tilgan fazilatlarni shakllantirish uchun, avvalam bor musiqa o'qituvchisi darslarni yuqori professional darajada o'tishi zarurdir. Darsdan kutilgan natijalarni olish uchun mashg'ulotlarda ta'lim tamoyillariga rioya qilish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi rivojlanish jarayonida ko'pchilik maktabgacha ta'lim muassasalari, maktablar komp'yuterlar, mustqty markazlar, televizor, radio kabi bir qator yangi axborot texnologiyalari bilan jihozlanmoqda. Bu texnologiyalardan musiqa madaniyati mashg'ulotlari, darslarida ham foydalanish yuqorida keltirilgan shaxsiy fazilatlami shakllantirishda juda qo'l keladi.
Musiqa (rahbari) o'qituvchisi o'tiladigan mashg'ulotlarini ma'lum bir maqsadni ko'zlagan holda, ta'lim-tarbiyani uzviy bog'lagan holda, aniq bir reja asosida olib borsa, mashg'ulot va undan olinadigan natija yuqori bo'ladi. Musiqa (rahbari) o'qituvchisi o'zining hamda bolalarning mashg'ulot davornida qiladigan ta'limiy-tarbiyaviy hatti-harakatlarini har xiI qiziqarli usullarini ishlab chiqishi lozim. Buning uchun musiqa o'qituvchisi quyidagi narsalarni bilmog'i darkor:
1. Bolalarining musiqiy faoliyatlarini uyushtirish shakllarini;
2. «Musiqa madaniyati» dasturi mazmunini, uning g'oyaviy-nazariy asoslarini, didaktik usul va tamoyillarini;
3. Bolalarning yosh xususiyatlarini;
4. Musiqa mashg'ulotlari (darslari)da o'rganiladigan asarlaming badiiy xususiyatlari, tarbiya\'iy ahamiyatini;
5. Maktabgacha ta'lim muassasalarida, maktabda va maktabdan tashqari olib boriladigan mashg'ulotlaming samarali shakl va usullarini tashkil etish
6. Musiqa mashg'ulotlari (darslari)ni konstrnkciyalash: reja-konspekt tuzish, kerakli musiqiy asarlami to' plash, musiqani o'rgatishnillg ullumli yo'llarini izlash;
7. Pedagogik masalalarini fonnulalash va echish;
8. Bolalaming musiqiy qobiliyatlarini ochib beruvchi ijrochilik musiqiy faoliyatlarini uyushtirish (Bayram ertaliklari tashkil etish);
9. Bolalarda mavjud bo'lgan bilimlarni, yangi bilimlarni o~zlashtirishga yo'naltirish va hokazolar.
Musiqa mashg'ulotlar (darslar)i bolalarga o'z milliy musiqiy tarixlari, mllsiqaning elementar nazariyasi, jahon musiqa san'ati namoyondalarining ijodi haqida tushtdchalar berish, ularda musiqiy madaniyatni, odobni va nafosatni tarbiyalashga asos soladi.
BolaJarda kuylash malakalarini tarbiyalashning o'z qiyinchiliklari bo'ladi. Bolalar hali asami to'la tahlil qila olmaydilar. Shuning uchun avvalam bor musiqiy rahbar o'zi qo'shiqni namunaviy tarzda kuylab bermog'i lozim. Agar qo'shiq yozuv lentasida yozilgan bo'lsa, magnitofollda qo'shiqni biror birbolalar xorlari ijrosida eshittirish ham yaxshi natija beradi.
Keyin qo'shiqni qayta-qayta kuylab yod olinadi. Qayta kuylash usulining ikkita sharti mavjuddir:
1) Bola kuylayotganda aynan nima qilishi va nimaga erishishi mumkin bo'lgan, puxta, aniq bilimga ega bo'lishi lozim.
2) Bola nimaga erishganini, har bir mashqning qanday natija berganini, qanday xatolarga yo'l qo'yilganini bilishi kerak va keyingi mashqlarida xatolami bartaraf etishi lozim.
Birinchi shartning to'g'ri bajarilishi uchun musiqa savodxonligi jarayonini kuylash jarayoni bilan bog'liqligi, mantiqan bir-biriga mosligiga e'tiborni qaratish darkor. Ikkinchi shartning bajarilishi qayta kuylash mashqining ma'lum bir maqsadga qaratilganligiga bog'liq. Bunda musiqa rahbari (o'qituvchisi) har gal qayta kuylanganda mashqni bolalar bilan o'z vaqtida tahlil qilib borishi zarur. Musiqa rahbari (o'qituvchisi) kuylashda yaxshi natijalarga erishish uchun quyj,dagi tadbirlarni o'tkazishi tavsiya etiladi:
1) Bolalami ohangdoshlikni his etishlariga erishish;
2) Har bir bolaning individual xususiyatini hisobga olish;
3) Hoji boricha milliy cholg'u asboblaridan foydalanish;
4) Mashg'ulot (darslar)da faol qatnashgan, qobiliyatli bolalami musiqa to'garaklarigajalb etish. .
Bolalar musiqa mashg'ulotl.arida faqat qo'shiq o'rganish yoki musiqiy ritmik harakatlami egallash bilan cheklanib qolmay, balki musiqa rahbari (O'qitllvchisi) ijrosida, plastinka yoki magnit lentalari yordamida musiqa asarlarini tinglaydilar, idrok etadilar. Musiqa asoslarini bolalarga tushuntirish va tanishtirish bolalarning musiqiy bilim saviyasini kengaytiradi. Musiqa asarlarini eshitish mashg'ulotiarni mazmunan boyitadi, xilma-xilligini oshiradi, mashg'ulotlarni hayajonli o'tishiga katta yordam beradi.
Bolalar bilganlaricha javob beradilar. Musiqa rahbari (o'qituvchisi) bolalarga ko'rgazmali qurollar yordarnid.a o'zbek milliy cholg'u asboblarini ko'rsatib, binna-bir tanishtirib chiqadi, bolalar bilan fIkr almashadi. Bolalarda cholg'u asboblarida ijro eta olish uchun to'garaklarga qatnashishni tavsiya etadi.
Ko'rib turganimizdek, musiqa rahbari (o'qituvchisi) faqatgina qo'shiq kuylashni emas, balki bir qator musiqiy-nazariy bilimlarga ega bo'lmog'I shart. Musiqa mashg'ulotlari xoh u qo'shiq kuylash bo'lsin, xoh musiqa tinglash bo'isin, xoh nazariy bilimlar bo'lsin yosh avlodni axloqiy poklik, ma'naviy boylik va jismoniy barkarnollikni mujassamlashtirgan har tamonlama etuk shaxs qilib shakllantirishga asos solar ekan.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, musiqa mashg'ulotlari (darslari) orqali musiqa rahbari (o'qituvchisi) bolalarda yuksak ma'naviy, badiiy va axloqiy madaniyatni, milliy g'urur, vatanparvarlik tarbiyasini, nafosat va badiiy didni o'stirishga, tafakkurlarini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi.